O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 8,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/191
tarix19.12.2023
ölçüsü8,87 Mb.
#153515
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   191
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

Laboratoriya ishi №10
Mavzu:
MatCad dasturida ishlash
Ishning maqsadi:
MatCad
dasturi imkoniyatlari va dasturda ishlashni 
o’rgatish.
Masalaning qo’yilishi:
MatCad
dasturida oddiy va murakkab hisoblashlarni 
bajarib bilish, funktsiyalar bilan ishlap o’rganish, grafigini chizing, aninatsiya o’rnatib 
o’rganing.
Metodik ko’rsatma: 
Maruza matni va adabiyotlar
Mathcad paketi muxandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, 
u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning yordamida o’zgaruvchi va 
o’zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni echish, funktsiyalarni 
tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan echimlarni tahlil qilish uchun 


186 
jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni echish uchun o’z 
dasturlash tiliga ham ega.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’xshash. 
Mathcad ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel 
vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). 
Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom 
bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar 
paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini o’z ichiga oladi. 
Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir necha 
buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga 
olgan bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga 
joylashtirish uchun qo’llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning 
matematik panel vositalari ko’rsatilgan (1-rasm):
1-rasm. Mathcad paketi oynasi va uning matematik panel vositalari. Colculator 
(Kol’kulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – grafiklar 
shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni; 
Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish 
operatori; Colculus (Hisoblash) – differentsiallash, integrallash, summani hisoblash 
shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming 
(Dasturlashirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish opreatorlari; Greek 
(Grek harflari) - Symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar.
O’zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori ―:q ishlatiladi.
Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert Text Region 
(Qo’yish Matn maydoni) buyrug’ini berish yoki yaxshisi klaviaturadan ikkitali 
kavichka (―) belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma’lumotini kiritish uchun ekranda 
matn kiritish maydoni paydo bo’ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani 
yozish uchun matematik maydonni ham qo’yish mumkin. Buning uchun shu matn 


187 
maydonida turib Insert Math Region (Qo’yish Matematik maydoni) buyrug’ini 
berish kifoya.
Mathcadda foydalanuvchi funktsiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va 
uning effektivligini oshiradi. Funktsiya chap tomonda ko’rsatilib, undan keyin 
yuborish operatori (:q) va hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan 
o’zgaruvchi kattaliklari funktsiya parametri qilib funktsiya nomidan keyin qavs ichida 
yoziladi (3-rasm).
3-rasm. Hsoblashlarda foydalanuvchi funktsiyasini tuzish.
Ikki o’lchamli funktsiya grafigini qurish uchun quyidagi protseduralarni bajarish 
kerak.
1.Qaysi joyga grafik qurish kerak bo’lsa, shu joyga krestli kursor qo’yiladi.
2.Matematik panelining Graph (Grafik) panelidan x-y Plot (Ikki o’lchovli grafik) 
tugmasi bosiladi.
3.Hosil bo’lgan ikki o’lchamli grafik shabloniga abstsiss o’qi argumenti nomi, 
ordinata o’qiga funktsiya nomi kiritiladi.
4.Argumentning berilgan o’zgarish diapazonida grafikni qurish uchun grafik 
shabloni tashqarisi sichqonchada bosiladi. Agar argumentning diapazon qiymati 
berilmasa, u holda avtomatik holda argument diapazon qiymati 10 dan 10 gacha bo’ladi 
va shu diapazonda grafik quriladi


188 

Yüklə 8,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə