O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Paketli usul
g‘ishtni zavoddan g‘isht teruvchining ish o‘rnigacha tashishda 
amaliy jihatdan qo‘l mehnatiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu usulda asosiy moslama yon 
tomonlariga ilmoqlar payvandlangan chetlari po‘lat burchakliklar qoplangan, yog‘och 
yasalgan taglik-shchitlar hisoblanadi. G‘isht pishirilgandan so‘ng maxsus 
aravachalardan tagliklarga ortiladi, ular esa kranlar yordamida avtomobillarga 
o‘rnatiladi. G‘isht teruvchilarning ish o‘rniga g‘isht metall g‘iloflar yordamida 
uzatiladi, bu g‘ilof tagliklar ustidan kiydiriladi va ilmoqlar bilan mahkamlanadi. 
G‘ishtni tagliklarga “archa” shaklida terish ma’qul, bu holda ishonchli bog‘langan 
paket hosil qilinib, uning uchun to‘suvchi konstruksiyalar talab etilmaydi. 
O‘lchamlari0,52 x 1,03 m bo‘lgan bitta taglikka 200 ta gacha g‘isht taxlanadi. 
SHchitining chetlari bo‘yicha uchburchakli tayanch brusokli tagliklar g‘ishtni “archa” 
shaklida taxlashda foydalaniladi, chetlarida tayanch plastinalari bo‘lgan tagliklardan 
keramik bloklarni tashishda foydalaniladi (4.15-rasm).
Konteyner usulida
g‘isht zavodda yog‘och metall taglikli universal 
konteynerga taxlanadi, unda 100 dan 180 ta gacha g‘isht yoki bir yarimta kenglikda 
bloklar joylashtiriladi (4.16, g. d. rasm). Konteyner g‘ilofi g‘isht ish joyiga etkazib 
berilgandan so‘ng yig‘iladi va zavodga qaytariladi. 
Paketli usulda tashishda konteynerli usuldagi tashishga qaraganda g‘ishtni 
tashish narxi 10% ga, mehnat sarfi esa 20% gacha qisqaradi.


99 
4.15-rasm. G‘isht va toshlarni tagliklarga (poddon) taxlash usullari: 
a, b – kesib o'tish shaklida ilmoqli taglikka taxlash 
v – g‘ishtni “archa” shaklida ilmoqli taglikka taxlash;
4.16-rasm. G‘isht-tosh terish uchun asbob-usko‘nalar (inventarlar): 
a – qorishmani qabul qilish va berish uchun qurilma; b – jag‘li qulfli bunker;
v – qorishma qutisi; g – qamrab oluvchi g‘ilof; d – o‘zi tortilib bog‘lanadigan tutqich; 
1 – qorishmani aralashtirish uchun mo‘ljallangan idish; 2 – motor bo‘lmasi;
3 – qopqoq; 4 – qorishmani chiqarish qulfi; 5 – shturval; 6 – stropovka (bog‘lash) 
uchun sirtmoq; 7 – ko‘ndalang brusokli taglik; 8 – g-simon yarim g‘ilof; 9 – tutqich 
ramasi; 10 – tutqich qurilmasi. 
 
Qorishmalarni tayyorlash zavodlarda yoki markazlashgan qorishma uzellarida 
amalga oshiriladi. Ob’ekt oldi qorishma aralashtirilish qurilmalarida qorishma 
tayyorlash unga ehtiyoj kam bo‘lganda ruxsat etiladi. 
Odatda qorishma samosvallar, avtoqorishma tashigichlarda va bunker 
taqsimlagichlarda tashiladi. Ob’ektga etkazib berilgan qorishma mexanik 
aralashtiruvchi qurilmaga tushiriladi va ish joylariga bunkerlar, badyalar (4.16, b, v 
rasm) da yoki qorishma nasoslarida uzatiladi. Sanoat maksimal unumdorligi 6 
m
3
/soat gacha bo‘lgan qorishma nasoslarning keng nomenklaturasini ishlab chiqaradi. 
Mexanizmlardan g‘isht terish hajmi katta bo‘lganda va ish suratlari tez bo‘lganda 
qo‘llaniladi.


100 
Qorishma nasoslari tizimdagi ishchi bosim 150 Pa gacha bo‘lganda qorishmani 
gorizontal bo‘yicha 200 m gacha yoki vertikal bo‘yicha 40 m gacha uzatishni 
ta’minlashga imkon beradi. Qorishmani ko‘pincha ikki quvur orqali uzatiladi, 
ikkinchi quvurdan foydalanilmagan qorishmani bunkerga qaytarish uchun 
foydalaniladi; qo‘shimcha-plastifikator sifatida odatda loy tuproqdan foydalaniladi. 
Qorishmani ish joyiga uzatishni kran yordamida ko‘chiriladigan taqsimlash 
bunkeri vositasida amalga oshirish mumkin. G‘isht teruvchilarning ish joylaridagi 
qorishma idishlari bunkerdan to‘ldirilib, ularda chetki devor va idishning tubi orasida 
maqbul darajada tanlab olingan burchak eng kam mehnat sarflab qorishmani olish 
imkonini beradi.
Tagliklardagi g‘isht va toshlarni ish o‘rinlariga oldinroq uzatish lozim iloji 
bo‘lsa bir kun avval, materiallar zahirasi g‘ishtga ehtiyojning 2...4 soatlik ishlatishga 
mos kelishi kerak. Qorishma ish o‘rniga ish boshlanishidan avval uzatiladi va uning 
sarflanishiga qarab davriy ravishda qo‘shib boriladi; ish o‘rnida mavjud qorishma 
40...45 min. lik ishlashga etadigan bo‘lishi kerak.
Ish hajmi kam bo‘lgan hollarda qurilish maydonchasiga qog‘oz qoplarda yoki 
bunkerlarda quruq aralashmalarni etkazib berishdan foydalaniladi.
Zamonaviy binolarda qavatlarning balandligi turlicha bo‘lishi mumkin, ammo 
agar uy-joy qurilish haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning balandligi 2,7 m dan 3,6 m 
gacha bo‘ladi va o‘rtacha 3,0 m ni tashkil etadi.
Ishlarni amalga oshirish qulay bo‘lishi va g‘isht teruvchilar ish 
unumdorligining bir tekisda bo‘lishini ta’minlash uchun qavat devori g‘isht terish 
balandligi bo‘yicha ayrim uchastkalarga – yaruslarga bo‘linadi.
 
Yarus 
deb qurilish jarayonini uzluksiz, ish o‘rnini balandlik bo‘yicha 
o‘zgartirmasdan bajarilishi mumkin bo‘lgan, inshootning yoki bino qavati 
balandligining bir qismiga aytiladi. Agar yarusning balandligi 1,2 m dan ortiq bo‘lsa, 
g‘isht teruvchilarning ish unumi pasaya boshlaydi, eng maqbul balandlik 0,8...1,0 m 
deb tan olingan.
G‘isht terish 
ikki-, yoki uch yarusli tizim
bo‘yicha bajarilishi mumkin. 
Qavatning balandligi 3,0 m bo‘lganda va mehnat uch yarusli qilib tashkil etilganda 
birinchi yarusning balandligi 125 sm, ikkinchisiniki – 95 sm va uchinchisiniki – 80 
sm qilib qabul qilinadi. Qavatning balandligi bundan ortiq bo‘lganda ikkinchi va 
uchinchi yarus balandliklari biroz orttiriladi. 
Qavatining balandligi 2,5...2,7 m bo‘lgan binolarda ikki yarusda g‘isht terish 
ancha samarali bo‘ladi, bunda har bir yarusning balandligi 1,5 m gacha bo‘ladi. Bu 
holda balandligi 30 m 60 sm bo‘lgan 
qo‘shimcha so‘ridan
foydalaniladi, undan turib 
yarusning yuqori qatorlari teriladi. Devorning qalinligi katta bo‘lganda yuqori 
qatorlarga g‘isht terish uchun uch yarusli tizimda ham bunday qo‘shimcha so‘rilardan 
foydalaniladi.
Balandligi 1,2 m gacha bo‘lgan devorlarga g‘isht terish erdan turib yoki 
orayopma to‘shamasida turib amalga oshiriladi, katta balandlikda g‘isht terish so‘rilar 
yoki havozalar o‘rnatilishini talab etadi. Odatda havozalardan sanoat va tomosha 
ko‘rsatuvchi binolarning devorlarini barpo etishda, binolar fasadlarini pardozlashda 
qo‘llaniladi. So‘ri va havozalarga qo‘yiladigan talablar – ularning engil bo‘lishi, 


101 
mustahkamligi, ustivorligi, ularni yig‘ish va ajratish hamda tashishning qulayligi 
bilan izohlanadi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə