O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Suvni ochiq usul bilan chiqarib tashlash
oqayotgan suvni bevosita kotlovan 
yoki transheyadan nasoslar bilan so‘rib chiqarib tashlash uchun qo‘llaniladi. Ochiq 
usulda kotlovan qiyaliklari va tubidan sizilib chiqqan suv kotlovanning past qismida 
maxsus barpo etilgan ariqchalarga yo‘naltiriladi yoki 
zumpf 
deb ataluvchi suv 
yig‘adigan chuqurga yoki lotokka yo‘naltiriladi va u yerdan suv diafragmali yoki 
markazdan qochirma nasoslar bilan chiqarib tashlanadi. Nasoslar suv oqimining 
kirimiga qarab tanlanadi.
Suv yig‘uvchi ariqlar eni 0,3...0,6 m va chuqurligi 1...2 m, nishabi chuqur 
tarafga tomon 0,01...0,02 m ni tashkil etib qaziladi. 
Ochiq suvni chiqarib tashlash grunt suvlari bilan kurashishning oddiy va sodda 
usuli, lekin uning jiddiy texnologik kamchiligi bor. Kotlovan va transheya devorlari 
hamda tubidan chiqayotgan yer osti suv oqimi gruntni suyultiradi va mayda zarralarni 
yuzaga chiqaradi. Bunday yuvilish natijasida bu usul jiddiy kamchiliklarga ega: 

oqar suv tomonidan yuvilishi hisobiga qazilma zaminining tabiiy 
mustahkamligi kamayadi; 

qazilma tubida suv bo‘lishi grunt qazish ishlarini bajarishni qiyinlashtiradi; 

suvni zumpflar tomoniga harakati gruntlarni ham harakatga keltiradi, 
shuning uchun qazilma devorlarini mahkamlash talab qilinadi; 

suvning suv yig‘uvchi ariqlar tomon harakati, qurilayotgan ob’ekt yaqinida 
joylashgan bino va inshootlarni zaminlarini susaytirishi mumkin. 
Ochiq usulda suvni chiqarib tashlash maqsadga muvofiq bo‘lmasa, u holda 
grunt suvlari sathini sun’iy pasaytirish qo‘llaniladi. 
Suv sathini pasaytirish grunt suvlari sathini bo‘lajak qazilma tubidan pastroqqa 
pasayishini ta’minlaydi. Grunt suvlari sathini pasaytirish bu kelgusida barpo 
etiladigan kotlovan va transheya yaqinida joylashgan shaxta quduqlaridan (3.2-rasm) 
yoki suvni pasaytiruvchi burg‘ilangan quduqlardan, chuqur nasoslar yordamida suvni 
chiqarib tashlashdan iboratdir. Bunda grunt suvlari sathi jadal pasayib, oldin suvga 
to‘yingan gruntlarning suvi ketib, grunt xuddi tabiiy namlik holatidagidek qaziladi. 


47 
Suv sathini pasaytirishda qazilma qiyaliklarining butunligini saqlash imkoni paydo 
bo‘ladi va yaqin atrofda joylashgan bino poydevori ostidan grunt zarrachalari 
chiqishining oldi olinadi. 
Rasm. 3.2. Shaxta-quduq sxemasi: 
1–nasosni ishga tushiruvchi; 2– grunt bilan to‘ldirma; 3–filtrlovchi ustun; 4–
suvni ko‘tarib beruvchi quvur; 5–nasos. 
Suvni su’niy pasaytirish uchun bir necha boshqa samarali usullar ishlab 
chiqilgan bo‘lib, ulardan asosiylari bu ninafiltrli, vakuumli va elektroosmotik 
usullardir. 
Ninafiltrli usul grunt suv sathini GSS sun’iy pasaytirishda ost qismi filtrlovchi 
zvenoli po‘lat quvurdan, yer ustida suv yig‘adigan kollektor va o‘zi so‘rib 
chiqaradigan elektr dvigatelli nasosdan iborat nina filtrli moslamalarni qo‘llashga 
asoslangan. Po‘lat quvurlar kotlovan perimetri bo‘ylab yoki transheya bo‘ylab suvga 
to‘yingan gruntga cho‘ktiriladi (3.3 rasm)
Ninafiltr ikki qismdan iborat: filtrlovchi zveno va filtrlovchi quvurning yuqori 
qismi (ninafiltrning diametri 40...50 mm) (3.4– rasm.). 
Murakkab gruntlarda, ninafiltrni ishchi holatga tushirish uchun quduq 
burg‘ilanadi va unga ninafiltr tushiriladi (6...9 m chuqurlikgacha). Ninafiltrlar qum va 
loyli qum gruntlarga gruntni yuvib gidravlik usul bilan cho‘ktiriladi (3.4,b rasm). 
Gruntni yuvishdagi suv bosimi 0,3 MPa gacha bo‘ladi. 
O‘z og‘irligi ta’sirida ninafiltr gruntga cho‘kadi, cho‘kish jarayonida halqali 
qopqoq tashqi va ichki quvurlar orasidagi bo‘shliqni berkitadi. Ninafiltr ishchi 
holatga cho‘ktirilgandan so‘ng quvur atrofidagi bo‘shliq qisman cho‘kkan grunt, 
qisman yirik zarrachali qum yoki shag‘al bilan to‘ldiriladi.


48 
3.3-rasm. Suv sathini pasaytirishni ninafiltrli usuli: 
a – suv sathini pasaytirishni umumiy sxemasi; b – suv sathini pasaytirish uchun 
tayyorlangan maydon; 1 – ninafiltr; 2 – kotlovan; 3 – suv sathini pasaytiruvchi 
magistral tarmoq; 4 – suv sathi pasayishining depression egri chizig‘i; 5 – nasos 
stansiyasi. 
3.4-rasm. Ninafiltrli moslamani ishlash sxemasi: 
a – umumiy ko‘rinishi; b – ninafiltrli zvenoni gruntga cho‘kish davri; v – suv sathini 
pasayish davri; g – ejektorli ninafiltr. 1 – egiluvchan shlang; 2 – filtrni ustidagi quvur; 
3 – ninafiltrli zveno; 4 – ichki quvur; 5 – tashqi teshikli quvur; 6 – spiralli filtrlovchi 
o‘ram; 7 – halqasimon klapan (yopgich); 8 – egar; 9 – sharsimon klapan (yopgich); 
10 – cheklovchi; 11 – tishli uch; 12 – quvurni toraygan uchastkasi; 13 – siyraklanish 
zonasi; 14 – elejtorni tashqi quvuri. 
Ninafiltrlar bir yarusli joylashtirilganda 4...5m ga, ikki yaruslida grunt suvlari 
sathini 7...9 m ga pasaytirish imkonini beradi. Ninafiltrlar kotlovan yoki transheya 
yoqasidan 0,5 m masofada joylashtiriladi. Chuqurligi 4,5 m gacha va eni 4,0 m gacha 
bo‘lgan tor transheyalar bir qator ninafiltrlar bilan agar eni va chuqurligi undan katta 
bo‘lsa ikki qator ninafiltrlar bilan quritiladi. 
Suv sathini pasaytirishning vakuumli usuli
 
suv sathini ejektorli suvni 
pasaytiruvchi qurilmani qo‘llashga asoslangan. Bu qurilmalar mayda donali 
gruntlarda (filtratsiya koeffitsienti 0,02...1 m/sut bo‘lgan mayda donali va changli 
qumlarda, loyli qumlarda, balchiqsimon va soz (lyossli) tuproqlarda) grunt suvlari 
sathini pasaytirish uchun qo‘llanilib, bularda yengil ninafiltrli qurilmalarni qo‘llash 


49 
maqsadga muvofiq emas. Suv sathini pasaytiruvchi vaakumli qurilma ishlayotganda 
ejektorli ninafiltr zonasida vaakum hosil bo‘ladi (3.5 rasm). 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə