O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


V-BOB. QURILISH KONSTRUKSIYALARINI MONTAJ QILISH



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

V-BOB. QURILISH KONSTRUKSIYALARINI MONTAJ QILISH 
TEXNOLOGIYASI
 
5.1. Montaj ishlarining O‘zbekistonda rivojlanishi. 
 
Montaj - bino va inshootlarni zavodlarda tayyorlangan, yiriklashtirilgan 
konstruksiyalar, detallar va tugunlardan majmuali yig‘ish jarayonidir. Montaj qurilish 
ishlab chiqarishining etakchi jarayonidir. Bunga yig‘ma konstruksiyalarni ishlab 
chiqaruvchi rivojlangan sanoatning mavjudligi, mexanizatsiyalashning turli va 
samarador vositalari, qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkiliyoti sohasida 
zamonaviy yutuqlar, montaj ishlarini oqimli usullarda amalga oshirish mumkinligi 
yordam beradi. 
Konstruksiyalarni tayyorlash va montaj qilish bir-biri bilan yig‘ma 
elementlarni tayyorlangan joyidan ularni o‘rnatish joyigacha tashish operatsiyalari 
bilan uzviy bog‘langandir. Qurilish jarayonlarining ko‘proq qismini zavod 
sharoitlarida bajarishga o‘tqazish mehnat sharoitlarini yaxshilash va engillashtirishga 
olib keladi, sarf-harajatlarni qisqartiradi, mahsulot narxini kamaytiradi, qurilish 
maydonida montaj jarayonlarini mexanizatsiyalashga erishiladi. 
O‘zbekistonda yig‘ma temirbeton konstruksiyalar yigirmanchi asrning 50-
yillarida qo‘llanila boshlangan. Yig‘ma temirbetondan plitalar, baland bo‘lmagan 
ustunlar, engil kranlar uchun kran osti to‘sinlari tayyorlangan. 
Qurilishdagi montaj ishlarining nisbiy salmog‘i har doim oshib boraveradi. Bir 
tomondan alohida elementlarni tayyorlashda yuqori markali sementni qo‘llash 
natijasida ular massasining pasayishi, sifatli yirik va mayda to‘ldiruvchilarni ishlab 
chiqarish hamda ularni beton tayyorlashda qo‘llash, boshqa tomondan yig‘ma 
konstruksiyalarni yiriklashtirish, ularni maksimal darajada zavod va texnologik 
tayyor holatiga erishilmoqda. Qavatlarni va orayopmalarni ko‘tarish usullarini 
qo‘llash, sanoat binolari tomyopmalarini konveyerli yig‘ish va blokli montaj qilish
texnologik uskunalarni o‘rnatilgan holda yiriklashtirilgan konstruksiyalarni 
komplekt-blokli montaj qilish, to‘liq yig‘ilgan machta va minoralar montaji, alohida 
konstruksiyalar, butun bino va inshootlarni surib qo‘yish usullari keng tarqalmoqda 
Birinchi minorali kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati 3 t gacha bo‘lgan, hozir 
turar-joy qurilishi uchun yuk ko‘taruvchanligi 8...10 t bo‘lgan mobilli kranlar ishlab 
chiqarilmoqda, 
barpo 
etilayotgan 
binoning 
balandligi 
chegaralanmaydi 
(limitlanmaydi), lekin ko‘pincha 20-40 qavatdan oshmaydi. Sanoat qurilishi uchun 
yuk ko‘taruvchanligi 800...1000 t gacha bo‘lgan kranlar ishlab chiqarilyapti. SHu 
bilan bir qatorda domkratlar va elektromexanik ko‘targichlardan foydalanishga 
asoslangan kransiz montaj qilish usullari ham qo‘llanilmoqda. Yil sayin tele- va 
radioaloqa asosida montaj jarayonlarini masofadan boshqarish vositalari yanada keng 
qo‘llanilmoqda, montaj operatsiyalarini robotlashtirishni sanoatda o‘zlashtirilishiga 
qadam qo‘yilmoqda. 
80-yillarning boshlarida O‘zbekistonda yirik panelli va yirik blokli uylar turar-
joy fondining 45% ini tashkil etgan, boshqa ba’zi shaharlarda bunday binolar hamma 
turar-joy maydonlarining 90% ni tashkil etgan. Kelajakda qurilish ishlab chiqarishini 


113 
takomillashtirish va progressiv texnologik-tashkillashtirish, industriallashtirish 
omillarini tadbiq qilish natijasida konstruksiyalarni montaj qilish roli hamda hajmi 
o‘sib boradi, bunda bino va inshootlarni barpo etish muddatlari hamda tannarxining 
qisqarishi ta’minlanadi. 
Hozirgi paytda uy-joy qurilishida tashqi devorlari g‘ishtli va to‘liq yaxlit 
betondan bo‘lgan binolarda yaxlit temirbetonning hajmi oshib bormoqda. YAxlit 
konstruksiyalar bilan bir qatorda yog‘och va plastmassadan tashkil topgan 
engillashtirilgan konstruksiyalar hamda chodirli va pnevmatik konstruksiyalarga oid 
tizimlar ham keng qo‘llanilayapti. 
O‘zbekistonda beton qo‘llanilishining umumiy strukturasida yig‘ma temirbeton 
nisbatan kamroq va bundan keyingi rivojlanishda ham shunday holatning saqlanib 
qolish ehtimoli ko‘proq. Evropa mamlakatlarida va Rossiyada yig‘ma temirbetonning 
qo‘llanish ko‘lami yanada kengaymoqda. Yig‘ma temirbeton keng qo‘llanishining 
ko‘pgina ob’ektiv sabablari mavjud. Asosiy omillar iqlimga oid sharoitlar bo‘lib, 
konstruksiyalarni tayyorlash jarayonini berk binolarga ko‘chirishga intilishdir. 
Statsionar ishlab chiqarish sharoitlarida operatsiyalarni navbatma-navbat nazorat 
qilishni tashkil etish orqali konstruksiyalar sifatining turg‘unligini ta’minlash ancha 
engil kechadi. Turli shakldagi qoliplarni tayyorlashda zamonaviy polimer ashyolarini 
qo‘llash turli ko‘rinishdagi buyumlar turlarini yaratish va ularni arxitekturaviy 
pardozlash variantlarini ko‘paytiradi. Yig‘ma temirbetonni tayyorlashda kimyoviy 
qo‘shimchalarni 
qo‘llash 
beton 
aralashmasini 
zichlashtirish 
maqsadida 
qo‘llaniladigan tebratib zichlashtirish usulining davomiyligini qisqartirish yoki undan 
umuman voz kechish imkonini beradi. Beton tarkibi va konstrukiyalar shaklini 
tanlash hozirgi paytda buyumlarni yuqori aniqlikda tayyorlash va ruxsat etilgan 
qo‘yimlarni mm lardagi aniqlikgacha olib kelish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda yig‘ma temirbetonni ishlab chiqarishda energiya tejamkor 
texnologiyalarni qo‘llash eng asosiy omillardan biri hisoblanib, bu omil 
sementlarning yangi avlodini qo‘llash va betonni kimyolash – ko‘p funksiyali 
vazifalarni bajaruvchi qo‘shimchalardan keng foydalanishga tayanadi. 
Tashkiliy prinsiplarga quyidagilar kiradi: 

binoga kommunikatsiyalarni yotqizishni ham o‘z ichiga olgan holda nol 
sikli ishlarining birinchi o‘rinda bajarilishi; 

ko‘tarish-tashish transport mashinalari komplektining ish unumdorligigiga 
uzviy bog‘langan holda montaj ishlarini oqim usulida olib borish;

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə