so’z birikmasi
deyiladi.
Tobe bog’lanish yordamida shakllangan so’z birikmasida har doim ikkita
qism -
tobe
va
hokim
qism mavjud bo’ladi. So’z birikmasidagi ma’nosi
izohlanayotgan so’z
hokim (bosh) so’z
, uning ma’nosini ravshanlashtirib
kelayotgan, izohlayotgan, to’ldirayotgan so’z
tobe (ergash) so’z
hisoblanadi.
So’roq hamma vaqt hokim so’zga qarab beriladi, so’roqqa javob bo’lgan so’z
ergash(tobe) so’z hisoblanadi:
SHirinolma
(qanday olma?).
Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so’z va otlashgan taqlid
hamda undov so’zlar bilan ifodalansa,
otli birikma
hisoblanadi: balandbino,
asaldayshirin,
intizomda
birinchi, bolalarninghammasi, mendako’p, sengakerak,
to’plarninggumbur-gumburi, askarlarningurrasi.
Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllari
bilan ifodalansa,
fe’lli birikma
hisoblanadi: kitobni o’qish, ishni bajarib
, tez
kelgan.
So’z birikmalari tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1. Sodda so’z birikmalari
boshqa birikmalarga ajralmaydigan so’z
birikmalaridir (bunda yordamchi so’zlar ham ishtirok etishi mumkin): beshta
daftar, bugun keldi
, o’zining
uyi, shaharda yashaydi, akasi haqidaso’radi.
Ajralmas birikmalar, qo’shma so’zlar, iboralar qatnashgan biri
kmalar ham
sodda so’z birikmasi hisoblanadi: qilich bo’yin ot, borsa kelmas oroli, turib
javob bermoq.
2. Murakkab so’z birikmalari
tarkibida uchta va undan ortiq
mustaqil so’z qatnashib, shaklan kamida ikkita so’z birikmasidan iborat bo’ladi,
mazmunan esa bu so’z birikmalarini ajratib bo’lmaydi: g’ayratli
yosh bolalar,
yangi ommabop kitob, katta qora qo’y
, asfalьt yotqizilgan
keng ko’chalar, katta
mevali daraxt, bugun kelgan ishchilar
. Bunda sodda so’z birikmasi kengayadi.
Ayrim darsliklarda
Dostları ilə paylaş: |