O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

2.3. Hududni tozalash va tekislash 
 
Hududni tozalash bo‘yicha ishlar majmuasiga quyidagilar kiradi: 

yashil ekin-daraxtlarni ko‘chirib o‘tqazish yoki himoya qilish; 

maydonni keraksiz daraxtlar, butalardan tozalash, to‘nkalarni kovlab olib 
tashlash; 

gruntning hosildor qatlamini qazib olish; 

keraksiz binolarni ko‘chirish yoki qismlarga ajratib buzish; 

maydondan mavjud muhandislik tarmoqlarini uzish yoki ko‘chirish. 
Yashil daraxtlarni ko‘chirib o‘tqazish
. Atrof-muhitni muhofaza qilish 
to‘g‘risidagi qonunchilik quruvchilardan tabiatga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lishni, yog‘ochli daraxtlarni saqlab qolishni talab etadi. Qurilish ishlarini amalga 
oshirishga xalaqit berayotgan bebaho (noyob) daraxtlar hamda butalar kovlab olinadi 
va yangi joyga o‘tqaziladi yoki qurilish maydoni hududidagi himoya zonasiga 
o‘tkaziladi. 
Kesib tashlanmaydigan yoki ko‘chirib o‘tqazilmaydigan yashil daraxtlar to‘siq 
bilan o‘rab olinadi, alohida turgan daraxt tanalari yuz berishi mumkin bo‘ladigan 
shikastlanishlardan chiqindi yog‘och materiallar bilan himoyalab muhofaza qilinadi. 
Keraksiz daraxtlardan tozalash
ishlari mexanik yoki elektr arralar, traktorlar 
yordamida amalga oshiriladi. Sudrab tashuvchi va to‘nkalarni ko‘taruvchi chig‘irlari 
bo‘lgan traktorlar yoki ag‘dargichlari yuqori ko‘tarilgan buldozerlar daraxtlarni 
ildizlari bilan birga ag‘daradi va to‘nkalarni ko‘tarib tashlaydi. Diametri 50 sm gacha 
bo‘lgan alohida to‘nkalarni qo‘porish uchun chig‘irli traktorlar, buldozerlar, maxsus 
to‘nka kovlagich – to‘plagichlar qo‘llaniladi. Ildizi chuqur va keng otgan yoki 


36 
muzlagan gruntdagi to‘nkalarni qo‘porib tashlash uchun portlatish usulidan 
foydalanishga ruxsat etiladi. 
Gusenitsali traktorda osma va almashtiriluvchi konstruksiya bo‘lgan buta 
kesgich bilan hudud butalardan tozalanadi. Buta kesgich ag‘dargichli ramalarga va 
pichoqlarga ega bo‘lib, ular yordamida buta shoxlar va yer sathidagi diametri 20 
smdan ortiq bo‘lmagan mayda daraxtlar kesiladi (2.11-rasm).
2.11-rasm. Butakesgichlar 
Xuddi shu operatsiya uchun ag‘dargichida tish-yumshatgichlari va to‘nka 
qo‘poruvchi to‘plovchisi bo‘lgan buldozerlar qo‘llaniladi (2.12-rasm). 
2.12-rasm. To‘nka kovlaydigan mashinalar 
Hudud to‘nkalar va daraxt poyalaridan tozalanganidan so‘ng, darhol o‘simlik 
qatlamidagi ildiz bo‘laklari ildiz kovlagichlar bilan parallel o‘tishlar bilan olinadi. 
Olingan ildizlar va daraxtlarni kesishidan qolgan qoldiqlar tozalangan hududdan 
keyinchalik yoqib tashlash yoki olib chiqib ketish bilan yo‘qotiladi. 


37 
Qurilish maydonidan xarsang toshlar olib tashlanishi kerak. Ular agar 
ekskavator cho‘michiga sig‘sa transport vositalariga ortiladi, ancha yiriklari esa 
buldozerlar yordamida ishlar olib boriladigan zonaning tashqarisiga surib tashlanadi. 
Xarsangtoshlar joyida tashqi yoki shnurli zaryadlar yordamida portlatish usulida ham 
maydalanishi mumkin.
Qurilish amalga oshiriladigan maydonlardan olib tashlanishi lozim bo‘lgan 
yerning hosildor qatlami
qirqib olinadi va buldozerlar hamda avtogreyderlar 
yordamida maxsus ajratilgan joyga ko‘chirilib to‘planadi keyinchalik bu tuproqdan 
foydalanish uchun. Ayrim hollarda yerning hosildor qatlami ko‘kalamzorlashtirish 
uchun boshqa maydonlarga tashiladi. Hosildor qatlam bilan ishlashda uni quyiroqda 
joylashgan qatlam bilan aralashish, ifloslanish, yuvilish va shamolda qurishdan 
muhofaza qilish lozim. Qishki sharoitda tabiiy qatlamni loyihada tegishli asos mavjud 
bo‘lgandagina olib tashlashga yo‘l qo‘yiladi.
Binolarni, inshootlarni va ularning poydevorlarini buzib tashlash yoki keraksiz 
binolarni buzish
ularni qismlarga ajratish (keyingi demontaj qilish uchun) yoki 
qulatish yo‘li bilan bajariladi. Yog‘och binolarda butun va yaxshi saqlangan 
elementlar keyinchalik foydalanish uchun tanlab olinadi.
Monolit temirbeton va metall binolar umuman binoning mustahkamligini 
ta’minlovchi ishlab chiqilgan buzib tashlash sxemasi bo‘yicha qismlarga ajratiladi. 
Blok qismlarga ajratish armaturani ochishdan boshlanadi, keyin blok bo‘shatiladi, 
ochilgan armatura kesiladi va blok sindiriladi. Metall elementlar bo‘shatilgandan 
so‘ng qirqiladi. Ajratiladigan temirbeton blokning yoki metall konstruksiya 
elementining eng katta massasi ajratishda ishtirok etuvchi montaj mexanizmining yuk 
ko‘tarish qobiliyatining, strelaning yo‘l qo‘yilgan eng katta qulochidagi 
ko‘taruvchanligini yarmidan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Yig‘ma temirbeton binolar montaj qilish sxemasiga teskari bo‘lgan buzish 
sxemasi bo‘yicha ajratiladi (buziladi). Dastlab buziladigan element barcha mavjud, 
birikmalardan, shu jumladan payvandlangan joylardan ajratilishi kerak. Agar alohida 
yig‘ma konstruksiyalarni elementlari bo‘yicha ajratish mumkin bo‘lmasa yoki qiyin 
bo‘lsa, ular monolit konstruksiyalar kabi bo‘laklarga ajratiladi. Bino karkasi yig‘ma 
elementlarini bo‘laklarga ajratishda ajratiladigan har bir element oldindan 
bo‘shatilishi va barqaror holatni egallashi kerak. 
Binolar va inshootlarni, shu jumladan toshdan qurilganlarini buzish gidravlik 
bolg‘alar, zarba beruvchi to‘qmoqlar, ayrim hollarda turli xil osma konstruksiyalari 
(shar yoki ponali to‘qmoqlar) bo‘lgan ekskavatorlar yordamida buziladi (2.13, 2.14-
rasmlar). Binoning buzilgan bo‘laklari buldozer bilan chetga suriladi yoki transport 
vositalariga ortiladi. Binolar vertikal qismlarining buzilgan bo‘laklari maydon 
bo‘ylab sochilishidan saqlash uchun buziladigan konstruksiya ichki tomoniga qarab 
buzilishi lozim. Ayrim hollarda buzishni portlatish usuli bilan amalga oshirishga 
ruxsat etiladi.


38 
2.13-rasm. Shar bolg‘a bilan binolarni bo‘zish 
2.14-rasm. Pona bolg‘a 
Bino va inshootlarni yiqitish va buzish uchun maxsus jihozlar ishlab chiqilgan. 
Energiyani asraydigan klapanli urib sindiradigan otboyniy (urish) bolg‘asi ishlab 
chiqilgan bo‘lib, unda saqlangan energiya bolg‘aning keyingi zarbasiga qo‘shiladi va 
material buzilmagunga qadar keyingi zarbalarning kuchini oshirishda davom etadi. 
Metallni qirqish, betonni buzish, binolarni buzib ajratganda chiqqan yirik elementlar 
va bo‘laklarni utilizatsiya qilish uchun ixtisoslashtirilgan uskuna ishlab chiqarilgan va 
qo‘llanilmoqda. Urib buzadigan bolg‘a va kuchli jag‘li qaychi kombinatsiyasidan 
iborat kompleks osma uskuna ishlab chiqarilmoqda, u betonni oson buzishga va 
armaturani qirqishga imkon beradi. Aniq vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan – 


39 
konstruksiyani buzuvchi, regeneratsiya, armaturani qirqish va maydalash uchun jag‘li 
maydalagichlar qo‘llaniladi. 
Binolarni buzib tashlash va temir betonni maydalash uchun ekskavator 
negizida qamrov kengligi 620 mm va jag‘i 1 m dan ortiq bo‘lgan to‘liq buruluvchan 
beton maydalagichlar keng qo‘llanilmoqda. Bu uskuna armaturani betondan to‘liq 
ajratadi va buzish bosqichida diametri 50 mm gacha bo‘lgan armaturani kesib 
tashlaydi. Beton maydalagich bevosita bino buziladigan joyda beton bo‘laklarini 
zarur bo‘lgan darajagacha maydalash imkonini beradi. Mexanizmning konstruktiv 
yechimi yaqin turgan ob’ektlarga yoki konstruksiya elementlariga zarar 
yetkazmasdan, tor sharoitlarda ishlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ishlash 
jarayonida mexanizm minimal darajada shovqin chiqaradi va vibratsion-titrovchi 
ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Mavjud qurilishning hayot faoliyatini ta’minlovchi, lekin o‘zlashtirilayotgan 
qurilish maydonchasi hududida joylashgan va ishlarni amalga oshirishga halal 
beruvchi 
aloqa va elektr uzatish liniyalari, yer osti kommunikatsiyalari 
hamda 
boshqa inshootlarni ko‘chirish qurilish maydonchasi hududini tayyorlash davrida 
amalga oshiriladi. Bunday ko‘chirish dastlab kelishiladi va loyiha hujjatlariga 
kiritiladi. Kommuniksiyalar qurilish maydonini chetlab o‘tib zarur iste’molchilarga 
ulanadi, shundan so‘ng qurilishga xalaqit beruvchi muhandislik tarmoqlari uziladi va 
olib tashlanadi. Ishlar jarayonida ko‘chirish tegishli tashkilotlarning kuzatuvi ostida 
amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə