O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 
 
4.19-rasm. G‘isht-tosh terishda foydalaniladigan asbob-uskunalari: 
a – shovun; b – buklanadigan metr; v-ruletka (taxlama metr); g – qurilish shaytoni; d 
– yog‘och gazcho‘p; e – go‘niya (burchak); yo – alyumindan yasalgan gazcho‘p; j – 
eshik va derazalar o‘rnini belgilashga shablon; z – burchakka o‘rnatuvchi reja ip 
mahkamlagich; i – g‘ishtni saralash uchun shablon; k – tugun yoki havo tortkich 
kanallarini terish uchun shablon; 1 – reja ip; 2 – ko‘chiriladigan xomut; 3 – qatorni 
belgilashga mo‘ljallangan alyuminiy gazcho‘p; 4 – xomutni mahkamlaydigan teshik; 
5 – mahkamlaydigan murvat; 6 – qatorni belgilovchi gazcho‘pni echishga 
mo‘ljallangan gazcho‘p, 7 – qatorni belgilovchi gazcho‘pni maxkamlovchi dastali 
skoba. 
 
4.8.
Ekstremal sharoitlarda g‘isht-tosh konstruksiyalarni barpo etish. Qish 
sharoitlarida g‘isht-toshli konstruksiyalarni barpo etish 
 
Manfiy temperaturalar yangi terilgan g‘isht konstruksiyalarida yuz berayotgan 
fizik-mexanik jarayonlarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Qorishma suvining muzga 
aylanishi tufayli g‘isht terilgan joyda qorishmaning qotishi to‘xtaydi, qorishma 
yotqizilishi bilan boshlangan sement gidratatsiyasi reaksiyasi qorishmaning 
temperaturasi pasaygani sari so‘nib boradi va to‘xtab qoladi. Qorishma muzlaganda 
sement (ohak), qum va muzning mustahkam mexanik aralashmasiga aylanadi. Suv 
muzga aylanib, hajmi ortadi, bu esa qorishma hajmining ortishiga olib keladi, buning 
natijasida u yumshaydi, uning zarrachalari orasidagi bog‘lanishlar buziladi, 
mustahkamligi keskin pasayadi. Toshlarning sirtida muz pardasi hosil bo‘ladi, bu esa 
qorishmaning tosh-g‘isht bilan ilashishi mustahkamligini pasaytiradi. Natijada 
terilgan joy erta muzlaganda uning pirovard mustahkamligi 28 kunligida me’yorida 
qotgan konstruksiya mustahkamligidan ancha past bo‘ladi.
Ohakli qorishma ham muzlaganda qotish jarayoni to‘xtaydi, ammo sement 
qorishmasidan farqli ravishda erigandan so‘ng gidratatsiya jarayoni yangidan 
boshlanmaydi.


105 
Qish sharoitida g‘isht terish ishlarini bajarish uchun muzlatish usulidan 
foydalaniladi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-
musbat temperaturada erigandan so‘ng agar muzlatish paytiga qadar 
qorishma 
kritik mustahkamlikka
erishgan bo‘lsa g‘isht terilgan joyida o‘z 
mustahkamligini yana oshira boshlaydi, bunda kritik mustahkamlik odatda marka 
mustahkamligining 20% dan ortig‘ini tashkil etadi;
-
muzlatish usulini katta ekssentrisitetga ega nomarkaziy siqilgan 
konstruksiyalar va vibratsiyaga uchraydigan konstruksiyalar uchun, shuningdek 
xarsangtosh terilgan devorlarda, xarsangtosh betonli devorlarda, ravoqlarda qo‘llab 
bo‘lmaydi; 
-
faqat sementli va murakkab qorishmalardan foydalaniladi, chunki ohakli va 
ohakli-loyli qorishmalar erigandan so‘ng qotish qobiliyatini saqlab qolmaydi;
-
qurilish maydonchasiga qorishmani eltib beradigan transport vositalari 
albatta isitiladi, ish olib borilayotgan joylarga qorishma ulushi (porsiyasi) faqat 
20...30 min. ishlashga etadigan va qorishma temperaturasi +20
0
S dan kam 
bo‘lmaganda uzatiladi;
-
g‘isht terishning bajarilishini va uni eritish ustidan albatta nazorat jurnalini 
yuritish kerak, chunki qorishma zichligining bir xil emasligi tufayli eriyotgan notekis 
cho‘kishlar bo‘lishi mumkin. 
Amalda qishki sharoitlarda g‘isht terishning quyidagi usullari qo‘llaniladi. 
G‘isht terish devorning butun eni bo‘yicha bir vaqtda amalga oshiriladi. 
Qorishma keyingi 5...6 qatorga g‘isht terilgandan so‘ng muzlashiga erishish 
maqsadga muvofiqdir, bu uning yaxshiroq zichlashishini ta’minlaydi va bahorda 
cho‘kishini kamaytiradi. G‘isht terilgan joyning mustahkamligini oshirish uchun 
tutashgan va kesishish joylarida metall bog‘lamlar o‘rnatiladi, buni odatda har bir 
qavat ustyopmasi sathida amalga oshiriladi (4.20 - rasm). Yig‘ma elementlar qavatda 
g‘isht terish bevosita tugallangandan so‘ng montaj qilinadi, ustyopma plitalari esa 
tashqi versta qatorlar choklarida albatta ankerlash bilan montaj qilinadi. 
4.20-rasm. Ish jarayonida tosh-g‘isht terishni po‘lat bog‘lamalar bilan kuchaytirish: 
a – burchaklarda; b – devorlar kesishgan joyda; v – ustunlarning devorga tutashish 
joylarida; 1 – diametri 10...12 mm li vertikal ankerlar; 2 – diametri 8...10 mm bo‘lgan 
gorizontal bog‘lanishlar; 3 – diametri 8...10 mm bo‘lgan gorizontal anker. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə