O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. U. Samadov, D. B. Xoliqulov. M. S. Saidova



Yüklə 7,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/119
tarix28.11.2023
ölçüsü7,77 Mb.
#133845
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119
64e07299cd869 Металлар рец (1)

 
 
 
 
 
 
 
 


16 
1.
O‘ZBEKISTONDAGI VA HORIJIY DAVLATLARDAGI METALLAR 
RESIKLINGINING ZAMONAVIY AHVOLI
1.1. O‘zbekistonda va xorijiy davlatlarda metal chiqindilarini qayta 
ishlasining rivojlanishi 
Hozirgi dunyoda hech qaysi mamlakat, shu jumladan O‗zbekiston Respublikasi 
ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Bu mamlakatlar jahon xo‗jalik 
aloqalarining muayyan jo‗g‗rofiy va siyosiy tizimlari tarkibiga kiradi. 
O‗zbekiston o‗z er osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi - bu erda 
mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topiladi. 
Hozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma‘danlar 
namoyon bo‗lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral-xom 
ashyo turlarini o‗z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig‗i ishlab chiqarishga jalb 
etilgan. 900 dan ortiq konlar qidirib topilgan bo‗lib, ularning tasdiqlangan 
zahiralari 970 milliard AQSH dollaridan ortiqroq baholanayotganligini ham 
aytib o‗tish kerak. 
O‗zbekiston respublikasi hududidagi mineral xom ashyoga bo‗lgan talablarni 
hamda boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun er qa‘ridan oqilona, kompleks 
foydalanilishini, er qa‘ri, atrof muhit muhofaza qilinishini, er qa‘ridan 
foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishini ta‘minlash, shuningdek er 
qa‘ridan foydalanuvchilarning huquqlarini muhofaza qilish, shaxs, jamiyat va 
davlatning manfaatlarini himoya qilish 1994 yilning 23 sentyabrida qabul qilingan 
«Er osti boyliklari to‗g‗risida» gi qonun bilan tartibga solinadi. Mazkur Qonunning 
yangi tahriri 2002 yilning 13 dekabrida O‗zbekiston respublikasi 444-II-son 
Qonuniga muvofiq kiritilgan. Mazkur Qonunga 2007 yilning 18 dekabrida 
O‗zbekiston respublikasi O‗RQ-133-son Qonuniga muvofiq o‗zgartirishlar 
kiritilgan. 
Qidirib topilgan foydali qazilmalarning hozirgi darajasi va u bilan bog‗liq 
holda, qimmatbaho, rangli va nodir metallarning g‗oyat boy konlarini o‗zlashtirish 
respublikaning kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini beradi. Har yili respublika 
konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda 


17 
va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar qo‗shilmoqda. SHu bilan 
birgalikda xalq xo‗jaligining turli sohalarida, har qanday tashkilotlarda, ishlab 
chiqarish korxonalarida qora va rangli metallarni ishlab chiqarilishi, iste‘mol 
qilinishi natijasida qirindi, qirqim, skrap, kuyindi va boshqa ko‗rinishlarda 
metallarni temir-tersaklari, chiqindilari hosil bo‗ladi. 
Metallar mashina, uskuna, moslama, asbob va boshqa shakllarida fizik va 
ma‘naviy eskirish natijasida o‗z ishlash muddatini tugatadi va amartizatsion temir-
tersak, chiqindilarga (eski mashinalarga, eskirgan asbob-uskunalarga, yaroqsiz uy 
jihozlariga, predmetlarga) aylanadi. Metall parchalari va chiqindilari va temir-
tersaklarini qayta eritish va qayta ishlab metall olish jarayonlari majmuasi metal 
chiqindilarini qayta ishlash deyiladi. 
a) b) 

Yüklə 7,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə