O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Asbob-uskuna va moslamalar
. G‘isht-tosh terish jarayonida har xil 
asboblardan foydalaniladi. G‘isht teruvchilar brigadasi uchun belgilangan asboblarni 
ikki guruhga bo‘lish mumkin: 

bevosita ishlarni bajarish asbob-uskunalari;

o‘lchov-nazorat asbob-uskunalari. 
Sanoat tomonidan ishlab chiqarilayotgan g‘isht-tosh teruvchining asboblari 
quyida ko‘rsatilgan (4.18-rasm). 
Kelma
(4.18-rasm, a) ikki tomoni silliqlangan 
yog‘och dastali po‘lat kurakcha. Kombinatsiyalashtirilgan kelma qorishmani 
yoyishga, vertikal choklarni qorishma bilan to‘ldirish va chokdagi ortiqcha 
qorishmani sidirib olishga ishlatiladi. 
Bolg‘a-teshadan
(4.18-rasm, b) g‘isht teruvchi 
g‘ishtni sindirish va yo‘nishda foydalanadi. 
Terish sifatini nazorat-o‘lchov asboblari (4.19-rasm): 
shovunlar

shayton, gaz 
cho‘p, go‘niya (burchak), reja ip
bilan tekshiriladi. 
Shovunlar
(4.19-rasm, a) terish 
to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Massasi 7.150-400 g li shovunlar terishning 
yaruslar bo‘yicha va qavat balandligi chegarasida to‘g‘riligini tekshirish uchun, 600- 
1000g li shovunlar bino tashqi burchaklarini uning butun bino yoki inshoot balandligi 
chegarasida tekshirish uchun ishlatiladi. 
Ruletka
(4.19-rasm,b) dan g‘isht-tosh 
teruvchi tuynuklar joyini, ularning o‘lchimlarini tekshirishda foydalanadi. 
Buklama 
metr
(4.19- rasm,v) yordamida g‘isht teruvchi devor enini, balandligini va boshqa 


103 
o‘lchamlarini aniqlashda foydalaniladi. 
Go‘niya
(4.19-rasm, e) bu asbob yordamida 
g‘isht teruvchi burchakning to‘g‘riligini tekshiradi. 
4.18-rasm. 
Qurilish shaytoni (4.19-rasm, g) terishning gorizontalligi va vertikalligini 
tekshirish uchun ishlatiladi. Uning uzunligi 300, 500 yoki 700 mm, unda ikki 
yo‘nalishda o‘rnatilgan shisha naycha ampulalar bo‘ladi. Naychalar muzlamaydigan 
suyuqlik bilan to‘ldirilib, ozgina xavo pufakchasi qoldirilgan bo‘ladi. SHayton 
gorizontal turganda pufakcha yuqoriga ko‘tarilib belgilangan chizikchalar o‘rtasida 
turadi. Naychalar ikki yo‘nalishda joylashtirilganligi uchun ular faqat gorizontal 
yuzani emas, balki vertikal yuzani ham tekshirishi mumkin. 
Gazcho‘p
(4.19-rasm, j, z) yordamida g‘isht teruvchi terilgan sirtini 
tekshiradi. Gazcho‘p kesimi 30x80 mm, uzunligi 1,2-1,5 m bo‘lgan randalangan 
yog‘och reyka yoki maxsus profilli alyuminiy reykadir. 
Terish qatorlarining gorizontalligini va qatorlar qalinligini tekshirish uchun reja 
ipi maxkamlangan 
reja cho‘p
(4.19 rasm, l) xizmat qiladi. Reja cho‘p 1,8-3 m 
uzunlikdagi kesimi 30x70 mm li yog‘och reyka, temir burchaklik yoki quvurdan 
yasalishi ham mumkin. Reja cho‘pda har 77 mm da (bunda g‘ishtni qalinligi 65 mm 
va qorishma qalinligi 12 mm ) reja ipini mahkamlash uchun ariqchalar qilinadi. 
Rejacho‘plar qoziqlar, skobalar va vintli (murvatli) qisqichlar yordamida devorga 
maxkamlab qo‘yiladi. 


104 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə