O„zbekiston respublikаsi oliy vа o„rtа mаxsus tа‟lim vаzirligi buxoro davlat universiteti tahirov Behzod Nasriddinovich axborot xavfsizligi asoslari


Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya



Yüklə 2,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/107
tarix21.10.2023
ölçüsü2,85 Mb.
#129573
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107
rasmcha

Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya 
Biometrik parametrga asoslangan autentifikatsiya usulida biometrik parametr 
insonning uzi uchun kalit sifatida xizmat qiladi. Juda ham ko‗plab biometrik 
parametrlar mavjud, masalan, barmoq izi, yuz tasviri, ko‗z qorachigi, ovoz, xarakat 
tarzi, qulok shakli, qo‗l shakli va xak. Biometrik parametrlarga asoslangan 
autentifikatsiya usuli amalda keng qo‗llaniladi. Masalan, ko‗p qavatli uylarni kirish 
eshiklarida yoki tashkilotlarga kirishda barmoq iziga asoslangan autentifikatsiya 
usuli, noutbuklarda va mobil telefonlarda yuz tasviriga asoslangan yoki barmoq 
iziga asoslangan autentifikatsiyadan keng qo‗llaniladi (3.4-rasm). 
Barmoq izi Yuz tasviri Kuz korachigi Ovoz 
3.4-rasm. Biometrik na‟munalarga misollar 
Axborot xavfsizligi soxasida biometrik parametrlar parollarga karaganda yuqori 
xavfsizlikni ta‘minlovchi alternativ sifatida qaraladi. Biometrik parametrlarga asoslangan 
autentifikatsiya usuli quyidagi xususiyatlarga ega: 
- biometrik parametrga asoslangan usul o‗zida esda sakdash va birga olib yurish 
zaruriyatini talab etmaydi; 
- biometrik parametrga asoslangan autentifikatsiyani amalga oshirish parolga 


83 
asoslangan usuldan qimmat va tokenga asoslangan usuldan arzon hisoblanadi (ba‘zi, 
istisno xolatlar mavjud); 
- biometrik parmetrni almashtirish imkoniyati mavjud emas, Ya‘ni, agar 
biometrik parametr qalbakilashtirilsa, U xolda autentifikatsiya tizimi shu foydalanuvchi 
uchun to‗liq buzilgan hisoblanadi; 
- turli biometrik parametrlarga asoslangan autentifikatsiya usullari insonlar 
tomonidan turli darajada qabul qilinadi. 
Autentifikatsiya soxasida foydalanish uchun ideal biometrik parametr quyidagilarni 
qanoatlantirishi shart: 
- universal bo‗lishi - biometrik parametr barcha foydalanuvchilarda bo‗lishi 
shart; 
- farqli bo‗lish - tanlangan biometrik parametr barcha insonlar uchun farq qilishi 
shart; 
- o‗zglik 
- tanlangan 
biometrik 
parametr 
vaqt 
o‗tishi 
bilan 
o‗zgarmayarmas qolishi shart; 
- to‗planuvchanlik - fizik xususiyat osonlik bilan to‗planuvchi bo‗lishi shart. 
Amalda fizik xususiyatni to‗planuvchanligi, insonning jarayonga e‘tibor berishiga ham 
bog‗lik bo‗ladi. 
Biometrik 
parametr 
nafaqat 
autentifikatsiya 
masalasini yechishda 
balki, 
identifikatsiyalashda ham keng qo‗llaniladi. Ya‘ni, ―Siz kimsiz?‖ degan savolga javob bera 
oladi. Masalan, BI da jinoyatchilarga tegishli barmoq izlari bazalari mavjud. Ushbu bazada 
barmoq izlari (barmoq izi tasviri, foydalanuvchi nomi) shaklida sakdanadi va bu orqali 
biror insonni jinoyatchilar ro‗yxatida bor yo‗qligini tekshira oladi. Buning 
uchun, tekshiriluvchi insondan barmoq izi tasviri olinadi va u RV1 bazasida mavjud bo‗lsa, 
u xolda tekshiriluvchi insonning nomi barmoq izi tasviriga mos foydalanuvchi nomi bilan 
bir xil bo‗ladi. 

Yüklə 2,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə