O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti



Yüklə 494,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/27
tarix04.03.2022
ölçüsü494,83 Kb.
#84317
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
ozbekiston bozor iqtisodiyotiga otish yolining huquqiy asoslari va infratuzilmasining yaratilishi

Beshinchi tamoyil. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  evolyutsion  yo'l  bilan,  puxta  o`ylab  bosqichma-

bosqich amalga oshirilishi lozim. 

Buning sababi shundaki, bozor iqtisodiyoti murakkab tizim, uni birdan yaratib 

bo`lmaydi. Mamlakat aholisining mustamlakachilik tuzumi sharoitida tarkib topib 

shakllangan  hayotiy  qarashlari  va  ko`nikmalarini  darhol,  birdaniga  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitiga  moslab  o`zgartirib  bo`lmaydi.  ChunM,  mustamlakachilik 

tuzumi  davrida,  odamlarning  ongi,  shuuri  va  psixologiyasiga  zo`rlik  yo`li  bilan 

singdirilgan  tobelik, qaramlik, qullik, befarqlik, boqibeg`amlik,  tayyorga  ayyorlik 

kabi  qarashlarni  bir  zarba  bilan  yo`q  qilish  va  aksincha  bozor  iqtisodiyoti  va 

mustaqillik  sharoiti  talablari  asosida  egalik,  yaratuvchilik,  bunyodkorlik, 

ijodkorlik,  faollik  kabi  olijanob  fazilatlarni  ham  darhol  shakllantirishning  iloji 

yo`q.  Buning  uchun  albatta  vaqt,  sabr-toqat  kerak.  Bular  bosqichma-bosqich 

yaratiladi.  Bu  tamoyil  jamiyat  a'zolaridan  bizga  o`tmishdan  meros  bo`lib  qolgan 

barcha  ijobiy  qadriyatlarga  xayrixohlik  bilan  qarash  va  ularni  asrab-avaylab 

rivojlantirish,  sayqal  berishni  talab  qiladi.  Prezident  I.Karimovning  «yangi  uy 

qurmay  turib,  eskisini  buzma»  degan  hikmatli  so`zi  ham  xuddi  ana  shu  g`oyaga 

xizmat qiladi. 

 



Xulosa. 

Xulosaqilibaytganda,   Bozor iqtisodiyoti munosabatlari mamlakatimiz uchun 

yangilik 

emas. 


Uzoq 

yillar 


davomida 

qadimdan 

ajdodlarimiz 

jahon 


hamjamiyatining bir bo`lagi va tarkibiy qismi sifatida bozor iqtisodiyoti sharoitida 

yashab  kelganlar.  Tarixiy  yozma  manbalarning  bergan  ma'lumotlariga  qaraganda 

o`rta  Osiyo  xalqlari  bundan  ming  yillar  ilgari  ham  dunyoning  deyarli  barcha 

mamlakatlari  bilan  savdo-iqtisodiy  aloqalar  o`rnatganlar.  Bu  borada  «Buyuk  ipak 

yo'li» yorqin dalil bo`la oladi. 

Miloddan  avval  XI  asrdan  to  milodning  XVI  asriga  qadar  Sharq  va  G`arb 

mamlakatlari  o`rtasida  savdo  iqtisodiy  va  madaniyat  sohalarida  ko`prik  rolini 

o`ynab  kelgan  «Buyuk  ipak  yo'li»  orqali  amalga  oshirilgan.  12  ming  chaqirimni 

tashkil etgan bu yo'1 o`rta Osiyoning deyarli barcha yirik shaharlarini kesib o`tgan. 

«Buyuk ipak yo'li» orqali ajdodlarimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Rum, 

Yunoniston  va  boshqa  mamlakatlar  bilan  bozor  iqtisodiyoti  qonun-qoidalari  va 

talablari  asosida  savdo-sotiq  qilganlar.  o`rta  Osiyo  hududlari  Rossiya  tpmonidan 

bosib  olingach,  xususan  Sho`rolar  hukmronligi  yillarida  bu  tarixiy  an'ana  barham 

topdi. 


Jahon  mamlakatlarining,  shu  jumladan,  o`lkamiz  xalqlarining  tarixiy 

tajribalari  shundan  dalolat  beradiki,  iqtisodiyot  har  doim  faqat  uning  o`ziga  xos 

bo`lgan  qonuniyatlar  bilan  rivojlanadi.  Bu  qonunlar  inson  irodasidan  tashqarida 

harakatda bo`lib, odamlar izmiga bo`ysunmaydi, ularning buyruq va topshiriqlarini 

bajarmaydi.  Shu  bois,  bozor  iqtisodiyoti  qonunlarini  nazar-pisand  qilmaslik  yoki 

uni  buzish  og`ir  iqtisodiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Buni  sobiq  SSSR  deb 

atalmish saltanatda o`rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum buni isbotladi. 

 

 





Yüklə 494,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə