O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 150,21 Kb.
səhifə15/34
tarix27.03.2023
ölçüsü150,21 Kb.
#103291
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
402. Shukurova S. BMI

пышақ жумсаў – pichoqni qurol sifatida foydalanish;

  • пышақ жүзи – qiyinchilik payt;

  • пышақ кескендей тыйылыў – birdan to‘xtash;

  • пышаққа жараў – so‘yishga yararlik mol;

  • пышаққа илиниў – so‘ymoq;

  • пышақ урыў//пышақсыз сойыў – og‘ir ahvolda qoldirish;

    Yoki bo‘lmasa qozon so‘zi bilan bog‘liq quyidagi turg‘un birikmalarga e’tibor qaratsak: қазан асыў, қазан кѳтериў, қазанды кѳриў, қазанга айналысыў, қазанды атландырыў, қазанның қулагы тийисиў.
    Bu kabi so‘z va leksemalarni, shuningdek, turg‘un birikmalarni ikki til miqyosida lingvokulturologik jihatdan turlicha tahlil qilish mumkin. Agar ularning barini qiyosiy jihatdan izohlaydigan bo‘lsak, yana bir yangi malakaviy ish yuzaga keladi. Shunday ekan, biz ushbu rejamizda qardosh xalq madaniyatiga oid bo‘lgan leksemalarni qisman yoritishga harakat qildik hamda ularning farqli va o‘xshash tomonlarini lug‘atlar asosida izohlab berishga urindik.

    2.2. Muqobilsiz leksika va lakunalar
    Har qanday til yoki dialektda boshqa tilga bir so‘z bilan tarjima qilib bo‘lmaydigan so‘zlar mavjud bo‘ladi. Bunday so‘zlarga muqobilsiz leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos hodisalarni aks ettiradi. U ko‘pincha mahalliy xalqqa xos pul, masofa-uzunlik birliklari, ro‘zg‘or ashyolari, kiyim-kechak, yegulik-ichkilik va h.k. tushunchalarni anglatadigan so‘zlardan tarkib topadi. Muqobilsiz leksika boshqa tilga o‘zlashtirilganda ularga ekzotik leksika (ekzotizmlar) deyiladi.
    Ekzotizmlar va etnografizmlar o‘zga madaniyatning ramzi sanaladi. Jumladan, spiker, kriket, shilling – Angliya; yaylov, qishloq, ariq, dehqon, cho‘l – O‘rta Osiyo; sakura, geysha, ikebana, sake – yapon madaniyatining belgilarini assotsiatsiyalaydi. O‘zbek madaniyatining belgilarini palov, patir, sumalak, ko‘rpacha, belbog‘ (belida belbog‘i bor), do‘ppi (do‘ppisi osmonda, do‘ppi tor) va h.k. so‘zlarda ko‘rish mumkin.
    Muqobilsiz leksikani boshqa tilga tarjima qilib berish o‘zini oqlamaydi. Shuning uchun uni transliteratsiya yo‘li bilan talqin etish maqsadga muvofiqdir. “Amerika Qo‘shma Shtatlari “dollar”ining, ingliz “funt sterling”ining, nemis “marka”siyu hind “rupiya”sining, afg‘on “afg‘oniy”sining transliteratsiya qilinmasdan, o‘zbek “so‘m”i bilan almashtirib qo‘yilishi, AQSh “brendi”si, ingliz “viski”si, nemis “shnapse”sining rus “vodka”si orqali talqin etilishi ingliz boshiga “shlyapa” o‘rniga o‘zbek “do‘ppi”sini, egniga “palto” yoki “plashch” o‘rniga “to‘n” yoki “yaktak” kiygizib qo‘yish bilan baravar”35.
    “Bir tildagi so‘z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o‘rinlarda har doim lakuna hodisasi voqelanadi36” – deydi kanadalik tilshunos J.P. Vine va J. Darbelnelar. Ular lakuna terminini ilk bor o‘rganib ilmiy muomalaga kiritishgan. Lakunalar (lot. lacuna – bo‘shliq, chuqurlik, cho‘nqir joy) – matnda bo‘sh qolgan, tushib qolgan joy, “tilning semantik xaritasidagi oq dog‘lar”dir37.
    Muqobilsiz leksika singari lakunalar ham tillarning qiyosida seziladi. A.M.Proxorovning tahriri ostidagi “Sovetskiy ensiklopedicheskiy slovar” (M., 1981)da tilshunoslik va adabiyotshunoslikdagi lakunalar “matnda bo‘sh qolgan, tushib qolgan joy” deb izohlangan. Bunga o‘xshash izohni “Slovar inostrannix slov” (M.,1984)da ham uchratish mumkin.
    V.G. Gak lakunalarni “tilning leksik tizimidagi bo‘shliqlar, bor bo‘lishi kerakdek ko‘ringan so‘zlarning mavjud emasligi”38, deb tushuntiradi. Tadqiqotchi lakunalarni mazkur jamiyatda tushunchalarning mavjudligi, biroq ularni ifodalovchi so‘zlarning yo‘qligi, bunday tushunchalar uchun boshqa tilda alohida leksik ifodalarning mavjud bo‘lishi deb hisoblaydi. Lakunalarga misol tariqasida fransuz tilida rus tiliga qiyosan sutka va kipyatok so‘zlarining mavjud emasligini keltiradi.
    S.Vlaxov va S.Florinlar lakuna hodisasini ifoda vositalarining alohida kategoriyasi bo‘lgan realiyalar, ya’ni “biron xalqning maishiy, madaniy, ijtimoiy va tarixiy hayoti uchun xarakterli va boshqa xalq uchun begona bo‘lgan, boshqa tilda aniq muqobili bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalari”39 sifatida talqin qilishgan. O.A. Ogursovaning fikricha, mazkur leksemalar qiyoslanayotgan tillarda o‘xshashi bo‘lmagan so‘zlardir. Olima lakuna terminini qo‘llashni ma’qul ko‘radi va uni so‘z birikmasi emas, konnotatsiyadan holi bo‘lgan qisqa so‘z ekanligini; tasvirlanayotgan hodisani farqlilik darajasi xususida so‘z yuritish mumkin bo‘lgani uchun unga nisbatan muqobilsiz terminini qo‘llashning o‘rinsiz ekanligini qayd qiladi. “Lakuna qiyoslanayotgan tillarning birida mavjud bo‘lgan va boshqasida uchramaydigan grammatik kategoriya, so‘zlar va so‘z birikmalaridir”40.
    Muayyan xalqning madaniyatida boshqa madaniyat vakillari tomonidan qabul qilinmaydigan stereotip xarakterdagi bir qator o‘ziga xos unsurlar mavjud bo‘lib, ular Y. A. Sorokin va I.Y.Markovinalar tomonidan lakunalar deb nomlanadi. Retsipiyent har doim ham o‘zga madaniyat matnini to‘liq tushuna olmaydi. Matndagi ayrim birliklar unga g‘alati tuyuladi va ular maxsus izoh talab qiladi. Bunday birliklar matn yaratilgan madaniyatning o‘ziga xos milliy-madaniy xususiyatlari, lakunalarni yuzaga chiqaradi.
    Lakunalar madaniyatlararo muloqotda tillar va madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatib beruvchi muhim omil hisoblanadi. Shu sababli ham ular turlicha tasniflanadi:

    Yüklə 150,21 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə