O’yin sharti qo’yidagicha:
Tarbiyachi bolaga bir so’zni aytadi, bola esa shu so’zning
qarama-qarshi
ma’no anglatuvchisini topadi. Masalan: katta-kichik,
issiq-sovuq, qattiq-
yumshoq, uzoq-yaqin va xokazolar.
Odatda bollar o’yin
boshida bir oz qiynaladilar, aytilgan so’zga javoban,
antonim emas sinonim so’zlar bilan javob beradilar. Ammo o’yinning
mohiyatini tushunib olganlaridan so’ng abstrakt tushunchalarni ham osonlik
ilan anglaydilar, hamda tezlik bilan javob berishga xarakat qiladilar.masalan:
chaqqoon-yalqov, ishchan-dangasa, odobli-odobsiz va xokazolar.
“AVVAL NIMA BO’LGAN EDI” O’YINI
Bu o’yin shartiga ko’ra bolalar tarbiyachi tomonidan
aytilgan narsaning
avval nima bo’lganini aytishlari kerak. Masalan: jo’ja-tuxum, ot – toychoq,
kapalak – qurt kabilar. Bundan tashqari bittadan ko’p ma’noga ega bo’lgan
so’zlardan ham foydalanish mumkin. Masalan: non – un – bug’doy, uy – g’isht
– loy, stol – yog’och – daraxt – urug’, ko’ylak – mato – ip – paxta – chigit
tarzida o’yin davom etaveradi.