O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107
rasmcha

 
 
 


54 
2.5-jadval. 
Vijinerning shifrlash tizimi

XVI asrda fransuz diplomati Vijiner 
tomonidan yaratilgan shifrlash tizimi 1586-yilda chop etilgan. U mashhur ko‗p 
alfavitli tizim hisoblanadi. Vijiner tizimi Sezar shifrlash tizimiga qaraganda 
mukammalroq hisoblanib, unda kalit harfdan harfga almashtiriladi. Bunday 
ko‗p alfavitli almashtirish shifrini shifrlash jadvali orqali ifodalash mumkin. 
Quyidagi jadvallarda rus va lotin alfavitlari uchun mos keluvchi jadvallar 
ko‗rsatilgan. Bu jadvallardan matnni 
shifrlash va uni ochish uchun foydalaniladi. Jadvalning ikkita kirishi bo‗lib: 

yuqori qatordagi harflardan kiruvchi ochiq yozuv uchun foydalaniladi. 

chap ustunda esa kalit so‗zi joylashadi. 
Ochiq matnni shifrlashda bu matn bir satrga yoziladi. Uning ostidagi 
satrga kalit so‗z joylashtiriladi. Agar kalit so‗zning uzunligi qisqa bo‗lsa, bu 
so‗z ochiq matnning oxirgi harfigacha takrorlab yoziladi. Shifrlash jarayonida 
jadvalning yuqori qismida joylashgan ochiq matnning harfi topiladi va chap 
qismdan kalit so‗zning harfi tanlanadi. Satr va ustun kesishgan katakdagi harf 
berilgan harfni almashtiradi. 
 


55 
Nazorat savollari: 
1.
O‘rin almashtirish orqali shifrlash. 
2.
Sezarning shifrlash tizimi. 
3.
 
Vijinerning shifrlash tizimi.
 
7-MAVZU:Ma‟lumotlarni shifrlash va arxivlash vositalari. 
Tayanch iboralar: 
Ma‘lumotlarni shifrlash, arxivlash, WinRar arxivlash 
dasturi, WinZip arxivlash dasturi.
 
Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar 
bilan ishlashda, yahni fayllarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga 
ko‘chirishda, diskka joylashda, saqlab qo‘yishda, elektron pochta orqali axborot 
yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug‘iladi. 
Fayllarni arxivlash - fayllarni arxivlash jarayoni orqali siqilgan, ixchamlangan 
holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki 
faylning tasodifan o‘chirilishi sodir bo‘lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash 
uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo‘llaniladi. 
Arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo‘llaniladigan, eski 
hujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni 
saqlash uchun qo‘llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo‘lishi va unda har 
bir fayl alohida ko‘rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko‘p tomli 
deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma‘lumotlarini qismlarga bo‘lib 
disketalarga sig‘adigan, qulay ko‘rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. 
Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi. 
Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni 
eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar 
guruhi, to‘liq fayllar strukturasi bo‘yicha yoki papkalar bo‘yicha ham qilish 
mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko‘p bo‘lsa, ularni oldin bitta papkaga 
yig‘ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan 
holdagi ma‘lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. 
Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, bahzi hollarda 
arxivlash natijasida boshlang‘ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. 
Masalan, dastur fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi 
ixchamlanadi. 
Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, 
foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo‘yicha farq qiladi. Foydalanuvchi 
har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo‘yicha farqlaydi. Siqish turi shu 
arxivning formati deyiladi. 


56 
Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega 
bo‘ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi 
ma‘lumotlar saqlanadi: 

fayl nomi; 

fayl saqlanuvchi katalog haqida ma‘lumot; 

faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti; 

faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami; 

arxivning to‘liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning tsiklik 
tekshirish kodi. 
Arxiv fayllari oddiy fayllar kabi nomlanadi. quyida biz Windows 
muhitida fayllarni arxivlash uchun yaratgan WinRar dasturi bilan 
tanishib chiqamiz. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə