Barcha signalizatsiya va aloqa vositalari ishdan chiqqanda poyezdlar harakatini tashkil etish


"_____ stansiyalar o’rtasidagi peregonda poezdlar harakati aloqaning _______ turi bo’yicha o’rnatiladi



Yüklə 22,15 Kb.
səhifə5/5
tarix29.11.2023
ölçüsü22,15 Kb.
#142819
1   2   3   4   5
ur lab 1

"_____ stansiyalar o’rtasidagi peregonda poezdlar harakati aloqaning _______ turi bo’yicha o’rnatiladi.
Siz tomondan oxirgi bo’lib № ______ poezd keldi. Siz tomonga №_____ poezd jo’natildi. DSP _____".
Peregonning bo’sh ekanligiga ishonch hosil qilgan qo’shni stansiya navbatchisi quyidagacha javob qaytaradi:
"Siz tomondan oxirgi bo’lib №_____ poezd keldi. Siz tomonga №______ poezd jo’natildi, peregon bo’sh. DSP_____".
Ushbu telefonogrammalar bilan almashgandan so’ng ikkala stansiya navbatchilari asosiy signalizatsiya va aloqa vositalari bo’yicha poezdlar harakatiga rahbarlik qilishga kirishadilar.
IKKI YO’LLIK PEREGONLARDA POEZDLARNING
HARAKATLANISH TARTIBI
Ikki yo’llik peregonlarda signalizatsiya va aloqaning barcha turlari ishlamaganda, poezdlar to’g’ri yo’ldan ular peregonni bosib o’tishi uchun zarur bo’lgan jadvaldagi vaqtga uch minut qo’shib hisoblangan vaqt bo’yicha taqsimlab, yuboriladi, agar aloqa ishlamagan vaqtda blokirovka tegishli yo’nalishga o’rnatilgan bo’lsa.
Agar stansiya navbatchisi aloqa va signalizatsiyaning barcha turlari ishlamay qolgan vaqtdan oldin qo’shni stansiyadan noto’g’ri yo’l bo’ylab poezd jo’natilishiga ruxsat bergan bo’lsa, bu poezd stansiyaga yetib kelganidan so’ng, to’g’ri yo’l bo’ylab birinchi poezdni jo’natishdan ilgari stansiya navbatchisi peregon qarama-qarshi yo’nalishdagi poezdlardan bo’sh ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Stansiyalar o’rtasida aloqa uzilgunga qadar peregonning alohida punktlari sifatida faoliyat yuritgan yo’l postlari mavjud bo’lsa, ushbu postlar aloqa uzilganda ham faoliyat yuritaveradilar.
Bunday holatda poezdni jo’natishda stansiya navbatchisi ilgari jo’natilgan poezd jadval bo’yicha yo’l postiga yetib borishi uchun zarur vaqtga uch minut qo’shib hisoblangan vaqt o’tgunicha kutadi va poezdga faqat birinchi yo’l postigacha harakatlanish xuquqini beruvchi ruxsatnoma taqdim etadi.
Tiklash poezdi (o’zi yurar maxsus harakat tarkibi), o’t o’chirish poezdi yoki yordamchi lokomotivni yuborish xaqida talab qabul qilinib, uni noto’g’ri yo’nalishdan jo’natish zarur bo’lsa, stansiya navbatchisi ushbu yo’lning (stansiyadan yordam jo’natilayotgan joyga qadar) bo’sh ekanligiga ishonch hosil qilishi shart.
Tegishli signalizatsiya va aloqa vositalarning faoliyati tiklangandan so’ng, poezdlarning ushbu aloqa turlari bo’yicha harakati poezd dispetcherining buyrug’i, dispetcherlik aloqasi bo’lmagan holda esa, har bir stansiya tomonidan unga to’g’ri hisoblangan yo’l bo’ylab tiklanadi.
Yüklə 22,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə