Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Yüklə 4,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/344
tarix23.12.2023
ölçüsü4,6 Mb.
#155001
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   344
Falsafa o\'quv qo\'llanma 2019

In’ikos nazariyasi
. In‘ikos nima? 
Tabiat obyektlari va hodisalarining 
umumiy xossasi sifatidagi in‘ikos – avvalo, oʻzaro ta‘sirdir

U bir jism 
boshqa jismga ta‘sir koʻrsatishini, boshqa jism esa birinchi jism ta‘siriga 
javob berishi yoki undan ta‘sirlanishini nazarda tutadi (A

V; V

A). 
Bundayoʻzaro ta‘sir tarzida namoyon boʻladigan in‘ikosda, bir jism oʻziga 
xos xususiyatlarining boshqa jismda aks ettirish jarayoni tushuniladi

Binobarin, in‘ikos tashqi ta‘sirga mos oʻzgarishlar majmuini ifodalaydi. 
Bunda oʻzaro ta‘sir natijasida aks etuvchi tizimlarning strukturalaridan 
goʻyoki «nusxa» koʻchirib olinadi va aks ettiruvchi tizimlarning alohida 
strukturalarida oʻzgartirilgan koʻrinishda, «izlar», «muhrlar» shaklida aks 
ettiriladi. In‘ikosni oʻzaro ta‘sirga kirishuvchi narsa va hodisalarning oʻz 
tarkibi hamda xossalarida ayni shu oʻzaro ta‘sirning izlarini qoldirish 
qobiliyati sifatida tushunish mumkin.


181 
In’ikosning shakllari

In‘ikos jarayonining namoyon boʻlish xususiyati 
materiya‘ning tuzilish darajasiga bogʻliq. SHu munosabat bilan in‘ikosning 
turli, chunonchi: 
- jonsiz tabiatdagi; 
- jonli tabiatdagi; 
- jamiyatdagi darajalari farqlanadi.
Materiya‘ning 
rivojlanish 
jarayonida 
uning 
tuzilishining 
murakkablashuvi yuz beradi. Shu bois materiya‘ning harakat shakllari qancha 
boʻlsa, in‘ikos shakllari ham shuncha boʻladi: mexanik, fizik, kimyoviy, 
biologik (psixik), ijtimoiy va hoka‘zo. in‘ikos shakllarining evolyusiyasi 
jonsiz tabiat narsalarining xossasi sifatida amal qiluvchi in‘ikos yuqoriroq 
darajadagi in‘ikosning elementar negizini tashkil etishini nazarda tutadi. Bu 
darajada in‘ikos muhit haroratining oʻzgarishiga qarab oddiy mexanik 
deformatsiya, qisqarish yoki kengayish koʻrinishida, yorugʻlik in‘ikosi, 
elektromagnit toʻlqinlarning oʻzgarishi in‘ikosi, ovoz toʻlqinlari in‘ikosi (aks 
sado), kimyoviy oʻzgarishlar (masalan, lakmus qogʻoz rangining oʻzgarishi) 
in‘ikosi sifatida amal qilishi mumkin. 
Jonsiz tabiatdagi in‘ikosga tanlash xususiyati va kumulyativlik, ya‘ni 
oldingi ta‘sirlarning izlarini saqlash xosdir
. In‘ikosning tanlash xususiyati 
oʻzaro ta‘sirga kirishuvchi obyektlarning oʻziga xos xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Masalan, kimyoviy element boshqa har qanday element bilan 
emas, balki tanlash va ajratish asosida kimyoviy reaksiyalarga kirishadi 
hamda birikadi. Tabiatdagi ayrim predmetlar ekranlashtirish xossalariga ega 
boʻladi va elektromagnit toʻlqinlarni aks ettiradi, ayrim predmetlar esa 
bunday xossalarga ega boʻlmaydi. Kumulyativlik – oldingi ta‘sirlarning 
izlarini saqlash tizimning eskirishi haqida hukm chiqarish imkonini beradi. 
Aks ettiruvchi tizim oldingi ta‘sirlarni «yodda saqlaydi» va oʻzining keyingi 
faoliyatida ularni hisobga oladi.
Jonlining jonsizdan farqi haqida gapirganimizda, biz XIX asrning 
ikkinchi yarmida yuzaga kelgan, ammo hozirgi zamon fani inkor etmagan, 
balki mufassallashtirgan hayotning universal ta‘rifini eslaymiz: «Hayot – bu 
oqsilli jismlarning mavjudlik usulidir». Oqsillar, aminokislotalar, nuklein 
kislotalar tiriklikning eng muhim unsurlari hisoblanadi. Koʻpayish, oʻsish va 
moddalar almashinuvi tirik organizmlarning oʻziga xos xususiyatidir. Oʻz-
oʻzidan koʻpayish qobiliyati kimyoviy reaksiyalarning jonsiz tabiatda 
uchramaydigan turi bilan ta‘minlanadi va matritsali sintez deb ataladi. 
V.A.Engelgardt jonli sistemalarning yana bir muhim xossasi – «xaosdan 
tartib oʻrnatish» qobiliyatini, ya‘ni hayot jarayonlarining entropiyaga zid 
xususiyatini qayd etadi. Tirik organizmlar molekulalarning xaotik issiqlik 
harakatini tartibga solishga qodir. 

Yüklə 4,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   344




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə