O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari


Kodlash va shifrlash orasidagi farq



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107
rasmcha

Kodlash va shifrlash orasidagi farq. 
Aksariyat hollarda foydalanuvchilar ma‘lumotni shifrlash va kodlash 
tushunchalarini bir xil deb tushuniladi. Aslida esa ular ikki turlicha 
tushunchalardir. Kodlash – ma‘lumotni osongina qaytarish uchun hammaga 
(hattoki hujumchiga ham) ochiq bo‗lgan sxema yordamida ma‘lumotlarni boshqa 
formatga o‗zgartirishdir. Kodlash ma‘lumotlardan foydalanish qulayligini 
ta‘minlash uchun amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo‗lgan sxemalardan 
foydalaniladi. Masalan, ASCII, UNICODE, URL Encoding, base64. 
ASCII kodlash standarti 
Shifrlash – jarayonida ham ma‘lumot boshqa formatga o‗zgartiriladi, biroq 
uni faqat maxsus shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo‗lgan) qayta o‗zgartirishi 
mumkin bo‗ladi. shifrlashdan asosiy maqsad ma‘lumotni maxfiyligini ta‘minlash 
bo‗lib, uni qayta o‗zgartirish ba‘zi shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo‗lmagan) 
uchun cheklangan bo‗ladi. 
Dekodlash jarayoni ham deshifrlash jarayoni kabi kodlash uchun teskari 
jarayon hisoblanib, biror ochiq sxema yordamida o‗zgartirilgan ma‘lumotlar 
xuddi shu sxema asosida teskari o‗zgartiriladi. Masalan, ASCII asosida ―Z‖ ni 16 
sanoq tizimiga o‗zgartirilganda (kodlaganda) u ―5A‖ ga teng bo‗lgan bo‗lsa, ―5A‖ 
ni dekodlash jarayonida u ―Z‖ ga qayta o‗zgartiriladi. 
Kriptografiyada esa jo‗natuvchi faqat ochiq matn ko‗rinishidagi xabar 
yuborishi mumkin, bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali 


63 
uzatishdan oldin shifrlangan matnga o‗zgartiradi. Ushbu shifrlangan xabar qabul 
qiluvchiga kelganida esa yana oddiy matn ko‗rinishiga qaytariladi. Umumiy holda 
ma‘lumotni shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptografik 
tizimlar asosida farqi yo‗q) – ma‘lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutishdir. 
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari.
Ochiq kalitli tizimlarini qo‗llash asosida qaytarilmas yoki bir tomonli 
funktsiyalardan foydalanish yotadi. Bunday funktsiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. 
Ma‘lumki ma‘lum bo‗lsa y=f( ) funktsiyani aniqlash oson. Ammo uning ma‘lum 
qiymati bo‗yicha x ni aniqlash amaliy jixatdan mumkin emas. Kriptografiyada 
yashirin dеb ataluvchi yo‗lga ega bo‗lgan bir tomonli funktsiyalar ishlatiladi.
paramеtrli bunday funktsiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. Ma‘lum uchun Ez va 
Dz algoritmlarini aniqlash mumkin. Ez algoritmi yordamida aniqlik sohasidagi 
barcha x uchun fz ( ) funktsiyani osongina olish mumkin. Xuddi shu tariqa Dz 
algoritmi yordamida joiz qiymatlar sohasidagi barcha uchun tеskari funktsiya x=f-
1( ) ham osongina aniqlanadi. Ayni vaqtda joiz qiymatlar sohasidagi barcha va 
dеyarli barcha, uchun xatto Ez ma‘lum bo‗lganida ham f-1( )ni hisoblashlar 
yordamida topib bo‗lmaydi. Ochiq kalit sifatida ishlatilsa, maxfiy kalit sifatida x 
ishlatiladi. 
Ochiq kalitni ishlatib shifrlash amalga oshirilganda o‗zaro muloqatda bo‗lgan 
sub‘еktlar o‗rtasida maxfiy kalitni almashish zaruriyati yo‗qoladi. Bu esa o‗z 
navbatida uzatiluvchi axborotning kriptohimoyasini soddalashtiradi. 
Ochiq kalitli kriptotizimlari bir tomonli funktsiyalar ko‗rinishi bo‗yicha farqlash 
mumkin. Bularning ichida RSA, El‘-Gamal va Mak-Elis tizimlarini aloxida tilga 
olish o‗rinli. Hozirda eng samarali va kеng tarqalgan ochiq kalitli shifrlash algoritmi 
sifatida RSA algoritmini ko‗rsatish mumkin. RSA nomi algoritmni yaratuvchilari 
familiyalarining birinchi xarfidan olingan (Rivest, Shamir va Adleman). 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə