O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi


-chizma. Statistikaning tarkibiy qismlari



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/147
tarix25.06.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#118917
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika

1-chizma. Statistikaning tarkibiy qismlari 
Ijtimoiy statistika
aholi turmush tarzi bilan bog’liq bo`lgan barcha 
hodisalarni statistik usullarda batafsil o`rganadi. Jumladan, aholi (demografik) 
statistikasi aholining soni, tarkibi, dinamikasi, tabiiy o`sishi, migratsiyasi va 
hokazolarni o`rgansa, jinoyat va sud statistikasi esa aholi o`rtasidagi 
qonunbuzarlikni, jinoyat va unga qarshi kurash, sud jarayonlarini o`rganadi. 
Mehnat statistikasi aholining faol ishini, ya`ni xalq xo`jaligida band bo`lgan 
aholi soni, tarkibi, dinamikasi, ulardan foydalanish darajasi kabilarni statistik 
usullarda o`rganadi.
Iqtisodiy statistika
ikkita yirik tarmroqqa bo`linadi. Birinchi tarmoqdagi 
fanlar (mintaqaviy statistika, xalqaro statistika, bozor iqtisodiyoti statistikasi va 
hokazo) xalq xo`jaligi miqyosida ro`y berayotgan hodisa va voqealarning 
miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy bog’lanishda olib 
o`rganadi. Ayrim tarmoqlar va korxonalar statistikasi (sanoat statistikasi, qishloq 
xo`jaligi statistikasi, savdo statistikasi va hokazo), nazariy va iqtisodiy statistika 
ko`rsatkichlariga asoslanib, xalq xo`jaligining ayrim tarmoq va sohalari 
xususiyatlarini hisobga oladigan ko`rsatkichlar tizimini aniqlaydi va ularni 
hisoblash hamda tahlil qilish usullarini bayon etadi.
Statistika eng avvalo iqtisodiy nazariya fani bilan bog’langan. U ushbu 
fandan iqtisodiy kategoriyalar – qiymat, ish haqi, tovar, mehnat unumdorligi, 
ijtimoiy mahsulot, milliy daromad, foyda va shu kabilar haqidagi tushunchani 
hamda iqtisodiy qonunlarning mohiyatini bilib oladi, keyin esa aniq sharoitda 
ular qanday amal qilayotganini miqdor jihatdan belgilaydi. Bu bog’lanishni 
quyidagicha ifodalash mumkin: «…foyda me`yorini hosil qilishda amal 
qilayotgan munosabatni bilgag taqdirdagina statistika turli mamlakatlarda, turli 
davrlar uchun ish haqi darajasini haqiqiy tahlil qilishga qodir bo`la oladi». Bu 



xususda akademik S.G.Strumilinning «Iqtisodiyot nazariyasi» tugagan joydan 
statistika boshlanadi» degan so`zi ham juda o`rinlidir. 
Statistika falsafa fani bilan ham chambarchas bog’langan. Falsafaning 
sifat, miqdor va o`lchov, mohiyat va hodisa, tasodif va zaruriyat, alohidalik va 
umumiylik kabi kategoriyalari hamda miqdorning sifatga o`tish, ziddiyatlar 
kurashi va birlik qonunlari ham statistika uchun katta ahamiyatga ega.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə