O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


O‘simlik to‘qimasi: qoplovchi, mexanik, asosiy, ajratuvchi, o‘tkazuvchi to‘qimalar



Yüklə 72,67 Kb.
səhifə3/34
tarix26.05.2023
ölçüsü72,67 Kb.
#113011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Экология ДАК Экология ва атроф мухит 4 курс 2021

O‘simlik to‘qimasi: qoplovchi, mexanik, asosiy, ajratuvchi, o‘tkazuvchi to‘qimalar .
Hosil qiluvchi to‘qima-meristema. Uchki, yon, bo‘g‘im oraliqlari meristemalari. Ularning o‘simlik tanasi bo‘ylab joyl;ashishi. Uning o‘simlik tanasi bo‘ylab joylashuvi. Birlamchi va ikkilamchi meristema.
Qoplovchi to‘qima. Uning ta’rifi, turlari va vazifalari. Birlamchi qoplovchi to‘qima (epiderma) va ikkilamchi qoplovchi to‘qima (periderma). Subirenning hosil bo‘lishi. Po‘stloq.
Mexanik to‘qima. Mexanik to‘qimaning xillari va ularning funksiyalari. Kollenxima va sklerenxima. Lub tolalari. Yog‘ochlik tolalari. Ularning o‘simlik organlarida joylashuvi.
Asosiy to‘qimalar. Asosiy (assimilyatsion, g‘amlovchi) to‘qimalar. Assimilyatsion to‘qima. Uning o‘simlik tanasida joylashuvi, tuzilishi va funktsiyasi. Hujayra tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari. G‘amlovchi to‘qimalar. Ularning o‘simlik organlarida joylashuvi, hujayralarining tuzilishi, ahamiyati.
Ajratuvchi to‘qimalar. Ularning tuzilishi, joylashishi, biologik ahamiyati. Ajralib chiqadigan moddalar guruhlari: efir moylar, fitonsidlar, kislotalar, sut shirasi, terpenlar, polisaxaridlar va boshqalar. Aerenxima – xavo o‘tkazuvchi to‘qimalar va ularning ahamiyati.
O‘tkazuvchi to‘qimalar. Umumiy tavsifi, xillari va ularnnng funktsiyalari.Ksilema va floemaning o‘ziga xos tomonlari, tarkibi, shakllanishi va funktsiyasi. O‘tkazuv nay bog‘lamlarning hosil bo‘lishi. Perforatsiyalar. Suv o‘tkazuvchi elementlarning filogenetik rivojlanishi.
Vegetativ organlar: ildiz, novda, kurtak, poya, barg .
Ildiz haqida tushuncha. Ildiz tizimi va ildizning morfologiyasi (asosiy, yon, qo‘shimcha ildizlar). Ildizning kelib chiqish evolyutsiyasi. Ildiz zonalari. Ildiz apeksi va qinchasining tuzilishi. Ildiz epidermasi va gipodermasi. Ildiz po‘stlog‘i va endodermaning tuzilishi. Ildizda peritsiklning va o‘tkazuvchi to‘qimarning markaziy o‘q atrofida joylashuvi. Yon va qo‘shimcha ildizlarning shakllanishi. Ildizning ikkilamchi yo‘g‘onlashuvi. Ildizlar metamorfozi.
Novdaning umumiy tavsifi. Novda apeksi va a’zolarining xosil bo‘lishi. Kurtak xaqida tushuncha. Kurtaklarning xosil bo‘lishi va joylashuvi. Vegetativ va generativ kurtaklar. Novdalar tizimi va butoqlarning shoxlanish xillari. Shoxlanish turlari, uning biologik va amaliy ahamiyati. Monopodial va simpodial shoxlanish. Butalarning shoxlanishi. Ko‘p yillik o‘tlarda novdalar tizimining hosil bo‘lishi Novdalar metamorfozi. Er ostki novdalar: ildizpoya, stolonlar, tuganaklar, piyozbosh.
Poyaning umummy tavsifi va ta’rifi. Poyaning asosiy funksiyasi. Novda apeksida meristemaning hosil bo‘lishi va joylashuvi. Poyaning morfologik va anatomik tuzilishi. Bir pallali o‘simlik poyasining tuzilishi. Ikki pallali o‘simlik poyalarining tuzilishi. Poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishi. Yo‘g‘onlashuv jarayoniga meristemalarning biologik ahamiyati. Yillik halqalar. Ko‘p yillik o‘simliklar poyasining himoyalanishida peridermaning ahamiyati. Poyaning birlamchi yo‘g‘onlashuvi va o‘sishi. Yillik xalqalar.
Bargning vazifasi, morfalogiyasi va anatomik tuzilishi. Bargning mezofilli, epidermasi, o‘tkazuvchi tizimi. Bargning nafas olishi. Fotosintez. Transpiratsiya. Oddiy va murakkab barglar. Barglarda tomirlanish. Barglarning uch kategoriyasi. Geterofiliya. Bargning kelib chiqishi va evolyutsiyasi. Bargning rivojlanishi, kurtak ichi va tashqarisidagi fazalari. Bargning uchki, chekka, yuza qismi orqali o‘sishi. Xazonrezgilik, uning mexanizmi va ahamiyati. Barg metamorfozi.

Yüklə 72,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə