O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


To‘g‘ri shakldagi keramik, beton va tabiiy toshlarni terish



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

To‘g‘ri shakldagi keramik, beton va tabiiy toshlarni terish
. Ko‘ndalang 
tirqishli bo‘shliqlari bo‘lgan keramik toshlardan devorlar, derazalar o‘rtasidagi 
devorlar va ustunlar bir qatorli bog‘lash tizimi bo‘yicha terib chiqiladi. Toshlar 
bo‘shliqlarini yuqori tomonga qaratib qorishmaning xarakatchanligi toshlarni 
bo‘shliqlariga oqib kirishini istisno qiluvchi qorishmalarga yotqiziladi (terib 
chiqiladi). Gorizontal va vertikal choklarning qalinligi tosh terish choklariga mos 
kelishi kerak. Beton va tabiiy toshlarni terishda ko‘p qatorli bog‘lash tizimi 
qo‘llaniladi, biroq bunda ko‘ndalang qatorlar kamida har uchinchi qatorda bo‘lishi 
kerak. 
Binolarning issiqlik himoyasi bo‘yicha yangi talablarga muvofiq tashqi g‘ishtli 
devorlar konstruksiyasiga katta konstruktiv o‘zgarishlar kiritilishi kerak: faqat 
g‘ishtdan foydalanilganda ularning qalinligi 4...5 g‘ishtgacha orttirilishi yoki 
qalinligini kamaytirish uchun terishda qo‘shimcha issiqlik izolyasiyasi qatlami 
kiritilishi kerak. 
Shu munosabat bilan tashqi devorlar uchta asosiy konstruktiv sxemalar 
ko‘rinishda bajariladi: massiv, massiv devorning ichki sirtida yoki uning tashqi sirtida 
isitgich bilan birga (4.13-rasm). Massiv eng ko‘p tarqalgan shakl, ammo me’yoriy 
talablarga ko‘ra talab etilgan issiqlik himoyasini ta’minlash uchun devorning qalin 
bo‘lishi kerak. Bu g‘isht sarfining ancha oshishiga va devor massasining ortishiga 


95 
olib keladi. Hozirgi vaqtda ikkinchi va uchinchi sxemalar joriy qilinmoqda. Isitgichni 
joylashtirishda devor tanasida dastlab devorning asosiy qismi yarus balandligida 
(1,5...2 g‘ishtli) teriladi. Ishlar jarayonida choklarga ikki qator g‘ishtdan oralatib 50 
sm qadam bilan diametri 5...8 mm bo‘lgan zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan 
shtirlar o‘rnatiladi. Terilgan g‘ishtdan chiqib turadigan shtirning uchi isitgich 
qalinligidan 3...5 sm ortiq bo‘lishi kerak. Yarus balandligida g‘isht terilgandan so‘ng 
sterjenlarga plitali isitgich (penopolistirol, rokvul) taqiladi, keyin yarus balandligida 
chiqib turuvchi sterjenlarni hisobga olgan holda g‘isht terishning ichki qismi 
(0,5...1g‘isht) teriladi. 
4.13-rasm. Tashqi g‘isht devorlarning konstruktiv sxemalari: 
1-g‘ishtli terish; 2-isitgich; 3-suvoq; 4-gipsokarton. 
Uchinchi sxema isitgichni g‘isht teriladigan devorning tashqi yoki ichki 
tomoniga o‘rnatilishini nazarda tutadi. Tashqi tomonga, fasadni pardozlash elementi 
sifatida (“Alseko” va “Tekskolor” texnologiyalari) plitali isitgich o‘rnatiladi, 
yuqoridan pardozlash to‘ri maxkamlanadi, u bo‘yicha ximoya qatlami qilinadi va 
bo‘yaladi. G‘isht ustidan tashqi tomoni suvalganda yoki fasad dekorativ panellar, 
vitrajlar, sun’iy yoki tabiiy tosh bilan pardozlanganda isitgich devor 
konstruksiyasining ichida bo‘lib qolishi mumkin. Isitgichlarni xona ichiga 
o‘rnatilganda u metall karkas bo‘yicha gipsokarton panellar bilan qoplanadi yoki 
kamdan-kam hollarda to‘r bo‘yicha suvaladi, keyin sirt gruntlanib bo‘yaladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə