O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 konstruksiyalarni transport vositalaridan montaj qilish



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

 

konstruksiyalarni transport vositalaridan montaj qilish;
 

konstruksiyalarni oldindan erda o‘zgarmaydigan bloklarga birlashtirib 
yiriklashtirish;
 

binoni kompleks brigada va montaj mexanizmlari biriktirilgan montaj 
uchastkalari yoki qamrovlarga bo‘lish;
 

keyingi ishlarni bajarish uchun barpo etilayotgan binoda alohida montaj 
qilingan uchastkalarni ritmik tarzda topshirishni ta’minlash;
 

variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida montaj usullari va 
mexanizmlarni tanlash.
 


114 
Quruvchilar uchun barpo etiladigan binoning texnologikligi asosiy omil bo‘lib 
u o‘z ichiga qo‘llanilayotgan montaj elementlarining texnologik qulayligini inobatga 
oladi va ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 

montaj qilinayotgan elementlarning namunaviy o‘lchamlarining minimal 
soni ya’ni konstruksiyalarni tiplarga (turlarga) ajratish darajasi; 

etkazib berilayotgan konstruksiyalarning qurilish uchun maksimal 
tayyorligi – geometrik o‘lchamlar va mahkamlash detallari holatining aniqlik 
darajasi;

hamma elementlarni ilish, ko‘tarish, montaj qilish, o‘rnatish va 
to‘g‘rilashning qulaylgi; 

hamma tutashgan joylarni bekitish va choklarni to‘ldirishning qulayligi; 

konstruksiya o‘rtacha og‘irligining maksimal og‘irligiga nisbatini 
ifodalovchi montaj massasining birinchi ko‘rsatkichiga yaqinligi ya’ni ularning 
yiriklashtirilganligi va muvozanatlashganligi. 
Yig‘ma qurilish konstruksiyalarni montaj montaj qilishning texnologik 
jarayoni – shunday jarayonlar va operatsiyalar yig‘indisiki, ularni bajarish natijasida 
karkas, bino yoki inshootning biron-bir qismi yoki to‘liq barpo etilgan inshoot hosil 
bo‘ladi. Tayyor montaj qilingan mahsulotni olishga imkon beruvchi barcha 
jarayonlarning yig‘indisi transport (tashish), tayyorgarlik, asosiy va yordamchi 
jarayonlardan tashkil topadi. 
Transport jarayonlari 
konstruksiyalarni markaziy va ob’ekt oldi omborlariga 
tashish, konstruksiyalarni ortish va tushirish, ularni turlarga ajratish hamda 
omborlarga taxlash, konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‘ishdan yoki omborlardan 
montaj qilishga uzatish, ashyolar, yarimfabrikatlar, detallarni va jihozlarni montaj 
zonasiga tashishdan iboratdir. Konstruksiyalarni taxlash vaqtida ularning sifati, 
o‘lchamlari, markirovkasi va to‘liqligi (komplektligi) alohida nazorat qilinadi. 
Konstruksiyalarni transport vositasidan to‘g‘ridan–to‘g‘ri uzatish orqali binolarni 
montaj qilishda tushirish va xillarga ajratish jarayonlari bajarilmaydi, chunki 
konstruksiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri montaj qilishga uzatiladi. 
Tayyorgarlik jarayonlari 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: konstruksiyalarning 
holatini, yiriklashtirilganligini, konstruksiyalarning vaqtincha kuchaytirilganligini 
tekshirish, montaj qilishga va o‘rnatishga tayyorlash, konstruksiyalarni bevosita 
yagona montaj birligi sifatida o‘rnatish joyiga uzatish. Konstruksiyalarni jihozlar 
bilan ta’minlash, vaqtincha mahkamlash va ishlarni xavfsiz bajarish uchun uskunalar, 
montaj qilinayotgan elementlarga o‘q belgilarini chizish, narvon va so‘rilarni osib 
o‘rnatish kabi qo‘shimcha jarayonlar ham kiradi, bu jarayonlar qurilmani 
ko‘tarishdan oldin bajariladi. 
Yordamchi jarayonlar
poydevorlarning tayanch yuzalarini tayyorlash, 
konstruksiyalarni to‘g‘rilash, agar bu jarayolar ular o‘rnatilgandan so‘ng bajarilsa, 
havozalarni o‘rnatish, o‘tish maydonlari, narvon va to‘siqlarni o‘rnatish ishlari 
konstruksiyalarni o‘rnatish davrida bajariladi. 
Asosiy yoki montaj jarayonlari
– konstruksiyalarni loyihaviy joyiga o‘rnatish, 
ya’ni montaj qilish. Montaj jarayonlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 

yig‘ma konstruksiyalarni o‘rnatish joyini tayyorlash; 


115 

ilish va ko‘tarish, fazoda ko‘chirish, orientirlash va o‘rnatish hamda 
vaqtincha mahkamlash; 

ilgaklarni bo‘shatish; 

butunlay to‘g‘rilash va mahkamlash; 

vaqtinchalik mahkamlash moslamalarini olib tashlash; 

tutashgan joylar va choklarni to‘ldirish. 
Konstruksiyalarning turi, montaj qilish jihozlari, tutashuv joylari va 
ustivorlikni ta’minlash sharoitlariga bog‘liq ravishda to‘g‘rilash ishlari o‘rnatish 
jarayonlari paytida amalga oshirilish mumkin, bunda konstruksiya montaj krani bilan 
ushlab turiladi yoki vaqtinchalik mahkamlangandan so‘ng amalga oshiriladi. 
Ombordan montaj qilish
amalga oshirilayotganda oldinda ko‘rib chiqilgan 
hamma texnologik operatsiyalar bevosita qurilish maydonida bajariladi.
5.1.-rasm. Ombordan va transport vositalaridan montaj qilishning
asosiy-prinsipial sxemalari. 
a – ombordan montaj qilish; b – transport vositalaridan montaj qilish;
1 – qurilayotgan bino; 2 – kran; 3 – konstruksiyalar ombori; 4 – yo‘l; 5 – tushirish 
paytida yarimtirkamali shatak; 6 – kuzovidan konstruksiyalar olinib montaj qilgandan 
so‘ng yarimtirkama; 7 – yarimtirkamani konstruksiyalari bilan kran ko‘taradigan 
joyga o‘rnatish. 
Transport vositasidan “g‘ildirakdan”
montaj qilish
qurilish maydonida 
asosan faqat montaj jarayonlari bajarilishini nazarda tutadi. Montajga to‘liq 
tayyorlangan va hozirlab qo‘yilgan konstruksiyalar qurilish maydoniga zavoddan 
aniq belgilangan vaqtda keltiriladi va bu konstruksiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport 
vositalaridan o‘rnatiladigan joyga loyihaviy holatda uzatiladi. Qurilish 
jarayonlarining bunday tashkil etilishi faqat shunday konstruksiyalarni etkazishni 
talab qiladiki, bunda ularning komplektlari to‘liq va ritmik ravishda albatta 
belgilangan vaqtda montaj qilinishi kerak. Bu usul ilg‘or usul hisoblanib, bunda 
amaliyotda ob’ektoldi omborlarga ehtiyoj qolmaydi, yig‘ma elementlarni oraliqlarda 
ortib-tushirish ishlari bo‘lmaydi, bunda tor qurilish maydonchalarida ishlarni 
bajarishga yaxshi sharoitlar yaratiladi, qurilish maydonida ishlarni tashkil etish 
yig‘ish jarayonlarini zavodlarda bajarilayotgan texnologiyaga o‘xshashligini eslatadi, 
qurilish jarayonlarining ritmliligi-bir maromligi, uzluksizligi ta’minlanadi.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə