32
Maydonni qurilishga tayyorlash bosqichida
tayanch geodezik rejalash asosi
yaratilishi kerak bo‘lib, uning asosiy vazifasi – binoning bo‘ylama va ko‘ndalang
o‘qlarini qurilish joyida bir-biriga bog‘lashdan iborat. Bu asos qurilishning barcha
bosqichlarida va u tugaganidan keyin ham geodezik ta’minotga xizmat qiladi hamda
zarur belgilarni elementar ravishda rejada ham, vertikal bo‘yicha ham topishga imkon
beradi. Rejalash uchun dastlabki material sifatida qurilish bosh rejasi, inshootning
ishchi chizmalari va rejalash chizmalari xizmat qiladi. Yer inshootlarining geodezik
rejalanishi qurilish bosh rejasi masshtabida tuzilgan qurilish maydoni geodezik rejasi
bo‘yicha amalga oshiriladi. Rejada Davlat triangulyasion to‘riga, shuningdek mavjud
binolar va inshootlarga bog‘lanish berilgan. Geodezik rejaga muvofiq inshootning
joyidagi holati, uning gorizontal va balandlik holatlariga nisbatan bog‘lanishi
aniqlanadi.
Qurilish ob’ektlarining rejadagi holatini aniqlash uchun geodezik rejalash asosi
aksariyat holda quyidagi ko‘rinishda yaratiladi:
Dostları ilə paylaş: