Barcha signalizatsiya va aloqa vositalari ishdan chiqqanda poyezdlar harakatini tashkil etish



Yüklə 22,15 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü22,15 Kb.
#142819
  1   2   3   4   5
ur lab 1


Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti
Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish” kafedrasi
Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish 
LABORATORIYA
MASHG‘ULOTI
Bajardi:TLT-4 guruh talabasi
Raxmanov Y.
Qabul qildi: Xo’jayev Sh.
Toshkent-2023


BARCHA SIGNALIZATSIYA VA ALOQA VOSITALARI ISHDAN CHIQQANDA POYEZDLAR HARAKATINI TASHKIL ETISH

Signalizasiya va aloqa vositalari to‘satdan o‘chib qolishi mumkin. Bunday vaqtda stansiya navbatchisi uning sababini va qo‘shni stansiya va peregondagi poyezdlar holatini oldindan bilmay turib temir yo‘llardan foydalanish qoidalari va poyezdlar harakati va ianevr ishlari bo‘yicha yo‘riqnomada belgilangan tartibda poyezdlar harakatini xavfsiz va to‘xtovsiz amalga oshirishi lozim.


Agar stansiya navbatchisi poyezdlar harakatini amalga oshirish bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan aloqa vositalari (poyezd, dispetcherlik, stansiyalar aro, stansiya, energo dispetcherlik, shaxar boshqa telefon aloqa vositalari)orqali muloqotlar o‘tkaza olmasa, barcha aloqa va signalizasiya vositalari ishdan chiqqan hisoblanadi.
Barcha aloqa vositalari ishdan chiqqanligini stansiya navbatchisi nosozliklarni ko‘zdan kechirish jurnali (DU-46)da rasmiylashtiradi va shundan so‘ng bir yo‘lli uchastkalarda poyezdlar harakati yozma xabarnomalar bo‘yicha yo‘lga qo‘yilsa, ikki yo‘lli uchastkalarda esa poyezdlar harakati poyezdlarni stansiyalar orasidagi peregonni bosib o‘tishga ketadigan vaqtni chegaralab poyezdlarni jo‘natish orqali amalga oshiriladi.
Yozma xabarnomalar bo‘yicha peregonga poyezdlarni jo‘natish tartibi ustunligi bor bo‘lgan stansiya bo‘yicha birinchi bo‘lib amalga oshiriladi, yani:
- bir yo‘lli peregonlarda – toq yo‘nalish bo‘yicha;
- ikki yo‘lli peregonlarda, ikki yo‘lli peregonlardan biri harakat uchun yopiq bo‘lib, poyezdlar harakati bitta yo‘l bo‘yicha amalga oshirilsa, u holda shu ishlab turgan yo‘l qaysi yo‘nalish uchun to‘g’ri hisoblansa shu yo‘l bo‘yicha amalga oshiriladi.
Poyezdlarni peregonni band qilish uchun bir yo‘lli peregonlarda ham ikki yo‘lli peregonlarda ham stansiya navbatchisi tomonidan poyezd mashinistiga topshiriladigan dioganali bo‘yicha ikkita qizil chizig’i mavjud bo‘lgan oq rangli ruxsatnoma (DU-56) blankasi hisoblanadi.
Agar peregonga birinchi bo‘lib jo‘natilgan poyezd mashinistida undan oldin jo‘natilgan poyezd to‘g’risida hech qanday malumot bo‘lmasa, u holda mashinist o‘ta xushyorlik bilan harakatlanishi lozim. Chunki oldin jo‘natilgan poyezdning oxirgi vagoni belilanmagan bo‘lishi mumkin.
Bir yo‘lli peregonlardagi poyezdlar harakati xavfsizligi birinchi o‘rinda stansiya navbatchisining peregonga birinchi poyezdni belgilangan tartibda jo‘natishiga bog’liq.
Bir yo‘lli peregonga birinchi bo‘lib juft yo‘nalishdagi faqatgina jo‘natilishiga signalizasiya va aloqa vositalari o‘chib qolishidan oldin ruxsat berilgan poyezd, tiklash poyezdlari va yordamchi lokomotivlardan tashqari hech bir poyezd birinchi bo‘lib peregonga yozma xabarnoma (DU-55) blankasi bilan chiqishi mumkin emas.
Barcha aloqa va vositalari o‘chib qolgandan keyin pergegonga birinchi jo‘natiladigan poyezd mashinistiga peregonni band qilish uchun dioganali bo‘yicha ikkita qizil chizig’i bo‘lgan (DU-56) ruxsatnoma blankasi bilan birga qo‘shni stansiya navbatchisiga topshirish uchun maxsus oq rangli yozma xabarnoma (DU-55) blankasi ham berilishi lozim. Ushbu xabarnomada stansiya navbatchisiga keyingi poyezdlar harakati holati bo‘yicha malumotlar berilgan bo‘ladi.
Stansiya navbatchisi tomonidan A, B va V shakldagi yozma xabarnomalardan biri qabul qilib olingandan so‘ng poyezdlar harakati yozma xabarnomalar bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan deb hisoblanadi.
A, B yoki V shakldagi xabarnomalarni stansiya navbatchilari poyezd telefonogrammalari jurnaliga quyidagi tartibda yozib boradilar: telefonogramma raqami belgilanadigan grafaga xabarnoma raqami yoziladi va “xabarnoma” degan belgi qo‘yiladi, jurnalning oxirgi grafasi esa to‘ldirilmaydi.
Ikki yo‘lli peregonlarda xar bir peregonni chegaralab turgan stansiya o‘ziga to‘g’ri bo‘lgan yo‘ldan qo‘shni stansiyaga poyezd jo‘natishi mumkin. Poyezdlar peregonga poyezdlar harakat grafigida ko‘zda tutilgan vaqtga 3 daqiqa qo‘shgan holda ketma ket jo‘natilishi mumkin.
Xar bir jo‘natilayotgan poyezd vaqtini poyezdlar harakati jurnaliga yozib boriladi va barcha yozuvlarning tagida “Barcha belgilangan aloqa va signalizasiya vositalari uzilgan” deb belgi qo‘yiladi, ularning ishi yo‘lga qaytadan yo‘lga qo‘yilgach “Poyezdlar harakati ... (aloqa va signalizasiya turi ko‘rsatiladi) bo‘yicha yo‘lga qo‘yildi” deb belgi qo‘yiladi. Bunday yozuvlarni olib borilishi SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari tiklangandan so‘ng peregonlarning bo‘sh yoki bandligini aniqlashning imkoniyati mavjud bo‘lsin.
SMB qurilmalarining normal ishlash sharoitlari tiklangandan so‘ng ular bo‘yicha harakatni davom ettirish poyezd dispetcherining poyezdlar harakati va manevr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma talablariga mos bo‘lgan buyrug’i bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yozma xabarnomalar orqali yoki poezd peregonni bosib o’tishi uchun tayinlangan vaqtni taqsimlash usuli bilan poezdlar harakati, peregonni chegaralovchi stansiyalar navbatchilari o’rtasida poezdlar harakati to’g’risidagi so’zlashuvlarni ularning ixtiyorida bo’lgan biron bir aloqa vositasi orqali amalga oshirishning iloji bo’lmasa, belgilanadi.
Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamaganda stansiya navbatchisi tomonidan mashinistga beriladigan, diagonali bo’ylab ikki qizil tasmali oq blankdagi ruxsatnoma (DU-56 shaklidagi blank -__betda keltirilgan) poezdga peregonni egallash xuquqini beradi.
Bunda, agar ilgari jo’natilgan poezdning qo’shni stansiyaga yetib borganligi to’g’risida ma'lumot bo’lmasa, avval jo’natilgan poezdning ort qismi muhofazalanmagan bo’lishi mumkinligi sababli mashinist peregon bo’ylab o’ta ehtiyotkorlik va darhol to’xtashga tayyor holda harakatlanishi lozim.
Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa vositalari ishlamaganda quyidagi poezdlarni jo’natish taqiqlanadi:

  1. 1 klassli xavfli yuklar (VM), nogabarit yuk ortilgan, birlashtirilgan, og’irligi va

uzunligi oshirilgan, shuningdek bir mashinist tomondan xizmat ko’rsatiladigan poezdlar;

  1. peregonda ishlash uchun to’xtaydigan, ammo tiklash va o’t o’chirish poezdlari va

yordamchi lokomotivlar bundan mustasno;
v) peregondagi to’xtash yo’lga borayotgan.
Suruvchi lokomotivlar peregonning boshidan oxirigacha harakatlanib qo’shni stansiyagacha borishi shart.

Yüklə 22,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə