O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

kesish, suv oqimi bilan 
yuvish 
va 
portlatish 
usullari bilan bajariladi. Mexanik usulda qazilganda turli 
mashinalarning ishchi organlari gruntga kesish yoki yorish kuchlari bilan ta’sir qiladi. 
Buning natijasida gruntning ma’lum qismi massivdan ajraladi va uni surish mumkin 
bo‘ladi. Kesish usuli bilan grunt qazilganda yer qazuvchi, yer qazuvchi-tashuvchi va 
yer qazuvchi-tekislovchi mashinalar qo‘llanadi. 
Yer qazuvchi mashinalar – ekskavatorlar, ariq qazuvchilar gruntni cho‘mich 
pichog‘i bilan uzib ajratib, uyumga yoki yer qazuvchi mashinaga yaqin 
joylashtirilgan transportning bunkeriga to‘kadi.
Yer qazuvchi-tashuvchi mashinalar – skreperlar va buldozerlar qazilmada 
gruntni qazish, uni tashish va ko‘tarmaga to‘kish uchun mo‘ljallangan. Bu mashinalar 
yer ishlarining barcha kompleks jarayonini to‘liq mexanizatsiyalashni ta’minlaydi. 
Yer ishlarini bajarishning samarador shakli kompleks mexanizatsiyalashdir. 
Kompleks mexanizatsiyalashning asosiy prinsipi shundan iboratki, jarayonlar va 
operatsiyalarni bajarishda ishtirok etayotgan barcha mashinalarning texnik-iqtisodiy 
va texnologik parametrlari bir-biriga mos kelishi kerak. Bunda mashinalar to‘plami 
tushunchasi kiritilib, bajariladigan barcha ishlab chiqarish jarayonlari yer ishlarining 
kompleks mexanizatsiyalashgan texnologik jarayo
ni deb ataladi. 
Bajarilayotgan texnologik jarayonlarga qarab yer ishlarini bajaradigan 
mashinalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 

Ekskavatorlar; 

Yer qazuvchi-tashuvchi mashinalar; 

Yuk ortkichlar; 

Gruntni zichlovchi mashinalar; 

Muzlagan gruntlarni qazishga mo‘ljallangan mashina va jihozlar; 

Tayyorgarlik ishlari uchun mashina va jihozlar; 

Quduqni burg‘ilash uchun mashina va jihozlar; 

Gruntni gidromexanik ishlash uchun mashinalar; 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə