O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Xarsangtoshbeton terish
shunisi bilan farqlanadiki, bunda toshlar yotqizilgan 
beton aralashmasiga gorizontal qator qilib botirilib, keyin vibratsiyalab zichlanadi 
(7.8, b rasm). Terishni transheya devorlari yoki opalubkaga zichlab olib boriladi. 
Beton aralashmasi 20 sm qalinlikdagi qatlamlar tarzida yotqiziladi, toshlar aralashma 
balandligining yarmigacha 4...6 sm oraliq qoldirib botiriladi. Toshlarning maksimal 
o‘lchami barpo etilayotgan konstruksiya qalinligining 1/3 qismidan oshmasligi kerak. 
Terib chiqilgan joy beton aralashmasi harakatchanligi 5...7 sm bo‘lganda 
vibratsiyalanadi yoki aralashmaning harakatchanligi 8...12 sm bo‘lganda shibbalash 
bilan zichlashtiriladi. Bunday terish ancha mustahkam, xarsangtosh terimga 
qaraganda mehnat sarfi kamroq, lekin u qolip qurish uchun ko‘p yog‘och va ko‘p 
sement talab etadi, chunki tosh hajmi umumiy terim hajmining 50% dan ortiqrog‘ini 
tashkil etadi. 
 
4.7. G‘isht teruvchining ish o‘rnini tashkil etish va materiallar bilan ta’minlash 
 
G‘isht teruvchining ish o‘rni
yoki zvenoning ish o‘rniga barpo etilayotgan 
devor uchastkasi, ishchilar, zarur materiallar, asboblar va moslamalar joylashtirilgan 
bo‘shliq kiradi. Ish o‘rni erda, qavatlararo orayopmalarda, ishchi so‘rilar va 
havozalarda bo‘lishi mumkin. 
G‘isht terish ishlarini bajarishda g‘isht teruvchilarning mehnat unumdorligi ish 
o‘rnini tashkil etishga bog‘liq bo‘lib (4.14 rasm), bunda ishchilarning harakat 
jarayoniga taalluqli bo‘lmagan ishlarni istisno qiladi va g‘isht hamda qorishmani 
joylashtirilgan erdan terish joyiga minimal masofada ko‘chirishni ta’minlaydi. 
Ish o‘rni montaj kranining harakat chegarasida (zonasida) bo‘lishi kerak. 
Amaliyotning ko‘rsatishicha, ish o‘rnining umumiy kengligi 2,5...2,6 m bo‘lishi 
kerak, jumladan: 
ishchi zona 
– devor va materiallar orasidagi 0,6...0,7 m li kenglik; 
materiallarni taxlash zonasi
– g‘isht taxlangan tagliklarni va qorishma 
qutilarini joylashtirish uchun 1,0...1,6 m li kenglik; 
transport zonasi 
– materiallarni kran yordamida uzatishda, ishchi zona 
doirasida materiallarni etqazib berish va joylashtirish bilan band bo‘lgan 
ishchilarning harakatlanishi uchun 0,6...0,75 m dan 1,25 m gacha bo‘lishi mumkin. 
G‘isht ortilgan tagliklar va qorishma quyilgan qutilarning uzun tomoni 
qurilayotgan devorga perpendikulyar qilib o‘rnatiladi. Bu materiallarni olishda 
mehnat sarflarini kamaytiradi. G‘isht ortilgan tagliklar va qorishmali qutilar soni 
hamda ularning almashtirilib turishi barpo etilayotgan devorning qalinligiga mazkur 


98 
g‘isht terish uchastkasida deraza-eshik o‘rinlarining mavjudligiga, me’moriy 
bezalishning murakkabligiga bog‘liq. 
4.14-rasm. G‘isht terishda ish o‘rinlarini tashkil etish: 
a – teshiksiz devorlarda; b – deraza-eshik o‘rni bo‘ladigan devorlarda;
v – burchakni terishda.
Teshiksiz devorlarga g‘isht terishda qorishmali qutilar orasidagi masofani 3,6 
m qilib olinadi, ular orasiga g‘isht, shlakobeton yoki keramik bloklar yoki toshlar 
ortilgan to‘rtta taglik o‘rnatiladi, bu tagliklar orasidagi masofa 0,25...0,4 m bo‘lishi 
kerak. Deraza-eshik o‘rni bo‘ladigan devorlarga g‘isht terishda g‘ishtlarni 
poydevorlar qarshisiga ikkita taglikda, qorishma esa deraza-eshik o‘rnilari qarshisiga 
o‘rnatiladi. Ish o‘rniga qorishma sig‘imi 0,27 gacha bo‘lgan qutilarda uzatiladi, 
qutilar odatda deraza-eshik o‘rni qarshisiga o‘rnatiladi, ular orasidagi o‘rtacha masofa 
2,0...2,5 m atrofida bo‘ladi. 
G‘isht paket usulida tagliklarda yoki konteyner usulida tashiladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə