O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, I. Xolismatov, M. R. Nurmatov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/188
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#156480
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   188
NEFT VA GAZ UYUMLARINI IZLASH VA QIDIRISH METODLARI дарслик

 
 


69 
Izlov quduqlarini joylashtirish sistemasi va miqdori 
Uyumlar va konlarni aniqlash maqsadida bajariladigan geologik-razvedka 
ishlari metodikasi kam sonli quduqlar vositasida masalaning hal qilinishini 
ta’minlashi kerak. 
Izlov burg‘ilashiga kiritilayotgan har bir maydonda istiqbolli jinslar 
komplekslarini o‘rganish maqsadida uchtadan ortiq bo‘lmagan izlov qudug‘ini 
rejalashtirishga va burg‘ilashga ruxsat etiladi. Har bir aniq vaziyatda burg‘ilash 
nuqtasi va quduqlarni joylashtirish sistemasi bashorat qilinayotgan tutqich turiga 
hamda uning geologik tuzilishiga bog‘liq holda tanlanadi.
Bitta izlov qudug‘ini qazishning asosiy metodik usullari: 
- braxiantiklinal va qubbasimon strukturalarning gumbazida; 
- tektonik buzilishlar bilan bo‘lingan istiqbolli maydonlarning ko‘tarilgan 
bloklarida; 
Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikkita izlov qudug‘ini burg‘ilash: 
- taxmin qilinayotgan gumbazning markaziy qismidagi kichik amplitudali 
strukturalarda va strukturalar kuchsiz ifodalangan zonada; 
- ko‘p qubbali ko‘tarilmadagi eng yirik gumbazda va gipsometrik yuqori 
joylashgan qubbada, shuningdek, qubbalar oralig‘idagi zona chegarasida 
strukturani neft yoki gazga to‘lganlik darajasini “kritik yo‘nalish” metodi bilan 
aniqlash maqsadida; 
- mahsuldor gorizontlar yuqoridagi va pastdagi strukturalar planlariga o‘zaro 
mos kelmagan sharoitlarda antiklinal burmalarning gumbazida “asosiy yo‘nalish” 
metodi bo‘yicha burg‘ilash. 
Qazilgan uchta bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan izlov qudug‘i bo‘yicha kesma 
chizig‘ini o‘tkazish: 
- braxiantiklinal strukturaning cho‘ziq tomoniga ko‘ndalang yo‘nalishda; 
- antiklinal burmalarning uzun o‘qi yo‘nalishi bo‘yicha; 
- struktura gumbazining chuqurlik bo‘yicha siljiganligi to‘g‘risida 
ma’lumotlar etarli bo‘lmaganda tor, chiziqsimon cho‘zilgan burmalarning 
uzunligiga diagonal yo‘nalishda; 


70 
- engsimon, delta va bar tipidagi litologik chegaralangan tutqichlarda neft va 
gaz uyumlarini izlash uchun regional cho‘kish hamda qatlamlarning cho‘ziqligi 
yo‘nalishlari bo‘yicha uchburchak to‘ri shaklida (egri-bugri, kesma ko‘rinishida) bir-
biri bilan bog‘liq bo‘lmagan uchta quduq qazish. 
“Uyum” turidagi anomaliya (UTA)lardagi izlov quduqlarini joylashtirish 
sxemasi ob’ektning maydoniga va chegarasiga bog‘liq bo‘ladi. Ob’ektning geologik 
tuzilishini tavsiflaydigan ma’lumotlar bo‘lmasa, birinchi quduq UTA maydonining 
markaziga joylashtiriladi. Ijobiy natijalar olinganda qolgan ikkita quduq UTA ning 
shaklini, o‘lchamini va birinchi quduqning sinash natijalarini hisobga olgan holda 
joylashtiriladi. 
Agarda birinchi uchta quduqda neft yoki gazning sanoat oqimlari bo‘lmasa 
(struktura planlari mos kelmasa, geologik tuzilishi taxmin qilinganidan 
murakkabroq bo‘lsa va b.) ajratilgan izlov qavatida izlov quduqlarini qazish 
masalasi “O‘zgeoburg‘ineftgaz” AK, “O‘zbekgeofizika” AJ va “IGiRNiGM” AJ 
lari tomonidan taqdim etilgan tegishli dalillarni va xulosalarni “O‘zbekneftegaz” 
AJda o‘rganib chiqish asosida hal qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə