O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 
 
 
 


116 
5.2. Konstruksiyalarni tashish usullari va vositalari 
 
Konstruksiyalarni qurilish maydoniga etkazish barcha turdagi transportlar bilan 
amalga oshirilishi mumkin, ya’ni er usti transporti – avtomobillar, temir yo‘llar, 
traktorlar, hamda suv va havo transportlari bilan.
 
Qurilish transportini tanlashga ta’sir qiluvchi asosiy omillar: 

qurilish ob’ektining joylashgan o‘rni; 

yaqin joylashgan mavjud transport kommunikatsiyalari; 

qurilishni yig‘ma konstruksiyalar bilan komplektlashtiruvchi zavodlarning 
joylashishi; 

vaqtinchalik va iqlim sharoitlari; 

konstruksiyalarning massasi, gabaritlari, ularni tashish masofasi. 
Temirbeton yig‘ma konstruksiyalarni tashish uchun mo‘ljallangan asosiy 
transport turi avtomobil bo‘lib, uning yuk tashish masofasi 200 km gacha bo‘ladi. 
Yig‘ma konstruksiyalarni zavodlardan qish paytida beton 100% li 
mustahkamlikni, yozda esa 70% li mustahkamlikni egallagandan so‘ng jo‘natishga 
ruxsat beriladi, bunday sharoitda konstruksiyalarni tayyorlovchi zavod 28-kunda 
beton markadagi mustahkamlikni egallashiga kafolat beradi. 
Uzunligi 6 m gacha bo‘lgan elementlar bortli avtomobil mashinalarida 
tashiladi. Uzunligi ko‘proq bo‘lgan va massasi 14 t.dan og‘ir bo‘lgan elementlarni – 
tirkamali va yarimtirkamali avtopoezdlarda; 40 t.gacha bo‘lgan konstruksiyalar 
trayler – tirkamalarda; 35 t.gacha bo‘lgan konstruksiyalarni paneltashigich, 
fermatashigich va bloktashigichlarda tashiladi. 
Uzun o‘lchamli konstruksiyalar fermatashigichlar va shunga o‘xshash transport 
vositalarida tashilganda yon tomondagi (yonboshdagi) kuchlanishlar yo‘lning burilish 
uchastkalarida mashinaning ramasi orqali qabul qilinadi. Transport vositasining 
harakat tezligi tashilayotgan konstruksiyalarning butunligini saqlash nuqtai nazaridan 
kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Yig‘ma elementlarni transport vositalariga taxlash quyidagi talablarni bajarish 
orqali amalga oshiriladi: 

elementlar loyihaviy holatlarga yaqin holatda tashiladi, ustunlar bundan 
mustasno, ular gorizontal holatda tashiladi; 

tashilayotgan elementlar yog‘och inventar qistirmalarga suyangan bo‘lishi 
va bu qistirma hamda tagliklar elementlarni tayyorlanish ishchi chizmalarida 
ko‘rsatilgan joyga o‘rnatilgan bulishi lozim; qistirma va tagliklarning qalinligi 25mm 
dan kam bo‘lmasligi va elementlarning chiqib turgan elementlar balandligidan past 
bo‘lishi kerak. Oraliq qistirmalarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi. 

ko‘p yarusli qilib yuklashda qistirma va tagliklarni vertikal bo‘yicha aniq 
bir vertikal chiziqda o‘rnatish taqozo etiladi; 
Inshootda gorizontal o‘rnatiladigan va gorizontal holda ishlovchi: to‘sin, rigel, 
yopma plita va panellari, baland devor bloklari (1,5 m dan yuqori), hamda uzun 
o‘lchovli yig‘ma konstruksiyalar – ustunlar va qoziqlar gorizontal holda tashiladi 
Stropila va stropilaosti fermalari, devor panellari, pardadevor panellari vertikal 
yoki qiya holatda tashiladi. 


117 
Hajmdor elementlar – blok-xonalar, blok-kvartiralar, sanitar-texnik kabinalar 
loyiha holatida tashiladi. 
Juda o‘zoq masofalarga temir yo‘llar bo‘ylab tashishga ruxsat etiladi 
Metall konstruksiyalar o‘zoq masofalarga ko‘pincha temir yo‘llar orqali 
alohida tarkibiy qismlardan iborat, mayda elementlar sifatida etkaziladi. 
Yog‘och konstruksiyalar tayyor holda emas asosan elementlarga ajratilgan 
paketlar holida tashiladi. 
Avtomobil va temir yo‘l transporti bilan tashiladigan yuklarning o‘lchamlari 
harakatlanuvchi sostav gabaritlariga mos tushishi kerak. Har xil cheklanishlar 
gabaritlar bo‘yicha maxsus kelishuv va nazoratni talab etadi. 
Ombordagi konstruksiyalarning kerakli zaxirasi ishlab chiqarish loyihasidagi 
taqvimiy grafik asosida o‘rnatiladi va ularni taxlash uchun kran ta’sir zonasida 
maxsus maydon ajratiladi. Qurilish maydoniga etkazilgan yig‘ma konstruksiyalar 
odatda maxsus tushiruvchi o‘zi yurar kranlar bilan va kam hollarda montaj 
mexanizmi yordamida tushiriladi. “Transportdan montaj” qilish tejamli va kam 
mehnat sarf qilinadigan usuldir. 
Montajni bajaruvchi tashkilot qurilish maydoniga kelgan konstruksiyalarni 
qabul qiladi. Yig‘ma konstruksiyalar ushbu buyumlarning ruxsat etilgan 
o‘lchamlaridan chetga chiqishini hisobga olgan holda va 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə