O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107
rasmcha

Stegotizimga hujimlar 
• Ma'lum to'ldirilgan konteynerga asoslangan hujum.
• Ma'lum o'rnatilgan xabarga asoslangan hujum. 
• Tanlangan yashirin xabarga asoslangan hujum. 
• Tanlangan yashirin xabarga asoslangan moslashuvchan hujum.
• Tanlangan to'ldirilgan konteynerga asoslangan hujum.
• Ma'lum bo'sh konteynerga asoslangan hujum.
• Tanlangan bo'sh konteynerga asoslangan hujum.
• Konteyner yoki uning bir qismining ma'lum matematik modeliga asoslangan 
hujum.
Nazorat savollari. 
1.
Qadimda steganografiyaning qo‘llanilishi. 
2.
Kompyuter steganografiyasi. 
3.
Raqamli steganografiya. 


60 
9-MAVZU:Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari.
Tayanch iboralar: 
Ochiq kalitli shifrlash, Raqamli sertifikatlar, Skriptografik 
mustaxkamlik,ERI.
Zamonaviy kriptografiya quyidagi bo„limlarni o„z ichiga oladi.
1.
Simmetrik kriptotizimlar 
2.
Assimetrik kriptotizimlar. 
Simmetrik kriptotizimlar
. Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va 
deshifrlash uchun bitta kalitdan foydalaniladi. (Shifrlash – ochiq matn deb 
ataluvchi dastlabki matnni shifrlangan matn holatiga o‗tkazish. Deshifrlash – 
shifrlashga teskari bo‗lgan jarayon yani kalit yordamida shifrlangan matnni 
dastlabki matn holatiga yetkazish). Demak, shifrlash kalitidan foydalanish 
huqukiga ega bo‗lgan odamgina axborotni deshifrlashi mumkin. Shu sababli
simmetrik kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya‘ni shifrlash 
kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin.
Asimmetrik 
kriptotizimlar

Assimetrik 
kriptotizimlarda 
bir-biriga 
matematik usullar bilan bog‗langan ochiq va maxfiy kalitlardan foydalaniladi. 
Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit barchaga oshkor qilingan 
bo‗ladi, shifrni ochish esa faqat maxfiy kalit yordamida amalga oshiriladi, maxfiy 
kalit faqat qabul qiluvchigagina ma‘lum va uni ruhsatsiz foydalanishdan ishonchli 
himoyalashi zarur. Asimmetrik kriptotizimda axborotni himoyalash axborot qabul 
qiluvchi kalitining mahfiyligiga asoslangan. 
Kriptografik metodlardan foydalanishning asosiy yo‗nalishlari – aloqa 
kanallari orqali maxfiy axborotni uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan 
xabarlarni aslligini o‗rnatish, ma‘lumotlarni (hujjatlar, ma‘lumotlar bazalari) 
ko‗chma tashuvchi xotiralarda shifrlangan shaklda saqlash. 
Bugungi kunda deyarli barcha ma‘lumotlar almashinish axborot texnologiya 
vositalari orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa o‗z navbatida, ushbu ma‘lumotlarni 
boshqa begona shaxslar tomonidan noqonuniy tarzda ko‗rish, o‗zgartirish va qayta 
yuborishga bo‗lgan xatti-harakatlarni oldini olish va axborot xavfsizligini 
ta‘minlashga bo‗lgan ehtiyojni yanada ortishiga olib keldi. 

Kriptologiya
- ―maxfiy kodlar‖ni yaratish va buzish fani va sanati; 

Kriptografiya
– ―maxfiy kodlar‖ni yaratish bilan shug‗ullanadi; 

Kriptologiya 
– ―maxfiy kodlar‖ni buzish bilan shug‗ullanadi; 

Kripto 
– yuqoridagi 
tushunchalarga 
(hattoki bundanda ortig‗iga) 
sinonim bo‗lib, kontekst ma‘nosiga ko‗ra farqlanadi. 


61 
Shifr yoki kriptotizim ma‘lumotni shifrlash uchun foydalaniladi. Haqiqiy 
shifrlanmagan ma‘lumot ochiq matn deb atalib, shifrlashning natijasi shifrmatn 
deb ataladi. Haqiqiy ma‘lumotni qayti tiklash uchun shifrmatnni deshifrlash zarur 
bo‗ladi. Kalit kriptotizimni shifrlash va deshifrlash uchun sozlashda foydalaniladi. 
Kriptotizimning ―qora quti‖ sifatidagi ko‗rinishi 2.9 – rasmda keltirilgan. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə