O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi f. I. Xaydarov n. I. Xalilova


Bob QOBILIYAT ……………………………………………..307



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/676
tarix09.02.2022
ölçüsü2,87 Mb.
#83635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   676
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim vazirligi f

3.Bob QOBILIYAT ……………………………………………..307 
Qobiliyat haqida tushuncha  
Qobiiyatlarning miqdor va sifat tavsifi  
Qobiliyatlar tasnifi  
Qobiliyatlar  tarkibi  
Qobiliyatlarning tabiiy asoslari  
Talantning paydo bo’lishi va rivojlanishi  
Qobiliyatlar borasidagi psixologik nazariyalar  
 
 
 


 

KIRISH 
 
"Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning maqsad  va  vazifalari, davlatimizning 
bu  borada  amalga  oshirayotgan  siyosati  zamonaviy  kadrlar  tayyorlash  tizimining 
tashkil qilishga yo’naltirilgan, Respublikamizdagi uzluksiz ta'lim tizimi strategiyasi, 
taraqqiyoti,  xalqimizning  boy  ma'naviy  merosi  va  umuminsoniy  qadriyatlari, 
madaniyat,  iqtisod,  fan-  texnika  va  texnologiyalarda  erishilgan  yutuqlari  negizida 
barcha  davlat  tuzilmalari  va  jamiyat  tashkilotlari  oldiga  oliy  pedagogik  maktablar 
shuningdek,  psixologiya  fanlarining  ham  pedagogik  kadrlar  tayyorlash  tizimi  va 
ta'lim  islohatlarini  hayotga  tadbiq  etishni  jonlantiruvchi  asosiy  vazifalarini  belgilab 
bergan. 
 
Aynan mazkur masalalarni keng doirada tadbiq qilish zamon talablariga javob 
bera  oladigan,  raqobatbardosh  kadrlarni  tayyorlashdan  iboratdir.  Albatta  buning 
uchun  insonlar  psixologiyasini  bilish,  ularda  kechadigan  psixologik  o’zgarishlarni 
anglagan holda yondashishni talab qilmoqda. Bu jarayonda o’z navbatida psixologik 
bilimlarga  bo’lgan  ehtiyojni  ortib  borishini  ko’rishimiz  mumkin.  Chunki  insonlar 
haqidagi  bilmlarni  qo’lga  kiritish  uchun  avvalo  psixologik  bilimlardan  xabardor 
bo’lishi lozim. Shu bois yozilgan darslik shaxs psixologiyasiga doir dastlabki bilim, 
ko’nikma va malakalarni tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi. 
 
Inson  psixologiyasini  bilish  asosida  shaxsni  shakllantirishga,  uning  ijtimoiy 
taraqqiyotini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratish mamlakatimiz taraqqiyotida muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  jarayonda  "Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"  o’ziga  xos 
uzluksiz  ta'limning  o’zbek  modeli  sifatida  keng  imkoniyatlar  yaratmoqda. 
Respublika Prezidenti I.A.Karimov tomonidan asos solingan mazkur  
modelning  diqqat  markazida  eng  avvalo  shaxsni  shakllantirish  va  uni  barcha  ta'lim 
islohotlarning  sub'ekt  sifatidagi  faoliyati  yotadi.  Zero,  mazkur  dasturning  hayotga 
tadbiq etilishining natijasi - bu  har jihatdan intellektual salohiyatga, ishlab chiqarish 
malakasiga  va  ijtimoiy-siyosiy  bilimlarga  ega  bo’lgan  shaxsdir.  Bu  ulkan  vazifani 
yechish  inson  omili  bilan  bog’liq  bo’lib,  bunda  psixologiya  fanlarining  alohida 
o’rni, salohiyati hamda ma'suliyati yaqqol sezilib turadi.  
 
Ayniqsa  respublika  mustaqillikka  erishgandan  so’ng  psixologiya  fanlariga 
e'tiborning  kuchayishi  bu  boradagi  ishlarni  rivojlanishiga  turtki  bo’ldi.  Shu  bois 
umumiy  psixologiya  fanidan  yozilgan  darslik  mazkur  masalalarni  o’zida  qamrab 
oladi. 

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   676




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə