s
},
bu ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiradi: davomiylik, mashina vaqti va
ishchilarning mehnat sarfi, qiymat ko‘rsatkichlari, sifat parametrlari va boshqalar.
Agar texnikaning bir-biriga yaqin sohalaridan tashkil topgan ishlab chiqarish
texnologiyalari formalizatsiyasi prinsiplariga murojaat qilsak (qurilish va kimyo
industriyasi, mashinasozlik, metallurgiya), u holda ularning strukturasida qurilish
texnologiyalariga o‘xshash jihatlarni ko‘rish mumkin. Texnologiya elementlari
deyarli o‘xshash, lekin ular orasidagi o‘zaro bog‘lanish kuchi va yaqinliligi bir xil
emas. Bu aloqa eng ko‘p darajada metallga ishlov berishda, mashinasozlikda
namoyon bo‘ladi, u yerda tayyorlanayotgan mahsulot (moddiy buyum) ishlov berish
jarayonida stanok (texnik vosita) bilan qattiq bog‘langan yoki yig‘uv jarayoni
konveyer liniyasida olib boriladi.
Qurilish ishlab chiqarishining asosiy xususiyati shundan iboratki, ko‘rsatib
o‘tilgan elementlar o‘rtasidagi bog‘lanishlar ko‘pchilik holatlarda zaifroq, noaniq
bo‘ladi, ba’zida esa umuman yo‘q. Bu dastlabki ma’lumotlarning ko‘p omilliligini,
yechimlarning turli variantli bo‘lishini keltirib chiqaradi.
Qurilish texnologiyalari parametrlar guruhi va omillar bilan tavsiflangan aniq
qurilish maydonchasida bajariladi. Ulardan eng asosiysi –
ishlarni amalga oshirish
sharoitlaridir
(iqlimiy, texnik, texnologik, muhandislik – geologik, hududiy va
boshqalar). Bu sharoitlarning yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz
{R} = {R
1
,R
2
,...,R
p
}
Jarayonlarning kechishi, shu jumladan qurilish – texnologik jarayonning (QTJ)
kechishi xarakat va vaqtdan ajralmasdir.
Vaqt omili
qurilish tizimi dinamikasini, turli
jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning bir-biri bilan va atrof muhit bilan o‘zaro
tasirini hisobga olish imkonini beradi. QTJ ning kechish vaqtini ifodalovchi
parametrlar yig‘indisini quyidagi tarzda belgilaymiz:
{T}= {T
0
,T
1
T
2
,...,T
t
}
Qurilish ob’ektida ishlarni amalga oshirishning aniq sharoitlarida QTJ ning
texnologik strukturasini (tuzilishini) vaqt shkalasiga bog‘lab qarab chiqish qurilish
texnologik jarayonining
tashkiliy-texnologik strukturasi
(TTS) tushunchasini
kiritishga imkon beradi. TTS ning modeli
m
OT
S
OT
—>S
T
• R• T
ifoda hisoblanadi yoki ifodani hisobga olgan holda qurilish texnologiyasi tuzilmasi
(strukturasi)ni
m
OT
S
0T
-> R •M•Q•L•K •R•T
ko‘rinishda ifodalash mumkin.
Taqdim etilgan model qurilish texnologiyalari elementlari orasidagi texnologik
va tashkiliy o‘zaro bog‘lanishlar yig‘indisi, ularning bir-biridan farqlanishi va
umumiyligini tushunish uchun katta ahamiyatga egadir. Tashkiliy-texnologik
struktura (tuzilishi)ni tuzish ob’ektni loyihalash va qurilish ishlab chiqarishini
tayyorlash bosqichlarida qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) hamda ishlarni
bajarish loyihasi (IBL) doirasidagi yechimlar asosida bo‘lishi kerak, ularning
mazmuni esa QMQlarda va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan.
22
Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ), Shaharsozlik normalari va qoidalari
(ShNK), loyiha – smeta hujjatlarini tuzish, sanoat va fuqarolik hamda qurilishning
boshqa turlarini amalga oshirish, binolar va inshootlar hamda ayrim konstruksiyalarni
ekspluatatsiya qilish va ularni ta’mirlash bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlar tizimidan
iborat. Bu me’yorlarga rioya qilish barcha loyihalash va qurilish tashkilotlari uchun
majburiydir.
1-qism. Tashkil etish, boshqarish, iqtisod. Umumiy masalalar, atamalar, binolar
klassifikatsiyasi.
2-qism. Loyihalash me’yorlari. Loyihalashning umumiy talablari, shu jumladan
poydevorlar, qurilish konstruksiyalari, muhandislik konstruksiyalarini hisoblashda.
3-qism. Ishlarni tashkil etish, ishlab chiqarish va qabul qilish. Qurilish-montaj
ishlarini amalga oshirish texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar, shu jumladan manfiy
temperaturalarda, cho‘kuvchan gruntlarda va seysmik ta’sir zonalarida.
4-qism. Smeta me’yorlari. Konstruksiyalar va ishlarning barcha asosiy turlariga
smeta me’yorlari keltirilgan, materiallar va buyumlar hamda konstruksiyalarning
smeta narxlarini tuzish va mexanizmlarning mashina-smena bo‘yicha ishlashi
yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.
5-qism. Moddiy va mehnat resurslarini sarflash me’yorlari. Ishlarni amalga
oshirishning rayonlar (tumanlar) bo‘yicha smetaviy narxlari.
Qurilish ishlab chiqarish texnologiyalari va qurilishni tashkil etish qoidalari
Qurilish me’yorlari va qoidalarining uchinchi qismida keltirilgan bo‘lib, bu qism
qurilish-montaj ishlarini bajarishga, ularni xavfsiz yuritishga hamda qabul qilishga,
qurilish mahsuloti sifatini nazorat qilishga doir barcha zaruriy ko‘rsatmalar va
talablarni o‘z ichiga olgan.
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqish, sifatni
nazorat qilish metodlari va vositalari ham Davlat standartlari (DSt) talablari asosida
tartibga solinadi. Davlat standartlari me’yoriy hujjatlarni chiqarish uchun javobgar
bo‘lgan olimlar, ishlab chiqaruvchilar va davlat muassasalari xodimlari jamoasi
tomonidan ishlab chiqiladi. DStlarni Qurilish vazirligi va Davstandart tasdiqlaydi.
Bundan tashqari me’yoriy hujjatlar toifasiga turli materiallarni tayyorlash va
ishlarni bajarish texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik shartlar (TSh) ham
kiradi va ular turli zavod tayyorlovchilar hamda qurilish-montaj tashkilotlari
tomonidan ishlab chiqiladi va yuqori tashkilotlar bilan kelishiladi.
Qurilishning texnik darajasi va ilg‘or tajribani o‘zlashtirish ortib borgani sari Qurilish
me’yorlari va qoidalari davriy ravishda qayta ko‘rib chiqiladi va yangilanadi.
Bino va inshootlarni muvaffaqiyatli qurish uchun qurilishni tashkil etish va
ishlarni bajarish bo‘yicha qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL), ishlarni bajarish
loyihasi (IBL) va texnologik xaritalar (TK) ko‘rinishida loyiha materiallari ishlab
chiqilib, ularda qurilish ishlarini bajarishni tashkil etish va texnologiyasining asosiy
masalalari bo‘yicha qarorlar (yechimlar) keltiriladi.
Asosiy loyiha tashkiloti loyihani ishlashning boshlang‘ich bosqichida QTEL ni ishlab
chiqadi. QTEL qurilishning qiymatini, uning davomiyligini asoslash bo‘yicha birlamchi
hujjat hisoblanib, qurilish texnologiyasi va qurilishni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Ishlarni bajarish loyihasi (IBL) QTEL da taklif etilgan asosiy yechimlar
23
(qarorlar)ni yanada mufassal ishlab chiquvchi hujjat hisoblanadi. Ishlarni bajarish
loyihasi qurilish-montaj ishlarini qiymati va mehnat sarfini pasaytirishga, qurilish
davomiyligini qisqartirishga, qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilashga imkon
beruvchi qurilish-montaj ishlarini bajarishning eng samarali metodlarini belgilab
beradi. Qurilish ishlarini ishlarni bajarish loyihasisiz amalga oshirish ta’qiqlanadi.
IBL qurilishni amalga oshiruvchi qurilish-montaj tashkiloti yoki ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
IBL ishlarni bajarishning ilg‘or metodlarini nazarda tutadi va qurilish ishlarini
bajarishni tezkor rejalashtirish, nazorat qilish va hisobga olish uchun dastlabki
material bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |