O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari


Fizik xavfsizlikni amalga oshirilganini quyidagilar orqali



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
rasmcha

Fizik xavfsizlikni amalga oshirilganini quyidagilar orqali 
baholanadi: 
1.
Ruxsatsiz kirishlarni oldini olish uchun mos ruxsatlarni nazoratlash 
usullarini o‗rnatilgani. 
2.
Muhim hududlar to‗g‗ri yoritish tizimi asosida kuzatilayotgani. 
3.
Turli tahdidlar, yong‗in, tutun, elektr, suv va hak.lar uchun 
aniqlovchi ogohlantiruvchi tizimlar o‗rnatilgani va ularni to‗g‗ri ishlayotgani. 
4.
To‗g‗ri eshiklarni qulflash 
tizimi o‗rnatilgani va 
ularni 
to‗g‗riishlayotgani. 
5.
Tashkilot binosi va hududini yetarli sondani qo‗riqchilar tomonidan 
qo‗riqlanayotgani. 
6.
Xavfsizlik xodimlarini to‗g‗ri o‗quv mashg‗ulotlariga yuborilgani. 
7.
Xavfsizlik xodimlarini ishonarli agentliklardan olingan. 
8.
Tashkilotdagi kuzatuv kameralari to‗g‗ri o‗rnatilgani va uzluksiz 
ishlayotgani. 
9.
Fizik xavfsizlik insidentlarini aniqlash va qayd qilish uchun to‗g‗ri 
muolajalar amalga oshirilgani. 
10.
Favqulotda vaziyatlar uchun xodimlar bilan aloqa o‗rnatuvchi 
axborotni mavjudligi. 
Nazorat savollari 
1.
Fizik xavfsizlik nima? 
2.
OSI modelining qaysi sathi fizik pog‘ona hisoblanadi? 
3.
 
Fizik xavfsizlikni amalga oshirish nimani ta‘minlaydi?
 
4.
Axborotlarni himoyalashning qanday chora tadbirlari mavjud? 
 
 


38 
5-Mavzu: Sodda shifrlash algoritmlari. O„rinlarini almashtirish 
shifrlari. Sehrli kvadrat. 
Tayanch iboralar: 
Ochiq matn, shifr matn, kalit, kriptografiya, kriptoanaliz, 
kriptologiya, shifrlar, deshifrlash, jadval usuli, sezar shifrlash. 
Insoniyat axborotni himoya qilish muammosi bilan yozuv paydo bo‗lgandan 
beri shug‗ullanadi. Bu muammo harbiy va diplomatik ma‘lumotlarni yashirincha 
uzatish zaruratidan kelib chiqqan. Masalan, antik spartalilar harbiy ma‘lumotlarni 
shifrlashgan. Xitoyliklar tomonidan oddiy yozuvni iyerogriflar ko‗rinishida 
tasvirlashlari uni xorijiylardan yashirish imkonini bergan. 
«Kriptografiya» atamasi grek tilidan tarjima qilinganda «yashirish, 
yozuvni berkitib qo‗ymoq» ma‘nosini bildiradi. Atamaning ma‘nosi kriptografiya 
kerakli ma‘lumotni yashirin saqlash va himoyalash maqsadida ko‗llanishini 
anglatadi. 
Shifr yoki kriptotizim ma‘lumotni shifrlash uchun 
foydalaniladi. 
Haqiqiy 
shifrlanmagan ma‘lumot ochiq matn deb atalib, shifrlashning natijasi shifrmatn deb 
ataladi. Haqiqiy ma‘lumotni qayta tiklash uchun shifrmatnni deshifrlash zarur 
bo‗ladi. Kalit kriptotizimni 
shifrlash 
va 
deshifrlash 
uchun 
sozlashda 
foydalaniladi. Kriptotizimning ―qora quti‖ sifatidagi ko‗rinishi rasmda keltirilgan. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə