O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Ko‘z bilan chamalab (vizual) to‘g‘irlash
konstruksiyalarning tutashgan joylari 
va tayanch yuzalari etarlicha aniq bo‘lganda olib boriladi. Bunda po‘lat ruletkalar, 
kalibr, andazalar va boshqalar qo‘llanilishi mumkin. 
Asbob-uskunalar bilan (instrumental) to‘g‘irlash 
faqat tayanch yuzalar, montaj 
qilingan konstruksiyalarning chetki yon tomon asoslari yoki ular tutashgan joylar 
tekshirilganda montaj elementlari va konstruksiyalarini aniq o‘rnatish murakkab 
bo‘lgan hollarda bajariladi. Bunday tekshirish maxsus montaj moslamalari 


124 
(konduktorlar, rama-sharnirli indikatorlar va shunga o‘xshashlar) o‘rnatilganda olib 
boriladi. Asbob-uskunali to‘g‘irlash to‘g‘rilash montaj qilingan konstruksiyalarni reja 
bo‘yicha balandlik va vertikal holatlarini tekshirishning eng keng tarqalgan turidir. 
Bunday to‘g‘irlash jarayonida teodolit, nivelir, lazer uskunalari va qurilmalari 
qo‘llaniladi. 
To‘g‘irlamay o‘rnatish
yig‘ma metall konstruksiyalarni (alohida hollarda 
temirbeton konstruksiyalarni ham) montaj qilishda ko‘proq qo‘llanilmoqda. Uning 
asosiy shartlaridan biri montaj tutashmalarida geometrik o‘lchamlarning yuqori 
klassda aniq bo‘lgan konstruksiyalarning qo‘llanishi bilan belgilanadi. Bu montaj 
vaqtida, masalan, po‘lat ustunlar, frezerli tayanch ko‘ndalang tomonlarga ega bo‘lgan 
karkas tayanchlarini va elementlarini balandlik va vertikal bo‘yicha to‘g‘irlashlarni 
inkor etish bilan loyihaviy holatga o‘rnatish imkonini beradi.
Avtomatlashtirilgan (avtomatik )to‘g‘irlash
konstruksiyalarni o‘rnatish bilan 
parallel ravishda avtomatik qurilmalar yordamida avtomatik to‘g‘rilashni ko‘zda 
tutadi. 
Elementlarni to‘g‘irlashda: 

teodalit yoki shovun yordamida elementlarning vertikal o‘rnatilganligi 
tekshiriladi; 

nivelir yoki shayton (uroven) bilan o‘rnatilganlikning gorizontalligi 
tekshiriladi; 

ustunlarni poydevor stakaniga o‘rnatishdan oldin ularninng xaqiqiy 
o‘lchamlari tekshiriladi, ushbu o‘lchamlar bo‘yicha poydevorlar tayyorlanadi – 
poydevor stakanini chuqurligi bo‘yicha cho‘qurlashtirish yoki poydevor stakani 
ichiga beton aralashmasi quyiladi, ko‘pincha 1-2 sm qalinlikda armotsementli 
qistirmalar yotqiziladi. 
To‘g‘irlash davrida konstruksiya montajning to‘g‘ri ketma-ketligi evaziga, o‘z 
xususiy massasi, montaj va shamol ta’sirida ustivor bo‘lishi lozim, tutash va tayanch 
maydonchalarining loyihaviy o‘lchamlariga rioya qilinishi, loyihada ko‘rsatilgan 
vaqtinchalik yoki doimiy bog‘lanishlar va mahkamlash moslamalari o‘z vaqtida 
o‘rnatilishi hamda qurilish jarayonlarini havfsiz olib borishni ta’minlash taqozo 
etiladi. 
Montaj vaqtida element va konstruksiyalarning loyihaviy holatdan mumkin 
bo‘lgan chegaraviy chiqishlari konstruktiv echimlar, qo‘llanayotgan moslamalar va 
jihozlar, payvandlash ketma-ketligi va QMQda ko‘rsatilgan me’yorlarda ko‘zda 
tutilgan boshqa shartlarga bog‘liq ravishda ishlarni bajarish loyihasida ko‘rsatilgan 
bo‘lishi lozim. Tekshiruv natijalari montaj qilingan konstruksiyalarni oraliq qabul 
qilish dalolatnomalari va geodezik nazoratning ijro sxemalari ilova qilingan yashirin 
ishlar to‘g‘risida guvohlik beruvchi dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. 
To‘liq yig‘ma binolarning umr boqiyligi ko‘p jihatdan o‘rnatilgan detallar va 
ular orasidagi payvand birikmalarining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Po‘lat o‘rnatilgan 
detallar va payvandlangan choklar tirqishlar hamda g‘ovaklar orqali kiradigan 
agressiv muhit ta’siri ostida korroziyaga uchraydi, buning natijasida konstruksiyalar 
orasidagi po‘lat birikmalarning zaiflashuvi va buzilishi ro‘y beradi. Konstruksiyalarni 
doimiy mahkamlash katta darajada atrof muhitni yomon ta’sirini oldini oladi. 


125 
Binolarni 
barpo 
etishning 
asosiy 
masalalaridan 
biri 
bu 
alohida 
konstruksiyalarning o‘zaro ishonchli birikishidir, chunki bunday birikmalarning sifati 
ma’lum bir darajada montaj qilingan inshootlarning sifati va ishonchliligini oldindan 
aniqlab beradi. Elemetlar birikmalari uch xilga bo‘linadi: choklar, tutashgan joylar 
(tutashmalar) va tugunlar. 
Choklar
– elementlarning eng ko‘p uchraydigan birikmalari, bu birikmalar 
gorizontal va vertikal tekisliklar, yonma-yon joylashgan elementlarni orasidagi 
bo‘shliqdir. YOnma-yon yotqizilgan tom orayopma panellari orasidagi bo‘shliq, tom 
orayopma paneli va u yotadigan rigel devori orasidagi bo‘shliq, orayopma panellari 
va uning ustiga o‘rnatilgan devor panellari birlashgan tekisliklar – bu biriktiriladigan 
konstruksiyalarning orasidagi choklardir.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə