O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 Konstruksiya elementlarini montajga tayyorlash



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 
5.3. Konstruksiya elementlarini montajga tayyorlash 
 
Konstruksiya elementlarini montajga tayyorlashda quyidagilar ko‘zda tutiladi: 
elementlarni yassi yoki fazoviy bloklarga yig‘ish, elementlarning ustivorligini va 
ko‘tarish vaqtida ularning o‘zgarmasdan qolishini ta’minlash uchun ularni 
vaqtinchalik mahkamlash, ishlarni xavfsiz va qulay tarzda olib borish uchun 
havozalarni, zinapoyalarni, to‘suvchi va boshqa moslamlarni o‘rnatish, himoyalash 
ya’ni ehtiyotkorlik arqonlari, tortqilar va tortuvchi arqonlarni mahkamlash va b.. 
Elementlarning gabaritli o‘lchamlari yoki massalari tufayli ularni qurilish 
maydoniga tayyor, yig‘ilgan holatda etkazib bo‘lmaydigan vaziyatlarda yiriklashtirib 
yig‘ish lozimdir. Qurilish maydoniga keltirilgan yig‘ma temirbeton elementlardan 


120 
uzunligi 24 m va undan yuqori bo‘lgan fermalarni va og‘ir turdagi bir qavatli sanoat 
binolarning baland ustunlari yig‘iladi. Ba’zan temirbeton ustunlar va rigellardan 
ramali sistemalar tashkil qilinib, ikkita yarimta holatda keltiriladigan tom yopish 
fermalarini birlashtirib, devor panellar va boshqa konstruksiyalarni yig‘ib yassi 
bloklar hosil qilinadi. Qurilish maydonida metall konstruksiyalarni yig‘ish uchun 
o‘sha konstruksiyalar uchun hamda yorug‘lik va aeratsion fonarlarga ega bo‘lgan 
fermalar uchun bajariladi. 
Yiriklashtirib yig‘ish ishlari asosan konstruksiyalar saqlanadigan omborlarda 
yoki 
statsionar (ko‘chmas) stellajlar
o‘rnatilgan maxsus maydonlarda amalga 
oshiriladi. Uzunligi bo‘yicha yiriklashtiriladigan elementlar kran yordamida 
ombordan ko‘tariladi va tayanchlarga yoki kassetalarga shunday tarzda o‘rnatiladiki, 
bunda ularning bo‘ylama o‘qlari bir-biriga mos tushmog‘i taqozo etiladi. Undan 
keyin elementlarning bosh va oxirgi qismlari (uchlari) to‘g‘irlanadi va elementlardagi 
chiqib turgan armaturalar yoki alohida sterjenlar o‘qlari bir-birlariga moslab 
to‘g‘irlanadi. Qo‘shimcha xomutlar o‘rnatilgandan va sterjenlar payvandlangandan 
keyin elementlarning tutashgan joylariga qolip o‘rnatiladi va unga beton aralashmasi 
qo‘yiladi. Bu betonning klassi va uning qotgandan keyingi mustahkamligi loyiha 
bo‘yicha o‘rnatiladi. Odatda, tutashgan joylarga qo‘yiladigan beton klassi 
tutashtirilayotgan elementlar betonining klassi bilan bir xil bo‘ladi yoki bir klass 
yuqori bo‘ladi.
Keyingi yillarda konstruksiyalarni montajli va montaj-texnologik bloklarga 
yiriklashtirib yig‘ish keng qo‘llanilmoqda. Bunday yiriklashtirib yig‘ish qurilish 
muddatini sezilarli ravishda qisqartiradi, chunki bunda binoni barpo etish parallel 
ravishda va hattoki ilgarilab olib boriladi. Konstruksiyalarni yig‘ish bo‘yicha 
bajariladigan katta hajmli ishlarda yiriklashtirib yig‘ish stendlar yoki konduktorlar 
bilan 
jihozlangan 
yig‘ish 
maydonlarida 
olib 
boriladi, 
konduktorlarda 
konstruksiyalarni yig‘ish jarayoni ularni mahkamlash va to‘g‘irlash, tekislashni 
amalga oshirish imkonini beradi; ba’zan bunday yig‘ish maydonlari konveyerli 
liniyalar bilan ham jihozlanadi. Yig‘ish maydonlari montaj kranlarining harakatlanish 
zonasiga yoki montaj qilinayotgan ob’ekt atrofiga, yoxud omborga yaqin joylarga 
joylashtiriladi, konveyerli liniyalar esa ob’ektlar yaqiniga o‘rnatiladi.
Temirbeton fermalar va ustunlar qurilish konstruksiyalari omborlarida 
yiriklashtirilib yig‘iladi va u erdan montaj qilishga yiriklashtirilgan holatda beriladi. 
Bunday yig‘ilgan elementni montaj joyiga etkazish murakkablik tug‘dirganda yoki 
ularni etkazishning iloji bo‘lmagan hollarda konstruksiyalarni yig‘ish ularni o‘rnatish 
joylarida, ya’ni montaj kranining harakatlanish zonasida amalga oshiriladi. Biroq 
konstruksiyalarni montaj kraning harakatlanish zonasida yig‘ish ko‘p hollarda kam 
unumdorlidir. SHuning uchun, tashish sharoitlari mavjud bo‘lgan vaziyatlarda 
konstruksiyalarni yiriklashtirish ishlarini yuk ko‘taruvchi jihozlar va yig‘ish-
payvandlash moslamalari bilan ta’minlangan maxsus maydonlarda bajarish maqsadga 
muvofiqdir. Transport xarajatlarni kamaytirish maqsadida bu maydonlarni mumkin 
qadar montaj qilinadigan ob’ektlar yaqiniga joylashtirish taqoza etiladi.
Yig‘ish maydonlariga xizmat ko‘rsatish uchun “to‘rt oyoqli” kranlardan 
foydalanish ratsional bo‘lib, bunda konstruksiyalarni taxlab joylashtirish sezilarli 


121 
darajada soddalashadi va qanday massaga ega bo‘lishidan qat’iy nazar 
konstruksiyalarni butun maydon bo‘yicha bir tekisda taqsimlash mumkin. 
Yiriklashtirib-yig‘ish operatsiyalarini mexanizatsiyalashtirish uchun “to‘rt oyoqli” 
kranlarni qo‘llash bunday ishlarning narxini arzonlashtiradi va ekspluatatsiya-
foydalanish narxi 1,5...2 marta yuqori, katta yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan 
temiryo‘l va gusenitsali kranlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. 
5.4-rasm. Temirbeton fermani yiriklashtirishga xizmat qiladigan stellaj:
1 – yakka kassetalar; 2 – yarim fermalar; 3 – juft kassetalar; 4 - gorizontal vintlar. 
Metall konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ish uchun qurilayotgan ob’ekt 
yonidagi maxsus maydonchalarda statsionar (ko‘chmas) stellajlar o‘rnatiladi. Metall 
fermalar va kran osti balkalari ularning ko‘ndalang tomoni bo‘yicha egiluvchanligi 
katta bo‘lganligi tufayli ularni ko‘pincha gorizontal holatda yig‘ish taqoza etiladi.
Uzunligi 24 m va undan yuqori bo‘lgan fermalar, jumladan fonarlarga ega 
bo‘lgan fermalar ba’zan gorizontal holatda yiriklashtirilib yig‘iladi. Yig‘ilayotgan 
elementlarning gorizontal yotqizilgan qismi stellajdagi yig‘ish teshiklariga 
to‘g‘irlanadi va ular boltlar yoki tiqinlar yordamida mahkamlanadi. Yig‘ish teshiklari 
bo‘lmagan hollarda tutashadigan elementlarning bir-biriga to‘g‘ri tushishi stellaj 
progonlariga mahkamlangan fiksatorlar yordamida tekshiriladi. Stellaj konstruksiyasi 
yuqori va pastki belbog‘larni tepa tomondan payvandlash imkonini beradi, keyin 
yig‘ilayotgan elementni shift (potolok)ni payvandlashdan qutulish maqsadida bu 
element boshqa tekislikka qayta o‘rnatiladi va tutashgan joylar boshqa tomoni 
bo‘yicha payvandlanadi.
Bino konstruksiya va detallarini montaj qilish uchun asbob-uskunalarning 
quyidagi turlari qo‘llanadi: 

konstruksiyalarni ilib ko‘tarish (stropovka qilish) uchun mo‘ljallangan 
takelaj moslamalar – stroplar, traversalar, changaklar, karabinlar; 

konstruksiyani ko‘chirish (siljitish) uchun jihozlar – chig‘irlar (lebedkalar), 
bloklar va polispastlar, ko‘targich-domkratlarlar, tallar, montaj machtalari, shevrlar;

montaj tutashmalarini mahkamlash va beton aralashmasi bilan to‘ldirish 
uchun jihozlar (asbob-uskunalar, moslamalar) – payvandlash apparatlari, 
transformatorlar, kompressorlar, korroziyaga qarshi qoplamalarni sepadigan 
apparatlar, choklar va tirqishlarni germetiklashtirish asboblari va hokazolar;


122 

konstruksiyalarni vaqtinchalik mahkamlash va to‘g‘irlash uchun zarur 
bo‘lgan montaj moslamalari – konduktorlar, tirgaklar, tayanchlar, tirgovuchlar, 
strubsinalar;

montajchilarning ish joyini o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan jihozlar – 
narvonlar va shotilar, so‘rilar, kajavalar, osma maydonchalar. 
Poydevorlarni montaj qilishdan oldin zaminning tayyorlik holati tekshiriladi, 
aynan, zaminning sathiy belgisi, uning gori-zontalligi nazorat qilinadi, zarur bo‘lgan 
hollarda zaminni tekislash amalga oshiriladi. Ustunlar va poydevor to‘sinlarini 
montaj qilishdan oldin poydevorlarni tayyorlash konstruksiyalar o‘lchamlarining 
to‘g‘riligi va poydevorlarga qo‘yiladigan po‘lat ustunlarni o‘rnatishga mo‘ljallangan 
ankerli boltlarning to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshiriladi. Poydevor o‘qlari holatining 
to‘g‘riligi, temirbeton boshmoklardagi stakanlar sathi, gorizontal belgilar va sathlar 
geodezik asboblar yordamida tekshiriladi.
Elementlarni ko‘tarishga tayyorgarligi uning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha yaroqli 
ekanligi, uni tozalash, o‘lchamlarini tekshirish va ularga o‘q belgilari chizilishidan 
iborat. Tashqi tekshiruvda betonda singan joylar va yoriqlarning borligi, montaj 
ilmoqlarining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, payvandlash quyma metall detallarida, 
shtrablarida, montaj ilmoqlari uchun mo‘ljallangan uyacha (teshik)larda beton 
qoldiqlarining bor yoki yo‘qligi tekshiriladi. Ruxsat etilgandan yuqori bo‘lgan yoriq 
va boshqa nuqsonlarga ega bo‘lgan detallar yaroqsiz deb topiladi. O‘q belgilari 
betonli yuzalarga yumshoq qora qalam bilan, metall qo‘yma detallarga zubila va 
bolg‘a bilan chiziladi. 
Yig‘ma elementlarni ko‘tarish uchun montaj qilinayotgan element 
tiklanayotgan konstruksiyada qanday holatda ishlasa xuddi shunday holatda 
ko‘tarilishi tavsiya etiladi. Montaj qilinayotgan elementlarni oxista, ravon, 
siltamasdan, chayqaltirmasdan va aylantirmasdan ko‘tarish talab etiladi. Buyumlarni 
ko‘tarishda shunday usullardan foydalaniladiki, ularni ko‘tarish va o‘rnatish 
jarayonida xavfli kuchlanishlar paydo bo‘lmasligi hamda ishlarni olib borishning 
xavfsiz sharoitlarini yaratish toqazo etiladi. Zarur bo‘lgan hollarda ko‘tarilayotgan 
elementlarni vaqtincha kuchaytirish amalga oshiriladi. Og‘ir element va 
konstruksiyalar ikki harakatda ko‘tariladi: birinchi xarakatda 0,2...0,3 m balandlikka 
ko‘tarilib og‘irligi ta’sirida bir muddat ushlab to‘rilib qo‘shimcha tarzda stroplarning 
ishonchliligi va holatining to‘g‘riligi tekshiriladi, so‘ngra ikkinchi harakatda 
loyihaviy sathga ko‘tarish davom ettiriladi (5.5-rasm). 


123 
5.5-rasm. Konstruksiyalarni vaqtincha mahkamlash va to‘g‘rilash uchun moslamalar.
a – tortqi (raschalka); b – tirgovich (podkos); v – poydevorga stakaniga ustunni 
o‘rnatish uchun konduktor; g – oldin montaj qilingan ustunlarni boshiga, keyingi 
ustunni o‘rnatish uchun konduktor; 1 – poydevor; 2 – ustun; 3 – tortqi; 4 – vintli 
tortma, 5 – ponasimon tiqin; 6 – suriladigan muftali ilgak; 7 – teleskopik shtanga; 
8 – strubsina; 9 – panel; 10 – tortish boltlari; 11 – rama; 12 – tirgakli domkrat; 
13 – qulflaydigan shkvoren; 14 – aylanadigan to‘sin; 15 – ustunlarni to‘g‘rilash 
uchun vintlar; 16 – ustunni yuqori qismi; 17 – ustunning bosh qismida konduktorni 
mahkamlash uchun vintlar. 
Qurilishda montaj qilinayotgan elementlarni vaqtincha mahkamlash uchun har 
xil montaj moslamalar va qurilmalar qo‘llaniladi. Ular alohida yakka holda 
(individual) va guruhli bo‘lishi mumkin. Alohida yakka holdagi (individual) 
moslamalarga 
ponalar, 
tortqilar, 
tirgovichlar, 
konduktorlar, 
fiksatorlar, 
mahkamlagichlar, ushlagichlar va shunga o‘xshashlar tegishli. Guruhli moslamalar 
bir nechta statik turg‘un bo‘lmagan montaj elementlarini mahkamlashni nazarda 
tutadi. 
Elementlarni to‘g‘rilash montaj qilinayotgan konstruksiyalarning loyihaviy 
holatga aniq mos kelishini ta’minlaydi. Montaj qilinayotgan konstruksiyalarning turi, 
tutashmalari va ustivorligining ta’minlanganlik sharoitlariga bog‘liq ravishda 
to‘g‘rilash ishlari ko‘z bilan chamalab yoki o‘rnatish jarayonida asbob-uskunalar 
yordamida (instrumental) to‘g‘irlanadi, bunda konstruksiyalar montaj mexanizmlari 
bilan ushlab turiladi yoki o‘rnatilib mahkamlangandan so‘ng bajariladi. 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə