Barcha signalizatsiya va aloqa vositalari ishdan chiqqanda poyezdlar harakatini tashkil etish


BIR YO’LLIK PEREGONLARDA POEZDLARNING



Yüklə 22,15 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü22,15 Kb.
#142819
1   2   3   4   5
ur lab 1

BIR YO’LLIK PEREGONLARDA POEZDLARNING

HARAKATLANISH TARTIBI


Barcha turdagi signalizatsiya va aloqa ishlamaganda toki yozma xabarnomalar bo’yicha harakat o’rnatilguncha, o’rtasida aloqa uzilgan stansiyalar bilan chegaralangan peregonga faqat bir yo’llik peregonlar uchun ustun hisoblangan toq yo’nalishda poezdlar jo’natilishi mumkin. Ustun yo’nalishga qarama-qarshi hisoblangan yo’nalish bo’yicha toki yozma xabarnomalar bo’yicha aloqa o’rnatilmaguncha poezdlarlarning birortasi jo’natilishi mumkin emas, quyidagi poezdlar bundan mustasno:

  1. jo’natilishiga aloqa uzilishidan avval ustun yo’nalish stansiyasidan ruxsat (yarim avtomatik blokirovkada rozilik blok-signali, telefon aloqasida poezd telefonogrammasi, elektrjezl tizimida peregonning chiqarilgan jezli) olingan poezdlar. Bu istisno ikki tomonlama blokirovkali bir yo’lli peregonlarga tatbiq etilmaydi;

  2. yordam yuborish to’g’risida peregondan qabul qilingan talab asosida jo’natilayotgan tiklash, o’t o’chirish poezdlari yoki yordamchi lokomotiv.

Ustun yo’nalishli va shuningdek ustun yo’nalishga qarama-qarshi yo’nalishli stansiya navbatchisi, peregondan yordam ko’rsatish xaqida talabni qabul qilganidan so’ng, tiklash, o’t o’chirish poezdlari yoki yordamchi lokomotivni jo’natishni, mashinistga ushbu Yo’riqnomaning 7-bobi talablariga muvofiq, oq rangdagi dioganali bo’yicha qizil tasmali ruxsatnomani taqdim etish bilan tashkil qiladi.
Yo’llarining biri aloqa uzilgunicha yopilgan ikki yo’llik peregonda toki yozma xabarnomalar bo’yicha harakat o’rnatilmaguncha birinchi bo’lib faqat, qolgan amaldagi yo’l uchun ikki yo’llik harakatda to’g’ri hisoblangan yo’nalishdagi poezd jo’natilishi mumkin.
Peregon ikki tomonlama avtoblokirovka bilan jihozlanmagan bo’lsa, ustun yo’nalishdagi birinchi poezdni jo’natish uchun qo’shni stansiya navbatchisining ruxsati talab qilinmaydi.
Ikki tomonlama avtoblokirovka bilan jihozlangan bir yo’llik peregonda stansiya navbatchisi peregon qo’shni stansiyagacha masofada bo’sh ekanligiga ishonch hosil qilganidan va bir vaqtning o’zida qo’shni stansiya navbatchisiga poezdlar harakati keyingi tartibi to’g’risidagi xabarnomani yetkazgandan so’nggina ustun yo’nalishdagi birinchi poezd jo’natilishi mumkin. Peregonning bo’shligini tekshirish xaqida poezdlar harakati jurnaliga tekshiruvni amalga oshirgan xodimning familiyasi va tekshirish usuli ko’rsatilgan qayd kiritiladi.
Signalizatsiya va aloqaning barcha turlari ishlamaganda peregonga tiklash poezdi (o’zi yurar maxsus harakat tarkibi), o’t o’chirish poezdi yoki yordamchi lokomotivni ustun yo’nalishda ham, qarama-qarshi yo’nalishda ham jo’natishga ruxsat etiladi, ammo bundan avval peregonda to’xtab qolgan poezdning mashinistidan yoki yo’l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta'minoti xizmati xodimidan tegishli talab qabul qilinishi shart. Bunda, peregon avtomatik blokirovka bilan jihozlangan bo’lsa, yordam to’g’risida talab qabul qilgan stansiya navbatchisi tiklash poezdi yoki lokomotivni yuborishdan avval stansiya bilan yordam jo’natilayotgan joy orasida boshqa poezdlar yo’qligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Stansiyalar o’rtasida yozma xabarnomalarni jo’natish signalizatsiya va aloqaning barcha turlari ishlamagandan so’ng peregonga jo’natiladigan birinchi poezd bilan boshlanadi.
Bunda yetakchi lokomotivning mashinistiga peregonni egallash xuquqini beruvchi diagonali bo’ylab ikki qizil tasmali oq blankdagi ruxsatnoma beriladi. Bundan tashqari, ushbu poezd mashinisti bilan qo’shni stansiyaga poezdlarning keyingi harakat tartibi to’g’risida oq rangda maxsus blankdagi (DU-55 shaklidagi blank __-betda keltirilgan), quyidagi shakllardan biri bo’yicha to’ldirilgan yozma xabarnoma yuboriladi:


  1. Yüklə 22,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə