Jarayonlarining bajarilish muddatlari, ishlarning smenaliligi, ayrim
operatsiyalarning bajarilish davomiyligi
qurilish jarayonining asosiy vaqt
parametrlarini tashkil etadi. Qabul qilingan qarorlar jarayonni bajarishning taqvim
(kalendar) grafigi (ishlarni bajarish grafigi) ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Bunday
grafik ikki qismdan iborat: hisob-kitob va grafik. Hisob-kitob qismida bajariladigan
qurilish jarayonlarining nomlari, bajariladigan zarur ishlarlarning o‘lchov birliklari va
hajmlari, bu hajmlarga hisob qilingan ishchi va mashinalarning mehnat sarflari, qabul
qilingan yoki hisoblangan ishlarning smenaliligi, har bir jarayon bo‘yicha va butun
ish hajmlari yig‘indisi uchun ishlarning davomiyligini (soatlarda, smenalarda,
kunlarda) hisob-kitob qilish (hisoblash) natijasida olingan zveno yoki brigada tarkibi
keltiriladi.
25
Grafik qismida chiziqli shaklda vaqt miqyosida ayrim jarayonlarni bajarish
bo‘yicha qabul qilingan yechimlar (qarorlar), shuningdek ularni bajarishning o‘zaro
bog‘lanishi va birgalikda bajarilishi aks ettiriladi. Grafikda har bir jarayonning
boshlanishi va tugallanishi umuman olganda bu jarayonning davomiyligini
ifodalaydi. Birinchi jarayonni (operatsiyani) bajarishning boshlanishi bilan oxirgi
jarayonning tugatilishi o‘rtasidagi vaqt farqi ishlar grafigiga kiritilgan jarayonlar
majmuasining umumiy davomiyligini yoki mazkur bo‘linma (qamrov, seksiya, qavat,
bino)dagi ishlarni bajarish muddatlarini belgilaydi.
Bunday o‘zaro aloqalarning uchta turi ajratilishi mumkin (1.4-rasm):
ikki jarayon bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib ular bir-birining ketidan
izma-iz kelib chiziqli ketma-ketlikni hosil qiladi (1.4,a -rasm);
ikki jarayon umumiy dastlabki hodisaga va umumiy yakunga ega, ammo
berilgan intervalda o‘zaro bir qiymatli bog‘lanmagan va interval ichida parallel
ravishda bajariladi (1.4,b-rasm);
ikki jarayon umumiy dastlabki hodisaga va umumiy yakunga ega,
berilgan intervalda o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir-birini muvofiqlashtiradi va sinxron
parallel aloqani bog‘lanishni tashkil etadi (1.4,v-rasm).
Qurilishning zamonaviy konsepsiyasi asosida jarayonlar va ishlar majmualarini
maksimal darajada birgalikda bir vaqtda bajarish prinsiplari yotadi. Parallel ravishda
kechadigan jarayonlarni bajarish ularni muvofiqlashtirish hisobiga erishiladi. Bunda
ayrim jarayon- fragmentlarni chiziqli ketma-ketlikda va fragmentlar ichida xususiy
jarayonlarni parallel bajarilish kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin, bu ishlarni tashkil
etish sxemasi real qurilish loyihasiga mos keladi.
Qurilish jarayonlari yoki qurilish-montaj ishlari majmualarini bir-biriga
bog‘lanishiga ko‘ra qurilish ishlari mavjud bo‘lgan uch usuldan biri bo‘yicha amalga
oshirilishi mumkin: ketma-ket, parallel va oqim.
26
Ketma-ket usul har bir keyingi binoni barpo etish oldingisini qurilishi
tugagandan so‘ng barpo etishni nazarda tutadi. Qurilishning umumiy davomiyligi bir
binoni qurishga sarflangan vaqtni ushbu binolar soniga ko‘paytirilganiga teng bo‘lib,
ishlarni amalga oshirish uchun nisbatan kam sondagi ishchilar talab etiladi.
Parallel usul barcha binolarni bir vaqtda qurilishini nazarda tutadi. Barcha
binolarni qurishning umumiy davomiyligi bitta binoni barpo etish davomiyligiga
teng, biroq bunda bir paytda ishlash uchun ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj
m
marta (
m
–
qurilayotgan binolar soni) ortadi.
Oqim usuli yuqorida tavsiflangan usullarning afzalliklarini o‘zida
uyg‘unlashtirib
kamchiliklarini istisno qiladi. Oqim usulida qurilishning davomiyligi
ketma-ket usuldagiga qaraganda qisqaroq, biroq resurslarni iste’mol qilish jadalligi
ham parallel usuldagiga nisbatan kam bo‘ladi. Oqim usulining o‘ziga xos xususiyati
shundaki, binoni barpo qilish ishlari bir xil davomiylikka ega bo‘lgan bir nechta
tashkil etuvchi sikllarga bo‘linadi, ular har bir binoda turli vaqtlarda bajarilishi
mumkin, bu esa bir turdagi jarayonlarni ketma-ket va har turdagi jarayonlarni parallel
bajarishga imkon beradi.
|