O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 
3.3. Gruntlarni sun’iy qotirish 
Gruntni qotirish bu mavjud turli usullarning yig‘indisi bo‘lib, ularni qo‘llash 
natijasida gruntning mustahkamligi oshadi, natijada u yemirilmaydigan, qotirishning 


51 
alohida usullari qo‘llanilganda grunt suv o‘tqazmaydigan bo‘lib qoladi va uning 
agressiv grunt suvlariga qarshiligi oshadi. 
Sementlash
 
yirik va o‘rta donali qum hamda yoriqli qoyatosh jinslarni qotirish 
uchun bosim ostida gruntga in’ektor orqali sement qorishmasini yuborish bilan 
amalga oshiriladi. In’ektor (3.7-rasm) alohida zvenolardan tuzilgan silliq va perforli 
(teshilgan) uzunligi 1,5 m va ichki diametri 19...38 mm bo‘lgan quvurdan tuzilgan; 
pastki qismida o‘tkir uchlik, yuqori tepa qismida kallak-nagolovnikka ega bo‘lib, 
unga bosim ostida qorishma yuborish uchun shlang ulangan. In’ektorlarni 15 m 
chuqurlikgacha pnevmatik to‘qmoq urib titratib, vibrochuktirgichlar bilan botiriladi, 
katta chuqurlikka botirish uchun oldindan quduq burg‘ilanadi, unga quvurlar 
tushiriladi. 
Qotirilayotgan gruntning aniqlangan tasnifiga bog‘liq holda, gruntning hisobiy 
mustahamlik qiymatlariga qarab massa bo‘yicha 1:1 dan 1:10 gacha bo‘lgan tarkibda 
sement qorishmasi in’ektorlar orqali yuboriladi; odatda in’ektor quvurining 1pog. m. 
ga to‘g‘ri keladigan eng maqbul bosim 1 atm ga tengdir. Qotirish radiusi yorilgan 
qoyatoshlarda 1,2...1,5 m, yirik donali qumlarda 0,5..0,75 m, o‘rtacha yiriklikdagi 
qumlarda 0,3...0,5 m gacha bo‘ladi. Qotirilgan gruntlarning mustaxkamligi 3,5 MPa 
ga yetishi mumkin. Kerakli yutilishga erishilganda yoki berilgan bosimda qorishma 
sarfi keskin kamayganda (20 min davomida quduqqa o‘zatiladigan qorishma 10 l dan 
kam bo‘lsa) quduqqa bosim ostida qorishma yuborish to‘xtatiladi. 
3.7-rasm. Zaminlarni sementlash: 
a – in’ektorni botirish; b – qorishmani bosim ostida yuborish; v – filtratsiyaga 
qarshi pardani hosil qilishda qorishmani bosim ostida yuborish ketma-ketligi;
g – sementlash sxemasi pasayib boruvchi zonalar bilan; d – sementlash sxemasi 
yuqorilab boruvchi zonalar bilan; 1 – otboyniy (to‘qmoqli) bolg‘a; 2 – bosh qismi 
(kallak); 3 – uzaytirgich quvur; 4 – uchlikli teshikli qism; 5 – quvur; 6 – domkratlar; 
7 – qorishma uzatkich; 8 – sementlanish zonalari; 9 – quduqlar; 1 – , 2 – , 3 – 
balandlik bo‘yicha sementlash zonalari 
Silikatlash (kimyoviy usul) – bu suvli natriyli silikat qorishmasini 
(suyultirilgan shisha) va qotish tezlashtiruvchisini (xlor tuzi qorishmasi, odatda kalsiy 


52 
xlor) ketma-ket gruntga bosim ostida yuborish demakdir. Ko‘p hollarda bu usul ikki-
qorishmali qotirish deb ataladi. Silikatlashni qumli, suyuq loyli, lyossli gruntlarda 
qo‘llash mumkin, u mustahkamlikni, suv o‘tqazmaslikni va gruntning umumiy 
turg‘unligini oshirish imkonini beradi. Bu usulni quruq va suvga to‘yingan gruntlarda 
ham qo‘llash mumkin, hattoki uni filtratsiya koeffitsienti yuqori ya’ni 2 dan 80 m/sut 
gacha bo‘lganda ham qo‘llash mumkin. Gruntga ketma-ket 15 atm (1,5 MPa) bosim 
ostida suyultirilgan shisha va kalsiy xlor qorishmasi yuboriladi, bular kimyoviy 
reaksiya natijasida erimaydigan modda (kremniy kislota geli) hosil qilib, tabiiy 
gruntni o‘ziga birlashtirgan yagona yaxlit modda hosil qiladi (3.8 –rasm). 
Xuddi sementlashdagidek, in’ektorlar ichki diametri 19...38 mm, va devor 
qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. In’ektorning 
pastki teshikli qismi 0,5-1,5 m uzunlikka ega. Bosim ostida yuborish uchun nasoslar, 
har qaysi o‘rnatilgan in’ektorga qorishmani 1 dan 15 l/min gacha o‘zatishini hisobga 
olib tanlanadi. 
Mayda kukunsimon qumlarda, fosfor kislotali va suyultirilgan shishali 
qorishmani 5 atm (0,5 MPa) bosimda gruntga yuborish qulayroq bo‘lib, reaksiya 
natijasida erimaydigan gel hosil bo‘ladi. 
Natriy silikat va qotirgichdan iborat bir qorishmali qotirish sust drenlovchi va 
filtratsiya koeffitsienti 0,3 m/sut dan kam bo‘lgan gruntlarda qo‘llaniladi. Qotirilgan 
gruntning mustahkamligi 0,3...0,6 MPa atrofida bo‘ladi. 
3.8 rasm. Gruntlarni kimyoviy qotirish: 
a – nuqtali qotirish; b – massivlarni qotirish; 1 – in’ektor; 
2 – qotirish zonasi; 3 – in’ektorning teshikli qismi. 
Lyossli gruntlarga 5 atm (0,5 MPa) gacha bosimda faqat suyultirilgan shisha 
yuboriladi, u grunt tarkibidagi kalsiy tuzlari bilan reaksiyaga kirishishi natijasida 
erimaydigan gel hosil bo‘ladi.


53 
3.3-jadval. Silikatlashda mustahkamlik va qotirish radiusi 
Gruntlar 
Mustahkamlik, MPa 
Qotirish radiusi, m 
Yirik donali qumlar 
3.0...3,5 
1,3...2,5 
Mayda donali qumlar 
1,5...2,0 
0,8...1,0 
Loy qatlam 
0,4...0,5 
0,3..1.0 
Soz tuproq(lyossli) 
0,6...0,8 
0,3...1.0 
Bu usul shaxta va tunnellar kavlashda hamda metropoliten qurilishida keng 
qullaniladi. 
Bitumlash
 
qumli va kuchli yoriqli gruntlarni mahkamlash uchun, eng asosiysi 
ulardan suv filtratsiyasini to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Avvaldan burg‘ilangan 
quduqlarga o‘rnatilgan in’ektorlar orqali gruntga issiq bitum bosim ostida yuboriladi. 
Elektr toki bilan isitiladigan in’ektorlarga issiq bitum qozondan quvurlar orqali nasos 
yordamida 50...80 atm ga (5...8 MPa) yetadigan bosimda uzatiladi. In’ektor ikki 
quvurdan iborat bo‘lib, uning ichki quvuri bitum chiqishi uchun teshiklarga ega 
bo‘lib, u bitum chiqishini ta’minlash uchun gruntga tashqi quvurdan ham pastroqqa 
tushiriladi. Bitumni bosim ostida yuborish bir necha harakat bilan amalga oshiriladi. 
Birinchi marta 2...3 atm (0,2...0,3 MPa) bosim ostida bitum yuborilganda bitumning 
hamma bo‘shliqlariga oqib kirishiga imkon beriladi va bunda hajm kamayib, grunt 
qota boshlaydi. Keyingi bosim ostida yuborishdan oldin bitum in’ektorning elektr 
isitkichi yordamida isitiladi. Qumli gruntlarni sovuq bitum emulsiyasi bilan qotirish 
mumkin. 
Gruntlarni termik qotirish soz tuproqli (lyossli) va g‘ovakli gruntlarni oldindan 
burg‘ilangan diametri 10...20 sm li quduqlarga qizdirilgan gaz yuborib gruntni 
kuydirib qotirishga asoslangan. Quduqlar shaxmat shaklida bir-biridan 2...3 m 
masofada 15 m gacha chuqurlikgacha burg‘ilanib, quduqning bosh qismi beton bilan 
ishlanib, unda yoqilg‘ini yoqib kuydiruvchi forsunka joylashtiriladi. Forsunkaga 
alohida shlanglar orqali yoqilg‘i va siqilgan havo uzatiladi. Qo‘llaniladigan yoqilg‘i 
suyuq (neft, mazut, solyar yog‘i) yoki gaz ko‘rinishida (tabiiy yoki generator gazi) 
bo‘lishi mumkin. Siqilgan havo keragidan ortiqcha bosim 0,15...0,5 atm bilan 
beriladi, buni natijasida ortiqcha bosim alangani forsunkadan ajralishi va uni butun 
quduq chuqurligi bo‘yicha tarqalishiga imkon yaratadi. 
Qo‘ydirish jarayonida quduqda 600...1100

S harorat ushlab turiladi. Shunday 
yuqori harorat hisobiga gruntning erishi va keyinchalik pishish jarayoni amalga 
oshadi. Kuydirish 5...10 sutka davom etishi mumkin, buning natijasida diametri 2...3 
m li keramik qoziq hosil bo‘ladi. Butun kuydirish davomidagi yoqilg‘i sarfi 
quduqning 1 pog m ga 100 kg ni tashkil etadi. Grunt mustahkamligi o‘rtacha 1,0...1,2 
MPa ni tashkil etadi, lekin bu mustahkamlik 10MPa gacha yetishi ham mumkin. 
Elektr usuli bilan namli loyli gruntlar qotiriladi. Usul elektroosmos effektining 
qo‘llanilishiga asoslangan bo‘lib, buning uchun grunt orqali kuchlanishi 0,5...1,0 
V/sm

va zichligi 1...5 A/m

bo‘lgan doimiy elektr toki o‘tkaziladi. Tokning ta’siri 
natijasida loy quriydi, zichlanadi va uning ko‘pchish xususiyati yo‘qoladi. 
Elektrokimyoviy qotirish.
 
Bu usul loyli va serbalchiqli gruntlarda qo‘llanadi. 
Gruntga parallel qatorlar bilan har 0,6...1,0 m masofada temir sterjenlar yoki quvurlar 


54 
qoqilib, ulardan kuchlanishi 30...100 V va qotiriladigan gruntning tik ko‘ndalang 1 
m

kesimiga 0,5...7 A tok kuchiga ega doimiy elektr toki o‘tkaziladi. 
Bu usullarni gruntning filtratsiya koeffitsienti kam ya’ni 0,2...2 m/sut 
bo‘lganda qo‘llash mumkin. Grunt kalsiy xlor eritmasi bilan to‘yinganligi va so‘ng 
bu gruntdan elektr tokini o‘tkazish natijasida, gruntda orqaga qaytmaydigan 
o‘zgarishlar bo‘ladi ya’ni ularni ko‘pchishi to‘xtaydi, mustahkamlik tavsiflari oshadi. 
Yer 
ishlarini bajarishning 
asosiy 
usuli gruntni qayta 
ishlashning 
mexanizatsiyalashgan usulidir. Gruntning qazilishi, ko‘chirilishi, joylashtirilishi, 
tekislanishi, zichlanishi kerakli ishchi jihozlar bilan ta’minlangan yer qazuvchi va yer 
qazuvchi-tashuvchi mashinalar yordamida bajariladi. Mashinalar soni, turi va 
markasini tanlash, yer inshootlarining fazoviy shakli hamda geometrik parametrlari, 
qurilish maydonining grunt va gidrogeologik sharoitlari ishlarni bajarishning 
loyihaviy muddatiga bog‘liq. 
Yer ishlarini bajarish umumiy holda uchta jarayondan tashkil topadi: qazilmani 
qazish, gruntni tashish, ko‘tarmaga to‘kish, bunda asosiy jarayon gruntni qazishdan 
iborat bo‘ladi. Qazilmalarni qazish uchta asosiy usullar: 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə