O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/69
tarix29.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#141770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
1-kurs majmua

Umumiy tilshunoslik
barcha tillar bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni 
umumlashtiradi va turli tillarga tatbiq etiladigan nazariyani yaratadi. Umumiy 
tilshunoslikning maqsadi: 1) tilning tabiatini, mohiyatini aniqlash; 2) til haqidagi 
fanning sathlari
ni va ularni o‘rganuvchi sohalarni belgilash; 3) tillarning tasnifini 
yaratish; 4) lingvistik tahlil metodikasini ishlab chiqish va boshqalar.
Xususiy tilshunoslik
– 
alohida, ayrim til haqidagi fan; jumladan, o‘zbek 
tilshunosligi - 
o‘zbek tili haqidagi fan, qozoq tilshunosligi 

qozoq tili haqidagi fan, 
rus tilshunosligi – rus tili haqidagi fan va h.k.
O‘z
-
o‘zidan ayonki, har bir xususiy tilshunoslik ma’lum bir konkret tilga xos 
bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Nazariy tilshunoslik
til haqidagi naza
riyani o‘rgansa, 
amaliy tilshunoslik 
lingvistik bilimlarni amalda qo‘llash bilan shug‘ullanadi.
Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi «nutq
-
lison» tamoyilidan «lison
-nutq» 
tamoyili asosida ish ko‘rishga jadal o‘tmoqda. Boshqacha aytganda, o‘zbek 
substantsial tilshunosligi aniqlagan lisoniy umumiyliklarning nutqiy voqelanishini 
tekshirishga jiddiy kirishmoqda. Lisonning amaliy voqelanishi, undan amaliy 
foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi quyidagi zamonaviy yo‘nalishlar ish 
boshlamoqda: 
1. Sotsiolingvistika. 
2. Psixolingvistika. 
3. Pragmalingvistika. 
4.
Lingvokognitologiya. 
5. Lingvokul’turologiya. 
6. Neyrolingvistika. 
7. Kompyuter lingvistikasi. 
8. Korpus lingvistikasi. 
Til kishilarning o‘zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo‘lgan ehtiyoj
natijasida paydo bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. 
 


Til paydo bo‘lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi 
davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana b
oshlagan. Til jamiyat uchununing 
a’zolari bo‘lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa 
hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo‘lib, 
shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlani
b boradi.
Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog‘liq. Til 
bo‘lmasa, jamiyatning bo‘lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida 
jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo‘ls
hi mumkin 
emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shadi.
Shu munosabat bilan o‘tgan asrning 80-
90
-
yillaridagi o‘zbek tilining ahvolini eslash 
o‘rinlidir. Bu davrda o‘zbek tilining faoliyat ko‘rsatish doirasi juda tor
ayib, uning 
yo‘q bo‘lib ketish xavfi paydo bo‘ldi.
Ana shunda jamiyatimizning ilg‘ or vakillari ona tilimizni himoya qilib, 
uning taqdiri uchun qayg‘urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 
1989
-yil 21-
oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili 
maqomi berish haqidagi Qonun qabul 
qilindi. Aytish mumkinki, bu Qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo‘yilgan 
dastlabki qadamlardan biridir. 
Til jamiyatda quyidagi vazifalarni bajaradi:

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə