O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari


-rasm. Sodda o„rin almashtirish usuliga misol



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107
rasmcha

1.5-rasm. Sodda o„rin almashtirish usuliga misol 
 
1.1.
 
Kriptografiyaning tarixi 
Ma‘lumotlarni shifrlashning dastlabki ko‗rinishlaridan ming yillar avval 
foydanib kelingan. Yaqin o‗n yilliklarga qadar foydalanilgan shifrlarni - klassik 
shifrlar deb atalgan. Kriptografiyaning fan sifatida taraqqiy etishini ko‗plab 
adabiyotlarda turlicha davrlarga bo‗lingan bo‗lib, turlicha yondashuvlarga 
asoslaniladi. Masalan, ba‘zi manbalarda hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar 
foydalanilgan shifrlar – klassik shifrlar davriga tegishli deb olingan. Undan 
keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi. Biroq, hisoblash 
qurilmalari yaratilgunga qadar bo‗lgan davr juda uzoq bo‗lgani bois, ularni ham 
qismdavrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kriptologiyaning fan sifatida shakllanishini quyidagi davrlarga ajratish 
mumkin: 
1. Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari).
Ushbu davr klassik 
shifrlari asosan bir alfavitli o‗rniga qo‗yish va o‗rin almashtirish akslantirishlariga 
asoslangan. Ularga misol tariqasida Sezar, Polibiya kvadrati usullarini keltirish 
mumkin. 
2. O„rta davr (o„rta davr klassik shifrlari).
Ushbu davr shifrlari asosan 
ko‗p alifboli o‗rniga qo‗yishga asoslangan bo‗lib, ularga Vijiner, Atbash usullarini 
misol keltirish mumkin. Ushbu davr shifrlari birinchi davr shifrlariga qaraganda 
yuqori bardoshlikka ega bo‗lgan. 


46 
3. 1 va 2 – jaxon urishi davri (1 va 2- jaxon urishi davri klassik 
shifrlari)
. Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan 
bo‗lib, radioto‗lqin orqali shifrmatnni uzatishni (morze alifbosi) amalga oshirgan. 
Mazkur davrga oid shifrlash usullariga Zimmermann telegrafi, Enigma shifri, 
SIGABA mashinalarini misol keltirish mumkin. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə