Tayanch so`zlar:
Bolalar va oilaviy ertaklar, germanistika, "Xildebran
haqida qo`shiq", "Nibelunglar haqida qo`shiq", Olmoniya, portret, peyzaj,
natyurmort, illyustratsiya, Vil
dlar, Xassenpflug, Rojdestvo, Kassel, Nidertsveren,
xalq ijodi, og`
zaki bayon, grammatika, mifologiya.
Olimlar haqli ravishda, ilmiy tasavvurlarning rivojlanishida, falsafaning,
adabiyotning, musavvirlik san`atining, haykaltaroshlik, me`morchilik, musiqa,
teatr san`atlarining paydo bo`lishida, miflar o`ziga xos manba bo`lib xizmat
qilgan, deb ta`kidlashadi. Eng qadimgi ertaklarda turli xalq marosimlari,
an`analari, qabila urf - odatlari tasvirlangan. Yoxud ularning ibtidoiy miflar syujeti
(voqeligi) bilan bo
g`
liqligini kuzatish mumkin.
Vaqt o`tishi, kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan ertak, mif va afsonalarni
bolalar "o`zlashtirib" olishdi (yoki qachonlardir kattalar o`zlari uchun yaratgan eng
sara narsalarni kichkintoylarga taqdim qilishganidek), keyinchalik esa jahon
adabiyotining eng yorqin namunalari bilan bir qatorda "Robinzon Kruzo",
"Gulliver
", "Gargantyua" kabi asarlarni "o`zlashtirib" olishgan.
XIU - XV asrlarda G`arbiy Yevropa o`rta asrlardagi har qanday erkin fikrni
ta`qib etuvchi aqidalar zulmatidan xalos bo`lgan, madaniyat va san`atning gullab
-
yashnagan markaziga aylandi. Bu jamiyatda burjuaziyaning paydo bo`lishi hamda
shahar madaniyatining rivojlanishi bilan bog`
liq bo`lib, Renessans (Uy
g`
onish)
davri deb ataladi. Mazkur jarayonning asosi sifatida uning
g`oyaviy tayanchi
bo`lib, o`rta asrlarda inson shaxsining mustaqil rivojlanish qobiliyatiga ega
ekanligi, uning his-tuyg`ulari va fikrlari erkin bo`la olishi mumkinligi to`g`risida
mushohada yuritishning o`zi ta`qiqlab qo`yilgan davrdan keyin
-
yangi gumanizm,
ya`ni insonparvarlik (lotinchadan humanus
-
inson)
g`oyasi paydo bo`ldi.
"Uyg`
onish" deb nomlanishning o`ziyoq insoniyat qadim zamonlardan
buyon yig`ib kelgan barcha yorug` taassurotlarini rad etib, ko`p asr davom etgan
qora tundan keyingi tong – yorug`likka qarab intilishi ma`nosini bildiradi, ya`ni,
antik davr me`rosiga qayta qiziqish uy
g`onganligi ifodasidir.
Buyuk nemis faylasufi Immanuil Kantning: "O`z aql
- idrokingdan
foydalanishga jasurlik top!", - degan xitobi, mavjud ijtimoiy munosabatlardan
xalos bo`lishga, falsafa, ilm-fan, adabiyot va san`atning din homiyligidan
chiqishga shior bo`lib xizmat qildi.
Aynan bolalar adabiyoti, dastlab, didaktik adabiyot namunasi sifatida XVII
- XVIII asrlarda paydo bo`ldi. Lekin asta-
sekin bu adabiyot o`zining betakror
ko`rinishlari orqali nasihatomuz qoliplardan chiqa oldi. Bolalarga mo`ljallangan
asarlar mualliflari, eng avvalo, o`z mamlakatlarining xalq o
g`
zaki ijodiga
murojaat
qilishdi. Masalan, Sharl' Perro birinchi bo`lib kichik kitobxonlarning qo`ligà
fol'klordan oziqlangan va badiiy sayqal berilgan eng yaxshi adabiy ertaklarni
taqdim etdi. Negaki, asar xalq ijodi zaminiga tayangan bo`lsa
-da, adabiy ertak
xususiyat
larini o`zida to`la saqlab qolgan.
XIX asr romantiklarining faoliyati keng kitobxonlar ommasiga xalq og`
zaki
ijodi va har bir xalqning milliy-adabiy manbalarini ochib berdi. Jumladan, bu
bolalar adabiyotining rivojlanishiga ham o`z ta`sirini ko`rsatib, aka
-uka Grimmlar,
X.K.Andersen va boshqa ko`pgina ijodkorlarning adabiy hamda xalq ertaklari
to`plamlari paydo bo`lishiga turtki bo`ldi. Natijada kichik kitobxonlar endilikda
ham kitob, ham o`z tengqurlari hayoti aks ettirilgan badiiy tasvirlarni qo`liga ola
boshladi. Binobarin, bolalar adabiyoti "katta" adabiyotning mustaqil tarmog`iga
aylanib borayotgan edi.
Romantizm insonninng ruhiy rivojlanishdagi o`z
-
o`zini anglash davri
bolalikda kashf etilishini ochib berdi. Romantiklar asarlarida bolalik insonning
o`zidagi bebaho ichki olam sifatida, shuningdek, teran mohiyati va ajoyibotlari
bilan kattalarni ham o`ziga rom etuvchi davr tarzida talqin qilinadi. Katta yoshlik
esa xuddi eng samimiy va bolalarcha beg`uborlik tark etilgan davr sifatida
yoritiladi. Shuni tan olish kerakki, romantizm nafaqat bolalikni kashf etdi, balki
uni eng sof mukammallik namunasi hamda mehr - shafqat timsoli sifatida insonga
me`ros qilib qoldirdi.
Realistik tamoyillarning rivojlanishi, ruhiyatshunoslikning chuqurlashishi
bilan bolalar adabiyotida keng qamrovli, ko`p qirrali bolalik obrazi
mustahkamlandi. Bunda yozuvchilar insoniyat rivojlanishining ib
tidolarini, yosh
inson xarakterining tub-tubiga etib, bola ichki dunyosining murakkabliklariga asta-
sekinlik bilan kirib borib, uning mutanosiblikda va ziddiyatlarda, hayotning yorqin
hamda qorong`u ham qayg`uli onlarining kurashlarida shaxs sifatida shakllanishini
ochib berishdi. Eng yaxshi yozuvchilar ijodini aniqlovchi asosiy vosita bu
bolalikka ishonch, ulg`ayib kelayotgan insonga hurmat, unda rivojlanishning bor
imkoniyatlarini, sarchashmalarini hamda asosiy omillarini ko`ra olish
qobiliyatining borligidir.
XX asr o`zining revolyutsiyalari, urushlari, keskin ijtimoiy muammolari, o`tkir
ziddiyatlari, siyosiy qarashlari bilan bolalar adabiyotini ham o`zgartirib yubordi.
Dunyoning dahshatlari kichik kitobxon asari sahifalariga kirib bordi. Ularni
ng
qahramonlari -
ijtimoiy jonzotlar, ular o`z holicha insonga nisbatan qilingan
vahshiylikka qarshi borishadi, o`zlarining do`stlikka, muhabbatga bo`lgan
huquqlarini talab qilishadi hamda kattalarni ularni tushunishlariga chaqirishadi.
Zamon muammolari nafaqat realistik asarlarga, balki ertaklarga ham kirib bordi.
Ular janriy xususiyatlaridan ozgina chekingan bo`lsalar
-da, hamon yaxshilik-
yovuzlik ustidan
g`
alaba qozonishiga umid bo
g`
ashadi va shu yo`lda tinimsiz
ma`naviy kurashlar olib borishadi.
Ilmiy-
texnika revolyutsiyasi asri butun yer yuzidagi inson jamiyatiga
yashash uchun katta hayotiy zarurat
– Yerda hayotni saqlab qolish kabi muammoni
tug`
dirdi. Shuning uchun zamonaviy bolalar adabiyotida ekologik muammolar,
atrofimizni o`rab turgan olam, hayvo
not va o`simliklar dunyosi haqidagi kitoblar
salmoqli o`rin egallaydi. Barcha mamlakatlarning naturalist (tabiat haqida
yozadigan) yozuvchilari bolalarda tabiatga hamda barcha jonzotlarga nisbatan
ehtiyotkorona munosabat va ularga nisbatan muhabbat ruhini
tarbiyalash vazifasini
o`z oldilariga maqsad qilib qo`yishgan.
Bolalar adabiyoti bugungi kunda o`zining janriy va tematik xususiyatlari
jihatidan turli-
tuman, o`ziga xos tarzda shakllanib ulgurdi. Unga dunyoning eng
taniqli yozuvchilari o`z iste`dodlari
ni va faoliyatlarini bag`
ishlashgan. Chunki ular
insoniyat kelajagi o`sib borayotgan avlod qo`lida ekanligini yaxshi anglashadi...
Eng asosiysi, yosh inson adabiyot yordamida, fransuz shoiri Polya Elyuara ta`biri
bilan aytganda, o`zining dunyoqarashida "bi
r kishi ufqidan barcha kishilar ufqiga"
ko`tariladi. Binobarin, hozirgi zamon chet el bolalar adabiyoti quyidagi omillar
ta`sirida maydonga keldi, deyish mumkin:
1. Folklor asarlari hamda klassik yozuvchilarning avval kattalarga
mo`ljallangan, ammo vaqt o`tishi bilan bolalar kitobxonligi doirasiga kirib, kichik
kitobxonga so`zlab berish uchun hikoya tarzida qayta ishlangan asarlari (qadimgi
yunon afsonalari, D. Defo, D. Svift, M. Servantesning romanlari).
2. Bolalar kitobxonligi doirasiga
qisqartmalarsiz va qayta ishlanmasdan kirgan
fol'klor hamda mumtoz asarlar (fol'klordagi erkalamalar, topishmoqlar, allalar,
shuningdek, V. Skott, Ch. Dikkens va boshqalarning asarlari).
3. Bevosita bolalarga mo`ljallangan asarlar.
Biz ba`zida
adabiy ijodga tirik asos bo`lgan narsa haqida mushohada qilib
ham o`tirmaymiz. Bu esa "so`z" edi. Ibtidoiy zamonda aytilgan "hikmatli so`z"
odamlar uchun "samo"dan kelgan belgi, "ilohiy ishora" sifatida namoyon bo`lgan,
qaysiki, bu hikmatlarni xotirada sa
qlash, uni avloddan avlodga etkazish mas`uliyati
paydo bo`lgan. Bu urinishlar dastlab, aytish mumkinki, sinkretik shaklda inson
bilan u ilohiylashtirgan tabiat kuchlari orasidagi bog`liqlikni aks ettiruvchi
marosim qo`shiq va raqslarida ifoda etilgan. Asta-sekin insonning mehnat faoliyati
davomida, uni tabiat ne`matlaridan foydalanishni o`zlashtirishi davomida hamda
hali o`zi ham atrof
-muhitda sodir bo`layotgan voqea-hodisalarni to`g`ri anglab
yetmagan, qanaqadir kuchlarni o`zicha his etib, uni inson qiyo
fasid tasavvur qilib,
ilohiylashtirib, g`ayritabiiy kuchlarga ega bo`lsa-
da, ammo o`zining intilishlari,
xatti-haraktlari bilan oddiy insonlarga juda o`xshab ketadigan, xudolar haqidagi
miflarni yaratganlar. Bu miflar avval toshlarga o`yilgan rasmlarda, idishlarda,
matohlarda aks ettirilgan bo`lsa, yozuv paydo bo`lishi bilan
- mixxat shaklida
sopolda (tablichkalarda), ierogliflar shaklida papiruslarda, terida, matohlarda
birinchi alifbolarning harflari bilan yozilgan. Bunga o`xshash ma`lumotlarni o`zida
aks ettiruvchi arxeologik qazilmalardan bizga nafaqat qadimgi tariximiz haqidagi
dalillar, balki badiiy adabiyotning eng yuqori xususiyatlariga ega bo`lgan asarlar
orqali ham ayon bo`ladi. Aytish mumkinki, aynan shu manbalar jahon
adabiyotining shakllanis
h jarayoniga o`z hissasini qo`shgan.
Qadimgi tarixning buyuk sivilizatsiyalaridan (eramizdan avvalgi 4
-3
asrlarda) shumer, assiri, Misr, qadimgi yahudiy va forslardan bizgacha yetib
kelgan buyuk asarlar hozirda insoniyat madaniyatining nodir durdonalari
ga
aylangan. qadimgi rus tarixining buyuk tadqiqodchisi, akademik N.I.Konrad
ta`kidlaganidek, adabiyotning paydo bo`lishi insonyat olamidagi o`ziga xos hodisa
sifatida va rivojlanishida Gilgamish haqidagi epos, Injildagi tafsilotlar, qadimgi
yahudiylar poe
ziyasi, "Mahabxorat" yoki "Iliada" matnlari katta "chashma" bo`lib
xizmat qilgan. "Qadimgi Eski dunyo,
-
deb yozadi olim,
- yangi adabiyot uchun
birinchi manba bo`lib xizmat qilgan". Shunday qadimgi asarlardan ko`pchiligi,
aniqrog`
i, ularning epizodlari bolalarga ham so`zlab berilgan. Aytaylik, qadimgi
afsonalarning bolalar kitobxonligida L. Tolstoy tomonidan qayta so`zlangan
matnlari, chunonchi, assiriya ("Assiriyalik podsho Asarxadon"), hind ("Ikki
og`
a"), yunon ("Yetti yunon donishmandi"), rim afsonalari ("Qanday qilib
g`
ozlar
Rimni saqlab qolishdi") keng tarqalgan. Hozirgi zamon bolalar kitobxonligida R.
Rubenshteyn, A. Makarova, A. Sizova, S. Shipovskiy va boshqa mualliflarlarning
ham shunday hikoyalari mustahkam o`rin olgan. Qadimgi hikoyalar syujetlari
yozuvchilarni bolalar uchun mumtoz asarlar yozishga qayta
- qayta ilhomlantirgan.
Birinchi sivilizatsiya hisoblanuvchi yozma yodgorliklarning bizgacha yetib kelgan
eng qadimgi manbaalari shumer dostonlaridir. Ular, shubhasizki, eramizdan
avvalgi
Ш
asrning birinchi yarmidà paydo bo`lgan. Arxeologlar tomonidan
topilgan sopolda mixxat bilan yozilgan taxtakachlardan (tablichkalardan) insoniyat
Gilgamish eposi orqali nafaqat Sharqning, balki butun dunyoning qahramonona
epik she`riyati namunasi bilan tani
shdi. Ta`kidlash joizki, bu asar Gomer
"Iliada"sidan ming yil avval erishilgan badiiy - falsafiy fikrlar cho`qqisidir.
Xudo qonidan va tuproqdan yaratilgan odamzot, ularga ilohiy kuchlar tomonidan
yog`dirilayotgan kulfatlar, insonning bu kuchlar qarshis
idagi ilojsizlikdan bir
umrlik qo`rquvi, "ilohiy tanglik davri" haqidagi hikoyalar juda nozik va mohirona
tasvirlangan. Voqea- hodisalar ritmik o`sishda, boblarning boshlanishi va oxiri
refren bilan birlashtirilgan. Asarning bosh qahramoni tengsiz
g`ayritibiiy kuchga
ega bo`lgan Gilgamish, og`
ir kulfatlarga mahkum etilgan xalqini, o`zining do`sti
Enkidu tomonidan ruhlantirilib, yovuzlik qarshi kurashga otlanadi. Do`sti
Gilgamishning o`limi uchun yig`lab, sahroga bosh olib ketishi lirik ifodalanadi.
Ieroglif
lar bilan yozilgan qadimgi Misrnig yozma yodgorliklari eng katta
miqdorni tashkil etadi. Bugungi kunda qadimgi Misr yodgoliklarining deyarli
barchasi papiruslarda, sag`analar hamda ibodatxonalarning devorlarida, maqbara
toshlarida yozib qoldirilgan yozuvla
r o`qilgan. Bular ichida miflar hamda duolar,
harbiy yurishlar tasvirlari, povestlar hamda sevgi lirikasi, sehrgarlar haqidagi
hikoyalar to`plamlari mavjud. "Injil" – g`
arb sivilizatsiyasining "kaliti". U ikki
qismdan tashkil topgan: eramizdan avvalgi asrl
arda yaratilgan qadimgi yoki
Tavrotdan hamda xristianlikning birinchi asrlarida yaratilgan Yangi Injildan. Injil
qo`lyozmalarining asl nusxalari bizgacha yetib kelmagan, uning eng qadimgi
ro`yxatlari O`lik dengiz
g`
orlaridan 1947 yillarda topilgan. Ma`lum
ki, Eski Tavrot
avval qadimgi yahudiy tilida yozilib, keyin yunon tiliga tarjima qilingan. Bu
tarjima ustida 70 Iyerusalimlik "kitobchilar" ishlashgan, uni yana "Septuaginta"-
"Yetmish kishining tarjimasi" deb ham atashadi. Oxirgisidan vizantiyalik
missioner-monaxlar Kirill va Mifodiylar-
Rus cho`qintirilishidan deyarli yuz yil
oldin, Tavrotni cherkovslovyan tiliga o`girishgan.
Yangi Tavrot, ya`ni Injil yunon tilida yozilgan edi. "Bibliya" so`zining
ma`nosi esa - yunonchada "Kitoblar" degan ma`noni anglatadi. Ular janrlari bir
necha turdan iborat bo`lgan asarlarni o`z ichiga oladi: bular ham pay
g`ambarlar
haqidagi oliy bilimlar, sevgining tantanali ovozi "qo`shiqlar qo`shi
g`ida", ham
urushlar bayoni, ham madhiyalardir. Xudo Madhiyasi “Injilda” inson madhiyasi
bilan -
buyuk Ilohiy mavjudot sifatida hamda Yer yuzidagi barcha ishlari uchun
mas`ul javobgar sifatida uyg`unlashib ketgan. O`tgan asrlarda ruhoniy
P.Vozdvijenskiyning "Injil bolalar uchun hikoyalarda" deb nomlangan kitobi juda
mashhur edi. Mual
lifning o`zi bunga shunday ta`rif beradi: "Men Yangi va Eski
Tavrotning barcha voqealarini juda oddiy bolalar tilida so`zlashga harakat qildim,
bu kitobni o`zlari o`qishadimi, yoki unga onasi, katta opasi yoki o`qimishli enaga
o`qib beradimi, uni farqi yo`q, eng asosiysi, bolalar eng kichik yoshlaridan
o`zlarining toza va be
g`
ubor qalblari bilan o`zlari so`zlangan hikoyalarning
mazmunini tushunib, anglab olishsin".
Eramizdan avvalgi birinchi yuz yillik boshlarida, o
g`
zaki manbalar an`ana
bo`lib, qadimgi h
ind eposidek ajoyib san`at asarlari "Mahabxorat" va "Ramayana"
yaratilgan deb hisoblashadi olimlarimiz. Yevropada bu haqda ikki yuz yildan sal
avvalroq: 1785 Ost -
hind savdo kompaniyasining xizmatchisi, hind poeziyasi va
falsafasining bilimdoni Charlz Uilk
s, "Mahabxorat"ning ayrim parchalarini
sanskritdan ingliz tiliga tarjima qildi. Deyarli shu tarjima bilan birga rus tilidagi
tarjimasi ham chop etildi. Antik adabiyotning ilk davri "Iliada" va "Odisseya"
dostonlari bilan boshlanadi. Bu asarning dunyo adabiyotining va keyingi
san`atlarning rivojiga ta`siri beqiyos. Ularning muallifi VIII asrda yashab o`tgan
ko`zi ojiz qo`shiqchi Gomer hisoblanadi. Yunon eposi syujeti asosiga Troya urushi
qo`yilgan. Qadimgilar nazdida bu buyuk voqea edi. "Iliada" urushning
faqatgina
bir epizodi
- buyuk qahramon Axillesni Mikeniya podshosi Agomemnon
tomonidan haqoratlanishi va Axillesning qahr ustida Troya ustiga bostirib kelishi,
uni egallashi va qamali to`g`risida hikoya qilinadi. "Odisseya" Troyaning boshqa
qahramoni -Itaki podshosi Odisseyaning qaytishi va yo`lda shu bilan bog`liq
bo`lgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Rossiyada 1829 yili "Iliada"ning
N.I.Gnedich tomonidan va "Odisseya"ning V.Jukovskiy tomonidan yaratilgan
tarjimalari chop etilgan.
Xalq og`
zaki ijodining ajoyib yodgorliklari orasida "Shaxrizoda ertaklari"
eng oliy yodgorliklaridandir... Bu so`z ma`nosi? qadim o`tmishda to`qilgan; uning
ranginkamon rishtalari butun er yuzini, go`zal s
o`
z gilamlari bilan burkab
chiqqan", -deb ta`riflagan M. Gor'kiy "Ming bir kecha ertaklari"ni. Bu ertaklarni
o`qimagan yoki u haqda eshitmagan kishi bo`lmasa kerak. Bu go`zal ertaklar
olamida o`zini yengil sezadi inson. Bu ertaklarning mashhurligi bir necha asrlardan
buyon o`zgarmas. Bu ertaklarni nafaqat bolalar, balki
kattalar ham qo`ldan
qo`yishmaydi. G`
arb kitobxoni bu ertaklar bilan XVIII asrda fransuz A. Gallan
tomonidan t'arjima qilingach tanishdi.
Qadimgi nemis poeziyasi haqida qadimgi Rim yozuvchilari va keyingi davr yozma
yodgorliklari yordamida mushohada qili
sh mumkin. Rim tarixchisi Tatsita
tomonidan qadimgi olmonlarning jangovor va g`arbiy yurishlari haqida esga
olinadi. Bunga qadimgi olmon yodgorliklarining epik she`riyati, 800- yilga qadar
yozilgan "Xildebran haqida qo`shiq" asari misol bo`la oladi. "Qo`shiq"da (V
-VI
asrlarda) "xalqlarning buyuk ko`chishi" haqidagi voqealar tasvirlangan.
"Nibelunglar haqida qo`shiq" asari adabiy jihatdan XVIII asr boshlarida
qayta ishlangan, va albatta ritsarlar, saroy hayoti tavsilotlari, ritsarlik sha`niga
muhabbat bilan
xizmat qilish va unga sodiqlik motivlari yotadi. Lekin shu qolip
orasidan feodallikkacha bo`lgan davr olmon hayoti chizgilari bo`rtib chiqqan
hikoyalar asosida yosh, navqiron Zigfridning ajdarni engishi, Nebilunglar
xazinasini topishi, buyuk Ditrix Ber
nskiy va uning drujinasi haqidagi afsonalar
ham o`rin topgan. Agar folklor kattalar adabiyoti uchun birinchi navbatda mavzu,
syujet, janrlar manbai deb qaralsa, bolalar adabiyotida uning o`rni bu bilan
tugamaydi. Folklor asosida bolalar adabiyotining, bola dunyoqarashining paydo
bo`lishi hamda shakllanishida "uy" og`
zaki ko`rinishi paydo bo`lgan. Taxmin
qilish mumkinki, agar uyda, og`
zaki tarzda yaxshilik va yomonlik haqida, yovuz
va oq-qo`ngil ruhlar haqida, o`rta asrlar qahramonlari, yalmog`
iz va ajdarla
r
haqidagi yozma yodgorliklar avval og`zaki aytilib, o
g`
izdan
–og`
izga
ko`chmaganda edi, balki bizgacha bu xalq durdonalari yetib kelmagan bo`larmidi?
Vilyam va Yakobson Grimmlar "Bolalar va oilaviy ertaklar" to`plamining
so`zboshisida, bu dono an`anan
i baholay turib: "Bolalar ertaklari, bolalarga
samimiy, yumshoq va toza qalblardagi nur bilan hayotga eng birinchi his
–
tuyg`ularni hamda fikrlarni uyg`
otish maqsadida so`zlab beriladi. Lekin uning
oddiy poeziyasi har bir kishini xursand qilishi hamda to`
g`rilikka o`rgata olishi
mumkin, yana bir afzalligi, u uy devorlari ichida qolib, bir umrga me`rosga
aylanishi uchun ham bu ertaklarni oilaviy deb atadik", - degan edilar.
Olmoniyada Uyg`onish davri milliy madaniyatning shaxdam rivojlanishi
bilan belgilanadi. Kitob chop etishning yutuqlari antik davr shoir va
yozuvchilarining kitoblarini keng tar
g`ib qilishga imkon yaratib, jamiyatda
umuminsonoiy g`
oyalarni ilgari surdi. Nemis yozuvchilari, olimlari, rassomlari,
haykaltaroshlari: Til'man Rimenshneyder yo
g`
och haykaltaroshligi bobida o`zining
o`lmas asarlari bilan, Gol'beyn kichkina tasviriy san`at asarlari bilan, Al'brext
Dyurer
- rassom, olim, gravyurachi, shoir - Evropa madaniyati Uyg`onish
davrining yirik namoyondalaridan biri, tasviriy san`atning portre
t, peyzaj va
natyurmort janrlarini rivojlantirish bilan birga Injilga hamda Sebastian Brantning
"Axmoqlar kemasi" (1457
-
1521)asari
- satirik va didaktik "oyna" deb shon-
shuhrat qozongan asariga illyustratsiyalari bilan Renessans madaniyati xazinasiga
o
`zlarining ulkan hissalarini qo`shdilar. Nemis adabiyoti rivojiga hissa qo`shgan
buyuk shoir va yozuvchilar sifatida quyidagilarni sanab o`tish mumkin: Iogann
Vol'fgang Gyote, Iogann Xristof Fridrix Shiller, Lyudvig Tik, Axim fon Arnima va
Klemens Brentanolar.
Universitetni tugatgach Grimmlar Kasselga qaytishadi. Va shu yerda katta
bo`ron boshlandi: Napoleon armiyasi Olmoniyaga bostirib kirdi. Fransuz
hukmronligi - begona odamlar, begona urf-odatlar, shaharning har bir burchagidan
eshitilib turgan
begona so`zlashuv Olmoniyaga, uning tiliga, urf
-odatlariga,
tabiatiga, adabiyotiga mehr qo`ygan o`spirinlarni qattiq iztirobga solardi. O`z
vatani kishilarning so`ngan ruhiyatini ko`tarish, yurakni ezadigan sukunatga chek
qo`yish ilinji yosh olimlarni nem
is xalqi tarixi va adabiyotiga bo`lgan qiziqishlarini
yanada orttirdi. Aka-uka Grimmlar vaqtlarini kutubxonalarda o`tkarishdi. Ular
noyob qadimgi olmon manuskriptlarini (qo`lyozmalarni), masalan, nemis
adabiyotining birinchi yodgorligi "Xil'debran haqida qo`shiq" asarini o`rganib,
qadimgi nemis she`riyati to`plamlarini chop etishdi. Bu bilan ular xalq yuragining
tubida mudrab yotgan qadimgi hikmatlarni uyg`otish kabi maqsadlarini amalga
oshirishdi. Ammo bular faqat yozma manbalar bilan bo
g`liq edi. Ularni esa yana
yiroqroq manzillar
-
xalq qalbining tubi, zamonlarning eng qadimi qiziqtirayotgan
edi. Va ular folklorga murojaat qilishdi. Aka-
uka Grimmlar o`zlarining harakatdagi
faoliyatlari- ertaklar to`plash bilan mashg`ul bo`ldilar.
Birinchi mustaqil topilmalar 1807 yilga taalluqli bo`lib, ular kasseldagi ikki
oila: Vil'dlar va Xassenpfluglar bilan bog`liq. "Boshmaldoq - bola", "Aqlli
Gretel", "Navqiron Pahlavon", "Oq kabutar", "Mushuk va sichqonning do`stligi",
"It va chumchuq" kabi ertaklar Vildlar va
Xassenpfluglar oilasi a`zolarining
og`
zidan yozilgan to`plamlar sirasiga kiradi. To`plamlarning jamlanishida
o`zining katta qissasini qo`shgan dorifurush (aptekachi) Vil'dning beshinchi qizi
Ganriett Doroteya Vild, kelajakda Vilgelmning turmush o`rto
g`i
(Yakob umrining
oxirigacha ham uylanmagan) haqida albatta aytib o`tish joiz. Doroteyadan aka
-uka
Grimmlarga "Ganzel' va Gritel'", "Yerto`la Bekasi", "Kuylaydigan danakcha"kabi
erataklarni taqdim etdi. Askarlarning achinarli, nochor-kambag`allikdagi hayotlari,
kamsitilgan shaxsiyatlari haqida so`zlab beruvchi Grimmlarning qay
g`uli ertaklari
qariya Krauze bayonidan yozib olingan.
"Bolalar va oilaviy ertaklar" kitobining ukasi Lyudvig(1790
-
1863)
tomonidan illyustratsiyalar chizilgan nashri, kitobxonlar
qo`liga 20 dekabrda
Rojdestvo bayrami arafasida qo`lga kirdi va kitoblar qarindoshlar uchun eng katta
sovg`
a bo`ldi. To`plamning shubhasiz shon
-shuhrati aka-uka Grimmlarning keng
kitobxonlar ommasiga kitobning ikkinchi qismini ham to`plab, chop ettirishga
ruhlantirdi. Endi asosiy hikoyachi sifatida Kassel atrofidagi Nidertsveren
qishlog`
ida yashovchi Doroteya Fiman (1755
-
1815) ismli qiz aka
-ukalarga qirqqa
yaqin ertak tuhfa qildi. Hozirda Doroteya Fimanning uyi va pivoxonasi
qishloqchada uning do`stlari ja
miyati bilan gavjum (muzey sifatida). Ikkinchi kitob
nashrdan chiqqach, Grimmlar qo`lida yana anchagina ertaklar yig`ilib qoldi va ular
uchinchi kitobni bosmadan chiqarishni taxmin qilishdi, ammo keyinchalik
fikrlaridan qaytib, endilikda ikkinchi qismning keyingi nashrida yig`ilib qolgan
ertaklarni qo`shib chop etishni ma`qul topdilar. Hammasi bo`lib Grimmlar bisotida
200 dan ortiq ertak mavjud. Savol tug`iladi: aka-uka Grimmlarning ertaklari - bu
haqiqiy asarlarmi yoki shunchaki, xalq ijodi og`
zaki bayonining yozma
ko`chirmasimi? Javob murakkab va biryoqlama emas. Aka
-ukalar, ayniqsa,
Yakob, ertaklar o`z aslicha, xalqchil bo`lib qolishi tarafdori bo`lgan, toki ularning
qayta bayon etilishida, biror bir tuzatish kiritilmagan, zamonaviy ko`rinishda qayta
ish
lanmagan yoki o`z didi bilan yo`
g`rilmagan bo`lsin, degan fikrida qat`iy turgan.
Vil'gel'm olimdan ko`ra, ko`proq shoirtabiat bo`lgani uchun ertaklarga badiiy
sayqal berish tarafdori bo`lgan. Agar joiz bo`lsa, bu ikkifikrlilik juda foydali edi:
ularning sa
`yi harakatlari bilan Grimmlar ertaklari o`zining halqchilligini
yo`qotmagan holda muallif she`riy uslubining birligini saqlab qolgan. Keyin aka-
ukalar "Nemis grammatikasi"ni, nemis mifologiyasi maktabiga asos bo`lgan -
"Nemis mifologiyasi"ni chop etishadi. Umrlarining so`nggida aka-uka Grimmlar
Berlin universitetida ma`ruzalar o`qiydilar hamda nemis tili lu
g`
atini tuzish ustida
ishlaydilar. Ikki buyuk olim, tilshunos, adabiyotshunos, buyuk ertakchilar
o`zlarining umrlarini shu tariqa o`tkazishgan. German
istika maktabi asoschilari
hamda bolalarning eng mashhur yozuvchilarigà aylangan bu ikki buyuk shaxs
yashab o`tgan Kassil shahrida muzey tashkil qilinib, ularning shaxsiy buyumlari,
kitoblarining yuzdan ortiq dunyo tillariga tarjima qilingan nusxalari, uka
lari
Lyudvigning san`at asarlari ehtiyotkorona saqlanib kelinmoqda. Ularning asarlari
boshqa tillarga tarjima qilingandan keyin Yevropa bo`ylab sayohatni boshlab
yuborishdi: 1824 yilda fransuz tiliga tarjima qilindi, 1826 yilda fransuz tilidagi
nusxasi rus
kitobxonlariga yetib keldi (19 asr Rossiyada fransuz madaniyati,
tili va
adabiyoti ustuvor edi),
rus tiliga Pushkinning do`sti va ustozi V.A. Jukovskiy
tomonidan tarjima qilinib, "Bolalarning suhbatdoshi" ("Detskiy sobesednik")
jurnalida chop etildi.
Dostları ilə paylaş: |