O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 Yaxlit poydevorlarni qurish texnologiyasi



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

4.2. Yaxlit poydevorlarni qurish texnologiyasi 
 
Yaxlit poydevorlar monolit temirbetondan tayyorlanadi, konstruktiv yechimiga 
ko‘ra ular silliq plitalar, silliq plita monolit stakanlari bilan (4.6-rasm), qovurg‘ali 
plita va qutisimon kesimli plita ko‘rinishida ishlanishi mumkin.
Poydevor plitalari, rezervuarlar, tunnellar va h.k. larning tubi katta yuzaga ega 
va juda ko‘p armaturalanganligi bilan tavsiflanadi. Bunday plitalarning qalinligi 0,2 
dan 2 m gacha oraliqda bo‘ladi. Ularni betonlash usullari plandagi o‘lchamlar, 
qalinligi, armaturalash darajasi, ishlarni amalga oshirishda mavjud mexanizatsiya, 
beton aralashmasini etkazib berishning real hajmlarini hisobga olgan holda tanlanadi. 
4.6.-rasm Poydevor plitasini tuzilish sxemasi: 
1 − poydevor plitasining balandlik bo‘yicha 
chegaralari; 2 − bo‘ylama armatura; 3 – ko‘ndalang 
armatura; 4 – elimlab yopishtirilgan gidroizolyasiya; 5 
− betonli asos; 6 − zichlangan grunt. 
Poydevor plitalari payvand to‘rlari bilan ikki va undan ortiq qavatli qilib 
armaturalanadi. Armatura karkaslari turli usullarda xosil qilinishi mumkin: gorizontal 
to‘rlar joylashtiriladi (yotqiziladi) va tutib turuvchi karkaslar o‘rnatiladi yoki yassi 
gorizontal to‘rlar va tutib turuvchi karkaslar birlashtirilib fazoviy o‘zini ko‘taruvchi 
armoblok hosil qiladi. Armobloklar tirqishlar (zazorlar) bilan o‘rnatiladi, bu tirqishlar 
armobloklarga tayanuvchi yassi gorizontal to‘rlarning bir yoki ikki qatori bilan 
berkitiladi. 
Massivli poydevor plitalari ajratib olinmaydigan temirbeton qolip, bir xil 
shaklga keltirilgan elementlardan tashkil topgan ajratiluvchi-ko‘chiriluvchi qolipdan 
foydalangan holda betonlanadi. Katta yuzali qolip panellari, shuningdek armatura 
karkasli bloklar montaj kranlari yordamida montaj qilinadi. Qolip va karkaslarning 
mahkamlanganligi ishonchli bo‘lishi lozim va beton aralashmasi, mexanizm, 
mashina, ishchi va inventar moslamalardan tushadigan texnologik yuklanishlarni 
ko‘tara oladigan bo‘lishi kerak. Ishlarni bajarish uchun tayyorlangan qolip 
dalolatnoma bo‘yicha topshirilishi kerak. 
Plitalarning yuzasi katta bo‘lganda ular betonlash bloklariga yoki xaritalarga 
ajratiladi. Xaritalarning chetlari bo‘ylab xaritalar chegaralarida armaturani 
qirqmasdan yog‘och yoki to‘rli qolip o‘rnatiladi. Tashqi va ichki qolip sifatida 5x5 
sm yacheykali 0,7 mm diametrli simdan tayyorlangan po‘lat to‘rdan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Bunday to‘r plita armaturasiga to‘qish simi yoki qisqichlar 
bilan mahkamlanadi. 
Bloklarning eni betonlashning uzluksiz sharoitlarini va beton aralashmasini 
uzatish sur’atini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Betonlashning har bir blokida ish 
zonalarini ta’minlash zarur: qabul qilish va dastlabki tekislash va zichlash. 
Betonlashning zaruriy tezligi ikkala zonadagi betonning o‘zaro qotishi boshlangunga 
qadar tegishli vibrozichlashtirish bilan avval yotqizilgan beton aralashmasi keyingisi 
bilan qoplanadigan shartdan aniqlanadi. Qabul qilinayotgan betonlash tezligi beton 


82 
aralashmasini zichlashtirish vositalari etarli miqdorda mavjudligi bilan ta’minlanishi 
kerak. 
Agar plitaning qalinligi 0,5 m dan kam bo‘lsa, plitani xaritalarga bo‘lish va 
betonlash xuddi pol ostiga betonli asos bajarishdagi kabi olib boriladi, ya’ni eni 3...4 
m dan iborat bo‘lgan xaritalarda betonlanadi. Plitaning qalinligi katta bo‘lganda 
plitalar eni 5...10 m bo‘lgan parallel xaritalarga bo‘linadi, bunda ular orasida eni 
1...1,5 m bo‘lgan ajratish polosalari (tasmalari) qoldiriladi. 
Xarita doirasidagi betonlash fronti minimal bo‘lishi kerak. Xaritalar ketma-ket 
betonlanadi, ya’ni birin-ketin betonlanadi; umulashtirilgan kirishishni kamaytirish 
uchun ajratish polosalariga beton chegaralardagi qolip olib tashlangandan so‘ng 
tayyor xaritalardagi qotgan beton bilan yonma-yon yotqiziladi. 
Konus cho‘kishi 2...6 sm bo‘lgan beton aralashmasi xaritaga beton nasoslari 
bilan beton yotqizgich, estakadalar yordamida, shuningdek kranlar yordamida 
badyadalarda uzatiladi. Ayrim hollarda betonlash pnevmotransport bilan, vibro 
xartumlar yordamida, tasmali konveyerlar bilan va bevosita transport vositalaridan 
amalga oshirilishi mumkin. Qorishmani avval yotqizilgan beton yo‘nalishda, go‘yoki 
yangi beton porsiyalarini avval yotqizilganga siqib uzatish kerak. Betonlash 
massivida ishlar bir yerga to‘plangan hajmlarda va sur’ati 50...100 
/ smena da 
bo‘lganda holatlarda statsionar betonnasoslaridan foydalanish mumkin. 
Betonlashni shunday tashkil etish kerakki, bunda betonlashning bitta xaritasi 
chegaralarida ishchi choklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Plitalarning 
betoni mayoqlar (nishonlar) bo‘yicha tekislanadi. Devorlar tutashadigan, ustunlar va 
kolonnalar tayanadigan joylardagi beton sirti g‘adir-budurligicha qoldiriladi. 
Monolit poydevor plitalarini qurish ishlarini ishlarni oqim bo‘yicha tashkil 
etish bilan uchta asosiy oqimga ajratgan holda olib borish maqsadga muvofiqdir: 
poydevorlarni armaturalash, qolip o‘rnatish, shu jumladan betonlash zonasi 
chegaralarida to‘rli qolip o‘rnatish va bevosita betonlash. Ishlar bir xil maromda 
bajarilishi kerak. Etakchi oqim betonlash hisoblanadi, shuning uchun har bir oqimda 
ishtirok etadigan ishchilar soni betonchilarni uzluksiz ish bilan ta’minlashdan kelib 
chiqqan holda hisoblab chiqiladi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə