O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107
rasmcha

«Kriptografiya
»
atamasi grek tilidan tarjima qilinganda «yashirish, 
yozuvni berkitib qo‗ymoq» ma‘nosini bildiradi. Atamaning ma‘nosi 
kriptografiya kerakli ma‘lumotni yashirin saqlash va himoyalash maqsadida 
qo‗llanishini anglatadi. 
Eramizdan oldingi XX asr. Mesopatamiyada o‗tkazilgan qazilmalar vaqtida eng 
qadimiy shifrlangan matnlar topilgan. Loydan yasalgan taxtachaga qoziqchalar 
bilan yozilgan matn hunarmandlarning sopol buyumlarini qoplash uchun 
tayyorlanadigan bo‗yoqning retsepti bo‗lib, u tijorat siri hisoblangan. Qadimgi 
misrliklarning diniy yozuvlari va tibbiyot retseptlari ham ma‘lum. 
Eramizdan oldingi IX asrning o‘rtalari
.
Plutarx bergan ma‘lumotlariga 
ko‗ra, ana shu davrda shifrlovchi qurilma – skital, qo‗llanilgan bo‗lib, u o‗rin 
almashtirishlar orqali matnni shifrlash imkonini bergan. Matnni shifrlashda 
so‗zlar biror diametrli silindrga (skitalga) o‗ralgan ensiz lentaga yozilgan. Lenta 
yoyilganda unda ochiq matn harflarining o‗rinlari almashtirilgan holati hosil 
bo‗lgan. Bunda kalit sifatida silindrning diametri xizmat qilgan. Bunday 
matnni shifrdan yechish usulini Aristotel taklif etgan. U lentani konusga o‗ragan 
va o‗qilishi mumkin bo‗lgan so‗z yoki so‗zning bir qismini ko‗rsatuvchi joy 
silindrning diametri deb hisoblagan. 
Eramizning 56-yili.
Y.Sezar gallar bilan urush vaqtida shirflashning 
almashtirish turini qo‗llagan. Ochiq matn alfaviti ostiga sikl bo‗yicha (Sezarda 


42 
uchta pozitsiyaga) siljitish orqali shu alfavit yozilgan. Shifrlashda ochiq 
matndagi alfavitlar, ya‘ni yuqori qismda joylashgan harflar quyi qismdagi mos 
harflar bilan almashtirilgan. Bu turdagi shifrlash Y.Sezargacha ma‘lum bo‗lgan 
bo‗lsa-da, lekin bunday shifrlash usuli uning nomi bilan yuritiladi. 
An‘anaviy (klassik) shifrlash usullariga o‗rinlarini almashtirish shifrlari, 
oddiy va murakkab almashtirish shifrlari va ularning kombinatsiyalari va 
modifikatsiyalari kiradi. Ta‘kidlash joizki, o‗rinlarini almashtirish shifrlari va 
almashtirish shifrlarining kombinatsiyalari amaliyotda qo‗lla nilayotgan har xil 
turdagi simmetrik shifrlarni tashkil etadi. 
O‗rinlarini almashtirish shifrlarida shifrlanadigan matnning harflari shu 
matn bloki ichida ma‘lum qoidalar bo‗yicha o‗rin almashtiriladi. O‗rinlarini 
almashtirish shifrlari eng sodda va eng qadimiy hisoblanadi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə