O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
rasmcha

2.4-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: video kuzatuv vositalari 
Video kuzatuv tashkilotning fizik xavfsizligini ta‘minlashda muhim 
komponent hisoblanadi. Ushbu tizimlar tashkilot aktivlarini bosqinchilardan, 
o‗g‗rilardan himoyalashda muhim ahamiyatga ega. Video kuzatuv moslamalari 
odatda tashkilotning kirish eshiklarida, zallarda va ishchi sohalarida o‗rnatiladi. 
Ushbu vositalar tashkilotga kirishdagi va chiqishdagi harakatlarni kuzatishda 
yordam beradi. Hozirgi kundagi video kuzatuv vositalari nafaqat harakatlarni 
qayd etishda balki, bo‗layotgan harakatlarni aniqlash imkonini beradi. Masalan, 
taqiqlangan jixoz olib kirayotgan yoki chiqayotgan holatni aniqlaydi va 
ogohlantirish signalini yuboradi yoki janjal bo‗layotgan holatni aniqlab, zarur 
signalni yuboradi. Video kuzatuv vositalari sifatida odatda, quyidagi kameralar 


36 
amalda foydalanib kelinmoqda: 
2.5-rasm. Kuzatuv kameralari 
-
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va muolajalari 
-
Har bir tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish uchun talab 
qilingan fizik xavfiszlik siyosatini va muolajalarini amalga oshirishi shart. Fizik 
xavfsizlik siyosati turli tashkilotlar uchun turlicha bo‗ladi. 
-
Xususan, tashkilot fizik xavfsizligining siyosati o‗zida quyidagilarni 
mujassamlashtiradi: 
-
tashkilotni fizik xavfsizligi nuqtai-nazaridan; 
-
xodimlarning vazifalari va majburiyatlari; 
-
foydalanishlarni boshqarishni nazoratlash; 
-
qaydlash va auditlash. 
-
Fizik xavfsizlik muolajasi o‗qida quyidagilarni oladi: 
-
qulflash tizimini boshqarish
-
suqilib kirish insidentlarini qaydlash; 
-
tashrif buyuruvchilarni boshqarish; 
-
konfidensial materiallarni yo‗q qilish; 
-
qog‗oz ko‗rinishidagi axborot uchun toza stol siyosatini va axborotni 
ishlashda toza ekran siyosatini amalga oshirish. 
-
Toza stol siyosatiga ko‗ra tashkilot uchun muhim bo‗lgan axborotni 
xodimlar tomonidan qarovsiz qoldirilmasligi yoki ovqatlanganda oshxonalarga 
olib kirilmasligi zarur. Toza ekran siyosatiga ko‗ra esa xodim o‗z kompyuteridan 
foydalanish davomida uni qarovsiz qoldirmaslikka e‘tibor qaratadi. 
-
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: yoritish tizimlari 
-
Yoritish tizimlari tashkilot binosi xavfsizligini ta‘minlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Tashkilot binolarining atrofida yetarlicha yoritish amalga 
oshirilmaganligi boshqa xavfsizlik vositalarining vazifasiga salbiy ta‘sir 
o‗tkazadi. Masalan, agar tashkilotning kirishida, mashina turar joyida yoki 
kuzatuv kamerasi o‗rnatilgan hududlarda yoritish tizimi yetarlicha ishlamasa, u 
holda ushbu hududlardagi obyektlar vainsonlarni aniqlash imkoniyati kamayadi. 
Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanlikga aloqador holda quyidagilarga 
bo‗linadi: 
-
doimiy yoritish tizimlari – tashkilot binosi atrofida har doim o‗rnatiluvchi 


37 
yoritish vositalari. 
-
kutish rejimidagi yoritish tizimlari – biror ogohlantiruvchi signal asosida 
avtomatik yoki avtomatik bo‗lmagan shaklda ishlaydi. 
-
harakatlanuvchi yoritish tizimlari – qo‗lda boshqariluvchi yoritish tizimlari 
bo‗lib, kechasi va zarur bo‗lganda yoritish uchun foydalaniladi. 
-
favqulotda yoritish tizimlari – elektr quvvati manbalari ishdan chiqqanda 
yoki elektr energiyasi uzilganda vaqtinchalik tashkilot binolarini yoritish bilan 
shug‗ullanadi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə