O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «tasdiqlayman»



Yüklə 488,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix08.05.2023
ölçüsü488,41 Kb.
#108950
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
portal.guldu.uz-Mikroiqtisodiyoit-kurs ishi

Ikkinchi bandda
 
odatda muayyan
 
mavzu bo„yicha o„rganilayotgan muammoning umumiy 
holatini tahlil etishga bag„ishlanadi. O„rganilayotgan ob‟ektning tashkiliy-iqtisodiy ko„rsatkichlarini 
tahlil etish etarlicha chuqur va maqsadga yo„naltirilgan bo„lishi, masalaga oid haqiqiy 
ma‟lumotlarga asoslanishi lozim. Ishda korxonaning oxirgi 3-5 yillik ma‟lumotlari tahlili asos qilib 
olinishi lozim.
Savollarning yoritilishi korxonaga oid umumiy ma‟lumotlar va uning tabiiy-ishlab chiqarish 
sharoitlarini tahlil etish bilan boshlanadi. Korxonaning hajmi, ishlab chiqarish salohiyati, 
ixtisoslashuvi, mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi kabi bir qator ko„rsatkichlarni tahlil etishda 
ularning real tabiiy va ishlab chiqarish sharoitlariga bog„liq holda ochib berish maqsadga muvofiq. 
Bunda keyingi yillarda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda yuz bergan o„zgarishlar, ularning 
iqtisodiy samaradorlikka ta‟siri, hozirgi kunda mavjud kamchilik va muammolar hamda ularni 
keltirib chiqargan sabablarga keng o„rin berish lozim.
Tahlillar olib borilgan ob‟ekt misolida ilmiy mavzu tahliliy-hisoblar, jadvallar, diagrammalar, 
grafiklar va chizmalar orqali ochib beriladi.
Uchinchi bandda
 
muallif tahlillar asosida mavzuni takomillashtirish bo„yicha takliflar va 
tavsiyalar ishlab chiqadi, ilgari surilayotgan takliflar amaliy jihatdan asoslanadi. 
Eslatma: 
Talaba fan-texnika va ishlab chiqarishning oxirgi yutuqlaridan boxabar bo‘lgan, 
zaruriy me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan, ishlab chiqarishni tashkil etish va ilg‘or 
texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan qurollangan, xo‘jalik yuritish tizimlari bilan 
yaqindan tanish bo‘lsagina ilmiy asoslangan xulosa va takliflar bera olishi mumkin.
Xulosa va takliflar
kurs ishining mazmuni bayon etilishini yakunlaydi. Unda talaba olib 
borgan ilmiy izlanishlarning natijalari umumlashtiriladi. Xulosa va takliflar aniq, qisqa va 
tushunarli tarzda bayon etilishi, faqatgina mavzuga oid masalalarni o„zida aks ettirishi lozim.
Xulosa va takliflar kurs ishining kirish qismida yoritilgan maqsad va vazifalarga to„liq mos 
kelishi hamda ish oldiga qo„yilgan vazifalar qanday echilganini ko„rsatishi lozim. Takliflar aniq 
natijalarga, tajribalarga asoslangan holda ko„rsatib berilishi, zaruriy hisob-kitoblar va ma‟lumotlar 
bilan mustahkamlanishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 488,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə