O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


Yengillashtirilgan konstruksiyali devorlarni terishdan



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Yengillashtirilgan konstruksiyali devorlarni terishdan
g‘ishtlar sarfini 
kamaytirish va terishning xususiy massasini kamaytirish uchun foydalaniladi. Terish 
ikkita parallel bo‘ylama terilgan devorlardan har 3...5 qatorda, ba’zan esa undan ham 
ko‘proq ko‘ndalang terilgan qator bilan bog‘lashdan iborat. Hosil bo‘lgan bo‘shliq 
issiqlikdan izolyasiyalovchi to‘kma, engil beton, isitgich bloklari yoki plitalari bilan 
to‘ldiriladi. Ikki va undan kam g‘isht qalinligidagi konstruksiyaning bikirligini 
orttirish uchun ko‘ndalang tomoni bilan terilgan qatorlarni turli sathlarda shaxmat 
tartibida bajariladi. Engillashtirilgan terishlarning qo‘llanilishi g‘isht sarfini 30...40% 
kamaytirishga, mehnat sarfi va ishlar qiymatini ancha qisqartirishga imkon beradi. 
Armaturali g‘isht-tosh terish
– uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
mustahkamlikni oshirish uchun choklarga armatura turlari yoki alohida sterjenlar 
yotqiziladi (4.12-rasm). Ko‘ndalang armaturalash uchun to‘g‘ri to‘rtburchakli sim 
to‘rlar yoki “zigzag”(ilon izi) to‘rlar qo‘llaniladi. To‘r sterjenlari diametri 3...8 mm 
bo‘lganda sterjenlar orasidagi masofa 30...120 mm atrofida bo‘lishi kerak. “Zigzag” 
to‘rlarini ikki qo‘shni qatorlarga shunday joylashtirish kerakki, bunda ulardagi simlar 
o‘zaro perpendikulyar joylashishi kerak. To‘rlar vertikal bo‘yicha loyihaga ko‘ra 
yotqiziladi, lekin terilgan har 5 qatordan kamida bittasida yotqiziladi. Odatda to‘rg‘ri 
to‘rtburchak to‘rlar sterjenlarining diametri 5 mm gacha, “zigzag”lari 5 dan 8 mm 
gacha bo‘ladi. Qorishmaning himoya qatlamini ta’minlash uchun terilgan chok 
qalinligi sim diametrlaridan kamida 4 mm dan ortiq bo‘lishi kerak.
Bo‘ylama armaturalash uchun siqilgan armaturaning diametri 3 mm dan, 
cho‘zilgan armaturaning diametri 8 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Armaturalash 
g‘isht terishda joylangan sterjenlar yoki to‘rlar bilan, hamda uning yonida tashqi 
tomondan ham amalga oshiriladi, bu ikkinchi holda g‘isht terishda o‘rnatilgan 
xomutlar yordamida maxkamlanadi. Armaturalarni zanglashdan muxofaza qilish 
uchun quruq sharoitda foydalanishda qorishma markasi 25 dan kam bo‘lmasligi nam 
sharoitlarda esa 50 dan kam bo‘lmasligi kerak.


94 
4.12-rasm. G‘ishtli ustunlar va derazalar hamda eshiklar orasidagi devorlarni 
armaturalash: 
a – to‘g‘ri to‘rtburchakli to‘rlar bilan; b – zigzagsimon to‘rlar bilan; 1 – to‘rlar 
simlarining chiqib turgan uchlari. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə