O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
rasmcha

2.2-rasm. To„siqlarga misollar 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik xodimi 
Xavfsizlik xodimi (qo‗riqchi) tashkilot fizik xavfsizligini amalga oshirish, 
monitor qilib borish va madadlashni amalga oshiradi. Ular maxfiy axborotni 
yo‗qolishidan, o‗g‗irlanishidan, noto‗g‗ri foydalanishidan himoyalash uchun 
xavfsizlik tizimini o‗rnatish, baholash va ishlab chiqishga javobgardirlar. Yuqori 
malakali va tajribaga ega xodim ixtiyoriy tashkilotning xavfsizligiga muhim ro‗y 
o‗ynaydi. Tashkilotda xodimlar tomonidan amalga oshirilgan himoya 24x7x365 


33 
tartibida amalga oshirilishi zarur. Fizik xavfsizlikka jalb etilgan shaxslar 
quyidagilar: 
Qo‗riqchilar. Qo‗riqchilar odatda asosiy kirish eshigidan va darvozadan 
kiruvchilarni va xoimlarni nazoratlashga javobgardir. Ular xususan, begona 
shaxslarning tashkilot hududida kirmasligini, turli taqiqlangan paketlar va 
jixozlarni olib kirmaslikni ta‘minlashi talab etiladi. Tashkilotdagi barcha kirish 
eshiklaridagi holatlar qo‗riqchilar tomonidan CCTV kameralar yordamida yozib 
va saqlanib boriladi. 
Tashkilotdagi qo‗riqchilar boshlig‗i. Tashkilotdagi qo‗riqchilar boshlig‗i 
qo‗riqchilar harakatini kuzatish, talab etilgan vaqtda qo‗riqchilarga ko‗mak 
berish, olamonni bartaraf etish, binodagi qulflarni, zamoklarni, yoritish tizimlarini 
boshqarishga javobgar. 
Xavfsizlik xodimi. Ushbu shaxsning vazifasi tashkilot atrofida o‗rnatilgan
xavfsizlikka aloqador 
jixozlarni 
amalga 
oshirish
va boshqarishdan iborat bo‗lib, ularni to‗g‗ri ishlayotganini kafolatlashi 
shart. Axborot 
xavfsizligining bosh 
xodimi 
(Chief 
Information
Security Officer). O‗tgan 
davrlarda, axborot
xavfsizligining 
bosh xodimi tashkilotdagi 
barcha 
xavfsizlikka aloqador 
jarayonlarni
nazoratlashi, hattoki tarmoq va tizim 
xavfsizligiga ham javobgar bo‗lgan. Hozirda esa, ushbu shaxslarga asosan texnik 
tomondan bilim va ko‗nikmalar talab etiladi. 
Ruxsatlarni nazoratlash: autentifikatsiya usullariTashkilotdagi o‗rta to‗siqlar 
vazifasini o‗tovchi turniketlar odatda shaxslarni autentifikatsiyalash vazifasini 
ham o‗taydi yoki bu vazifa qo‗riqchilar tomonidan ham amalga oshirilishi 
mumkin. Shaxslarni autentifikatsiyadan o‗tganda turli axborotdan foydalaniladi 
va ular quyidagilar: 
biror narsani bilishga asoslangan
biror narsaga egalik qilishga asoslangan; 
biometrik parametrlarga asoslangan. 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik qulflar 
Ruxsatsiz fizik kirishlarni cheklashda turli qulflar mavjud. Har bir tashkilot 
o‗zining xavfsizik talabidan kelib chiqqan holda ulardan mosini tanlashi shart. 
Quyidagi turdagi fizik qulflar mavjud: 
Mexanik qulflar: tashkilotda fizik ruxsatlarni cheklashning eng oson usuli 
hisoblanadi. Ushbu qulflar kalitli yoki kalitsiz bo‗lishi mumkin. Mexanik 
qulflarning ikki turi mavjud: 
Raqamli qulflar: raqamli qulflarda yeshikni ochish uchun barmoq izi, smart 
karta yoki PIN kodni kiritishi talab etiladi. Ular ochish uchun biror narsani 


34 
(kalitni) olib yurishni talab etmaydi va oson foydalaniladi. 
Elektr/ elektromagnetik qulflar: elektr qulflar yoki elektron qulflash tizimi 
elektr quvvatni kamaytiradi va natijada eshik ochiladi. U odatda magnit va motor 
asosida qulfni aktivlashtiradi va deaktivlashtiradi. Ushbu qulflar ochish uchun 
kalitni talab etmaydi. 
Kombinatsion qulflar: ushbu qulflar raqam va belgilar kombinatsiyasidan 
iborat bo‗ladi. Foydalanuvchi uni ochishi uchun ularning kombinatsiyasidan 
iborat bo‗lgan maxfiy sirni kiritishi talab etiladi. 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: Yashirin qurol/ kontrabanda qurilmalarini 
aniqlash moslamasi 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə