5.4. Montaj kranlari va mexanizmlari
Texnologik nuqtay-nazardan montaj mashinalari ularning mobilligi va ular
xizmat ko‘rsatadigan montaj zonasi bo‘yicha sinflashtiriladi (klassifikatsiyalanadi).
Bunday belgilari bo‘yicha montaj kranlari va mexanizmlarini bir necha asosiy
guruhlarga bo‘lish (ajratish) mumkin.
Statsionar montaj mashinalari harakatlanish radiusini qat’iy belgilangan
holatda montaj qilishishlarini bajarishga kiritiladigan mashinalardir. Yangi to‘rish
joyiga ko‘chirishda mexanizm to‘liq yoki qisman demontaj qilinadi. Bunday
statsionar mexanizmlarga montad qulochlari, machitalar, shevrlar, machitali qulochli
kranlar, lentali va trosli ko‘targichlar, qo‘yiladigan kranlar va boshqalar kiradi.
Mobilligi chegaralangan mashinalar. Mobilligi chegaralangan mashinalar
shunday zonada montaj ishlarini olib borish imkoniyatiga egaki, bu zonaning eni
ushbu mashinalar harakatlanish radiusi orqali va uning uzunligi esa ularning
harakatlanish (ko‘chish) yo‘lining uzunligi bilan aniqlanadi. Bunday guruhdagi
montaj kranlari montaj zonasi chegarasida bir to‘rish joyidan ikkinchi turish
joyigacha ishlash vaqtida tanafussiz ko‘chishi mumkin. Montaj zonasi yoki ob’ekti
o‘zgargan vaqtida kran osti yo‘lini yangi joyga ko‘chirish, mexanizmni qayta
joylashtirish yoki uni demontaj qilish va ularning yangi ob’ektiga o‘rnatish lozim
bo‘ladi. Mobilligi chegaralangan montaj kranlariga minorali kranlar, portalli, to‘rt
“oyoqli” kranlar, temir yo‘lda yuruvchi kranlar, kabelli kranlar, ko‘chadigan bikr-
oyoqli qulochli kranlar kiradi.
Mobilli montaj mashinalari amalda chegaralanmagan ish zonasiga ega bo‘lib,
ular bir turish joyidan boshqa turish joyiga, bir ob’ektdan boshqa ob’ektga engil
ko‘cha oladi va tezda (zudlik bilan) transport holatidan ishchi holatiga o‘tadi. Bunday
mashinalarga gusensiali va pnevmog‘ildirakli o‘zi yurar qulochli kranlar, avtomobil
va traktor kranlar, avtomobil tipli maxsus shassili kranlar, vertolyotlar kiradi.
Maxsus montaj mashinalarispetsifik guruhni tashkil etadi. Bunday mashinalar
har xilda turda chiqariladigan mashinalarni yoki mavjud bo‘lgan mashinalarning
takomillashtirilgan variantlarini uzida nomayon etadi. Ularga o‘zi siljidigan va
128
minoralar va quvurlar montaji uchun qo‘yma (o‘rnatiladigan), gidravlik ko‘targichlar,
gradirenlarni montaj qiladigan kranlar tegishlidir.
Montaj mashinalari va mexanizmlari asosiy ish parametrlari (yuk
ko‘taruvchanligi, ilgakning ko‘tarilish balandligi, qulochning chiqish uzunligi) dan
tashqari konstruksiyaning bir tekisda o‘tirilishini ta’minlangan holda yukni
to‘shirishni etarli kam tezlik bilan (0,2 m\m) tushirish qobiliyatiga ega bo‘lishligi
taqoza etiladi.
Gusensali va pnevmo g‘ildirakli o‘zi yurar qulochli kranlar sanoat qurilishida,
chunki ular katta manevrchanlikka ega. Bunday kranlarga qulochli yoki minora-
qulochli jihozlar moslamalar o‘rnatiladi (5.6-rasm). Qulochli moslamalar ich-ichidan
chiqariluvchan, ich-ichidan chiqarilmaydigan va teleskopik bo‘lishi mumkin. Ich-
ichidan chiqarilmaydigan moslamali qulochlar seksiyalari bilan panjarali ko‘rinishda
tayyorlanadi, bu seksiyalar bir-biri bilan bikr maxkamlanadi. Ich-ichidan
chiqariladigan moslamali quloch o‘zining uzunligini o‘zgartirish uchun yuksiz ishchi
holatda bir nechta chiqariladigan seksiyalardan iborat bo‘lgan holatda ishlab
chiqariladi. Teleskopik variantda esa qulochlar yuklangan ishchi holatda ham bir
nechta seksiyalarning bir-biri ichidan chiqarilishi evaziga o‘zgartiriladi.
5.6 -rasm O‘zi yurar kranlarga urnatiladigan qulochli jihozlar (moslamalar)
A-v- seksiyalari bikr maxkamlangan panjarali qulochlar; g-teleskopik quloch;
d-kmov (tirgakli quloch); e,j-boshqariladigan va boshqarilmaydigan guseklar;
panshaxali quloch.
Hamma qulochli jihozlar (moslamalar) ikkinchi ilgakni ishga tushiradigan
guskalar bilan ta’minlangan bo‘ladi.
Minorali-qulochli jihoz kran qurilish maydoniga o‘rnatilgandan keyin unga
montaj qilinadi.
Kranlarga ancha uzunlikdagi qulochlar, guskalar o‘rnatilishi mumkin, ular
O‘zi yurar qulochli kranlardan eng mobillisi-bu avtomobil va
pnevmog‘ildirakli kranlar bo‘lib, ular 35 km\soat -70 km\soat tezlikda harakatlanadi.
Biroq avtomobil va pnevmog‘ildirakli kran asosan chiqariladigan tayanchlardan
129
foydalanilgan holatda ishlaydi, bu esa ularning qullanish doirasini sezilarli ravishda
pasaytiradi. SHuning uchun bu kranlar ancha kichik (kam) massali yukni kutargan
holda harakatlanadi. Bundan tashqari chiqariladigan tayanchlarni o‘rnatish vaqt
yuqotishi va kranlarning manevrchanligining kamayishi bilan bog‘liqdir. Gusensali
kranlar Yaxshi utuvchanlik va manevrlanishga ega bo‘lib, ular yuk osilgan turli
uzunlikda chiqib to‘ruvchi qulochlar bilan harakatlana oladi.
Shuning uchun og‘ir konstruksiyalarni montaj qilishda gusensali kranlardan
ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Gusensali qulochli kranlar. Yurish qurilmasining tipi bo‘yicha bunday kranlar
gusenitsasining Yuzasi normal va gusenitsaning Yuzasi kengaytirilgan kranlarga
bo‘linadi. Ular yuradigan joylarni kran ishlashi uchun tayyorlash talab etilmaydi,
chunki bunday kranlar boshqa o‘zi yurar qulochli kranlarga qaraganda gruntga eng
kam bosim beradi. Bunday kranlar manevrli, bitta gusenitsasi tormozlanganda bitta
joda aylanishi mumkin. Gusensali kranlarni ularni maxsus avtomobil yoki temir yo‘l
platformalarida ob’ektdan ob’ektga tashib o‘tkaziladi. Gusensiali kranlar katta
manevrchanlik va ustivorlikka ega, ular 16...250 tonna yukni bemalol ko‘taradi,
quloch uzunligi 6,5 dan 40 m gacha bo‘ladi.
Pnevmog‘ildirakli qulochli kranlar. Kranlarning bunday tipi ko‘proq urtacha
ish hajmiga ega bo‘lgan ob’ektlar qurilishda va bir-biridan uzoqda joylashmagan
ob’ektlarga xizmat qilishda qo‘llanadi, bu ularning katta bo‘lmagan tezlikda
harakatlanishi bilan izohlanadi. Ushbu kranlarning asosiy quloch jihozi bikr panjarali
qulochlar hisoblanadi.
Bunday kranlar massasi 16 tonnadan 100 tonnagacha bo‘lgan yuklarni kutara
oladi, 25 m ga uzunlikdagi quloch bilan jihozlanish imkoniyatiga ega, ustivorligi
Yaxshi va kam maksimal ko‘tarish massali ilgakiga osilgan yukni ko‘targan holda
gorizantad maydon bo‘ylab bemalol harakatlanishi mumkin. Kran uchun belgilangan
maksimal yuklarni ko‘tarish va montaj qilish uchun uchun u oldindan chiqarib
tiraltiradigan tayanchlar-autigerlarga tayangan bo‘lishi lozim, autilerlar tayanish
zonasini va kranning ustivorligini oshiradi.Pnevmog‘ildirakli kranlarning qulochlari
uzaytirilgan qulochlar va guskali uzaytirilgan qulochlar bilan almashtirilishi mumkin.
Minora-qulochli jihoz boshqariladigan guska yoki manevrli quloch ko‘rinishida
bajarilishi mumkin.
Pnevmog‘ildirakli kranlar avtomobil tipidagi va maxsus shassilarga ega
bo‘lishi mukmin. Shassi ikkitadan beshtagacha o‘qlarga ega bo‘lib, ulardan ikkitasi
etaklovchi bo‘ladi; o‘qlar soni kranning yuk ko‘taruvchanligiga uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Teleskopik qulochli kranlarda qulochning chiqariladigan seksiyalari ilgakka osilgan
yuk bilan birga chiqarilishi ham mumkin.
Mobilligi, o‘zi yurish va shashtaka olish imkoniyatiga ega ekanligi tufayli
pnevmog‘ildirakli kranlar o‘zining keng qo‘llanish doirasini topdi.
Qulochli avtomobil kranlar. Bunday kranlar yordamchi va yuklash-to‘shirish
ishlarini bajarishda, tarqoq joylashgan baland bo‘lmagan, kichik massali
elementlardan tashkil topadigan ob’ektlarni montaj qilishda qo‘llanadi. Avtomobil
kranlarning kamchiligi-bu ularning ikkita kabinaga ega bo‘lishi bilan izohlanadi,
ulardan biri kranning yurishida uni boshqarish bo‘lsa, ikkinchisi esa montaj
130
jarayonlarining bajarilishini boshqarishdan iboratdi. Kranning kichik ustivorlikka ega
ekanligi konstruksiyalarni ko‘tarish vaqtida kranni chiqariladigan tayanchlarga
tayantirishni talab etadi.
Teleskopik qulochli kranlardan tor sharoitili qurilish maydonlarida yopiq
binolar ichida foydalanish mumkin.
Qulochning yuk bilan birgalikda teleskopik ravishda chiqarilish imkoniyati
ushbu kranlar yordamida yuklarni qiyin etkaziladigan joylarga hattoki montajga
qilingan konstruksiyalar orasidan etkazish imkoniyatini beradi. Zarur bo‘lgan
hollarda bunday kranlarni panjarali guska bilan kamplektlashtirish mumkin,
Kranlarning yuk ko‘tarish xarakteristikalari har uzunlikdagi quloch va har bir qiyalik
uchun to‘rlichadir. Bundan tashqari chiqarilib o‘rnatilgan tayanchlar tiralgan vaqtda
kranning yuk ko‘taruvchanligi 80% ga yuqori bo‘ladi.
Avtomobilli tipdagi maxsus shassili kranlar. Kranlar bu guruhi qurilish
ob’ektlaridagi jumladan jamlangan (bir joyga to‘plangan) ob’ektlardagi ishlarni
bajarish asosan qisqa vaqt davomida og‘ir va gabaritli yuklarni ko‘tarish uchun
mo‘ljallanadi. Maxsus shassili kranlar bir nechta modifikatsiyalarda chiqariladi,
25...250 t yuk ko‘taruvchanlikka ega, yuklarni ko‘tarish balandligi 82 m gacha,
qulochning chiqish uzunligi 60 m gacha etishi mukmin. Bunday tipdagi kranlarning
eng kuchlisi Libxer firmasi tamonidan ishlab chiqariladi, bu kran uzunligi 84 m
bo‘lgan etti seksiyali qulochga ega bo‘lib, yuk ko‘taruvchanligi 500 tonnani tashkil
etadi. Zarur bo‘lgan hollarda bu qulochni qo‘shimcha seksiya-panjarali quloch bilan
uzaytirish mumkin, bunday uzaytirish evaziga ko‘tarilish balandligi 140 m ga etadi.
Kran yuk operatsiyalarini chiqib to‘radigan tayanchlar orqali va ularsiz ham bajarishi
mumkin. Ushbu kran yuklarni ilgagida ko‘targan holda qurilish maydoni bo‘ylab
harakatlana oladi.
Bunday tipdagi kranlarning shassisi 4 tadan 9 gacha o‘qlarga ega bo‘lishi
mumkin, bu esa ularning utuvchanligini oshiradi. Sanoat va fuqora binolarini montaj
qilishda Kanto, Krupp, Lokomo, Grove, Faun, Tadano Bumar, Libxer kabi chet el
firmalarining kranlari keng qo‘llanilmoqda.
Temir yo‘l kranlarining boshqa kranlarga nisbatan ustunliklari (yoki ustun
jihatlari):
Eltishga kam mehnat va kam mablag‘ sarflash bilan temir yo‘l sostavi
(tarkibi)da istalgan masofaga etkazilishi;
Temir yo‘l kiritilgan mavjud yoki qurilayotgan sexning ichiga o‘rnatilish
imkoniyatining mavjudligi;
Kranni o‘rnatish uchun maxsus maydon qurish zaruriyatining yo‘qligi;
Poezd tarkibidagi ikkita qo‘shni (yonma-yon) platformaga yuklash va
punkitga keltirilgandan keyin tushirish imkoniyatining mavjudligi.
Temir yo‘l kranlarining kamchiliklari:-temir yo‘l tarmog‘ining mavjud bo‘lishi
yoki uni qurish zaruriyati; ishlash zoansining chegaralanganligi; quloch chiqishning
uzunligi oshirilganda yuk ko‘taruvchanligining keskin kamayishi; kranni ishlatishdan
oldin chiqariladigan tayanchlarni o‘rantish; zaruriyati (temir yo‘l kaleyasi 1520 mm
131
ni tashkil etadi); yo‘lning egri qismlarida kranni ishga tushirishning mumkin
emasligi.
Traktorli kranlar yo‘l sharoitlari yomon bo‘lgan vaziyatlarda va ular mavjud
bo‘lmagan hollarda maxsus ish turlarini bajarishda qo‘llaniladi. Bunday kranlar
buriladigan kranlar va quvur o‘rnatuvchi kranlarga bo‘linadi. Ushbu kranlar seriyali
chiqariladigan gusenitsali traktorlarga montaj qilinadi. Traktorli buriladigan kranlar
1..6,3 tonnali kichik yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lib, ularning maksimal quloch
chiqarish uzunligi 10 m gacha bo‘ladi. Quvur o‘rnatuvchi kranlar maxsus traktorli
kranlarni namoyon eitb, quloch traktorning yon tamoniga o‘rantiladi. Ular quvurlarni
transheyalarga yotqizish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, parallel ravishda tozalash va
izolyasiya qiladigan mashinalarni ham bajaradi va quvur o‘tkazgichlar qurilishda turli
ko‘tarish transport (tashish) tushirish operatsiyalarini amalga oshiradi.
Ushbu burilmaydigan mashinalar hisoblanib, qulochning traktor yon tamonga
o‘rnatilganligi ularning ish holatida transheya bo‘ylab harakatlanish imkonini beradi.
Bunday kranlarning yuk ko‘taruchanligi 63 t gacha etadi, maksimal quloch uzunligi
7,5 m ni tashkil etadi.
O‘zi ko‘tariladigan kranlar deb tiklanayotgan bino konsruksiyalariga
o‘rnatiladigan va xususiyat mexanizmlar yordamida binoning qurilgan balandligi
bo‘yicha harakatlanishi ko‘chishi mumkin. Umuman qo‘yiladigan va o‘zi
ko‘tariladigan kranlar ko‘p qavatli binolar qurilshida qo‘llanadi.
Ko‘chiriladigan minorali kranlarning tayanch qismi yuradigan (siljiydigan)
arava (teleshka) ustiga o‘rnatiladi, bk arava kranni harakatlanish mexanizmi
yordamida po‘lat g‘ildiraklari bilan rels bo‘ylab harakatlanadi. Statsionar kranlarning
tayanch qismi manolit qo‘yilgan asos o‘stiga o‘rnatilgan romadan iborat bo‘ladi.
Qo‘llaniladigan minoralar tipi bo‘yicha buriladigan va burilmaydigan minorali
kranlarga sinflanadi. Buriladigan minorali kranlarda tayanch-buruluvchan qurilma
uningyurmsh qismiga yoki portaliga joylashtiriladi. Burilganda yurish qismidan
tashqari butun kran aylandi. Burilmaydigan minorali kranlarda tayanch burilish
qurilmasi minoraning tepa qismiga joylashtiriladi. Bunday guruhdagi kranlarda faqat
uning qulochi, tepa qismi va muvazanatlovchi konsol aylanadi, muvozanatlovchi
konsulga zarur bo‘lgan mexanizmlar va muvozanatlovchi yuklar qo‘yiladi.
Quloch strelasining tipi va quloch chiqarilishning usuliga bog‘liq ravishda
kranlar ko‘targichli va balkali kranlarga sinflanadi.
Buriladigan platformali harakatlanuvchan kranlarning ustivorligini yoki
burilmaydigan minoraning pastki qisminingustivorligini ta’minlash uchun ularga
ballast o‘rnatiladi.
Minorali kranlarning ustunliklari:
Kran boshqaruvchisiga montaj zonasini yaqqol ko‘rinishi;
Qulochning Yuqori blandlikda joylashganligi, buning evaziga qulochning
qurilayotgan bino konstruksiyalariga tegib ketmasligi;
Ekspluatatsiya qilishning oddiyligi va ishonchliligi;
Ishchi zonaning chiziqli katta o‘lchamliligi.
132
Minorali kranlarning kamchiliklari harakatlanadigan kranlar uchun kran osti
yo‘llarini qurish va statsionar kranlar uchun esa maxsus tayyorlangan tayanch Yuzani
qurish zaruriyatlari kranni boshqa montaj va demontaj qilish, uni tashishning
murakkabligi.
Bunday seriyadagi Lgo-18 krani 1800 kg bo‘lgan maksimal yuk
ko‘taruvchanlikka ega, 22 m balandlikka ko‘tarilganda guseklarga tushadigan yuk
(kuch) 700 kg ni tashkil etadi.
Ilgak ostidagi balandlik 19 m, orqa qismining burilish radiusi 1,6 mni tashkil
etadi.
Baqquvvat MD2200 kranining yuk ko‘taruvchanligi 22 t, bunda ko‘tarilish
balandligi 80 m ni tashkil etadi. Poteyn firmasi o‘zi ko‘tariladigan kranlarni to‘liq
spektrda ishlab chiqariladi.
“Gru Komedil” Italiya kompaniyasi tomanidan chiqariladigan kranlar keng
tarqalish topmoqda. Ushbu kompaniya qulochining uzunligi 35 m dan 70 m gacha
bo‘lgan minorali kranlarni tuliq spektrda ishlab chiqaradi. Ushbu kompaniya
mahsulotlarini minorali kranlarning turtta seriyasiga ajratish mumkin, bunda ularning
hammasi umumiy konstruksion elementlar va texnik echimlarga ega ekanligini
alohida ta’kidlash joizdir. Kranlarning birinchi seriyasi shaharning qurilib bo‘lgan
qismida joylashgan ob’ektlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Hamma
kranlar katta bo‘lmagan o‘lchamlarga ega, ular engil tashiladi va tez montaj qilinadi.
Konkert modelga bog‘liq ravishda quloch o‘lchamlari 20 m dan 50 m gacha bo‘ladi,
yuk ko‘taruvchanligi 6 t ga etadi. Bu firmaning MSA rusumli kranlari o‘rtacha
o‘lchamlardagi ob’ektlar uchun mo‘ljallangan. “Gru Komedil”ning hamma kranlari
kabi bu kran ham elementlarining shiftli biriktirilishi evaziga ular engil montaj va
demontaj qilinadi. Yuk ko‘taruvchanligi quloch uzunligi 35...55 m bo‘lganda yuk
ko‘taruvchanligi 6 t bo‘lgan MSA kranlari baqquvat va ishonchli mashinalar sirasiga
tegishlidir.
ST seriyali kranlar yirik qurilish ob’ektlari uchun mo‘ljallangan. Bunday
kranlar quloch uzunligi 42...70 m bo‘lganda 20 t yuk ko‘taruvchanligi bilan Yuqori
ish unumdorligiga va montaj tezligi ega bo‘lishi bilan ajralib to‘radi.
“Gru Komedil” firmasining keyingi STL avlodi katta bo‘lmagan uzunlikdagi
quloch talab etilgan vaziyatlarda va katta yuk ko‘taruvchanlik kerak bo‘lgan hollarda
shaharlarning qurib bo‘lingan qismlaridagi katta ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini
bajarishga mo‘ljallangan. Quloch o‘lchamlari 30...55 m bo‘lgan STL seriyasidagi
kranlarning maksimal yuk ko‘taruvchanligi 20 t gacha etadi.
Chet el firmalarining zamonaviy minorali kranlarning katta parkiga “Retakran”
kompaniyasi ega bo‘lib, bu kompaniya yuk ko‘taruvchi qurilish jihozlarini arendaga
berish bilan shug‘ullanadi.
Buriladigan platformali minorali kranlar turar-joy, fuqaro va sanoat qurilishida
keng qo‘llanadi. Nisbatan qisqa muddatda montaj va demontaj qilish, asosiy
mexanizmlar kranning pastki qismiga joylashtirilganligi evaziga ularga texnik xizmat
ko‘rsatilishining engillashtirilganligi ularning boshqa kranlaridan ajralib turadi.
Ushbu turdagi kranlarning ko‘plab modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, ularning
133
maksimal xarakteristikalari: qulochning chiqib turishidagi uzunligi 40...16 m ga mos
ravishda yuk ko‘taruvchanligi 6,2...25 t ni tashkil etadi.
Minorasi burilmaydigan kranlar qulochining uzunligi 4...65 m bo‘lganda 10..50
t yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lib, ularning yuk ko‘tarish balandligi 85 m ni tashkil
etadi. Oshirilgan yuk ko‘taruvchanligi va yuk ko‘tarish balandligi kranning katta
massaga ega bo‘lishiga olib keladi, bu esa mashinaning pastki qismida tayanch-
burilish qurilmasining mexanizmlarini yaratishni qiyinlashtiradi. Harakatlanuvchi
burilmaydigan minorali kranlarning ustunlik jihati ularni qayta jihozlab qo‘yiladigan
kranlar sifatida qo‘llash imkoniyatining mavjudligi bilan izohlanadi.
Bunday tipdagi kranlar minora va qulochlari seksiyalarining soni hamda
distansion radiodasturli boshqarishga ega ekanligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Burilmaydigan minoraga ikki kishiga mo‘ljallangan ko‘targich joylashtiriladi. Kran
minorasini tepa tomondan almashadigan seksiyalar bilan uning o‘zidagi mexanizmlar
vositasida uzaytirish mumkin. Minorali uzaytirish minoraning yoniga joylashtirilgan
montaj ustini va montaj lebedkasi yordamida amalga oshiriladi.
Minorali qo‘yiladigan kranlar ko‘p qavatli fuqaro va baland sanoat (150 m va
undan yuqori) binolarni tiklash uchun mo‘ljallanadi. Quyiladigan kranlar bir qator
vaziyatlarda universal-o‘zi ko‘tariladigan va harakatlanadigan kranlar deb
hisoblaniladi. Tiklanayotgan binoning balandligi katta bo‘lmagan hollarda bunday
kranlar kran osti yo‘liga o‘rnatiladi va ular harakatlanuvchi kranlarga aylanadi, katta
balandlikdagi binolarni tiklashda ulardan statsionar kran sifatida foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Minora seksiyalarini almashtirish evaziga, minora qulochi ilgakining
ko‘tarilish balandligini uzaytirish (oshirish)ga erishiladi, bu esa kranni boshqarish
kabinasini bino montaj sathidan nisbatan baland bo‘lmagan balandlikka joylashtirish
(o‘rnatish) imkonini beradi.
Minora balandligi 8 m dan 150 m gacha bo‘lgan chegarada almashuvchan
seksiyalar hisobiga o‘zaytirilishi (o‘zgartilishi) mumkin, bunday seksiyalarning soni
27 taga etadi.
Kranni tiklanayotgan binoga mahkamlash minora va kranlarga biriktirilgan
maxsus ramkalar yordamida amalga oshiriladi. Seksiyalar soni 9 ta bo‘lganda minora
binoga bitta bog‘lanish orqali mahkamlanadi, seksiya soni 27 taga etganda
bog‘lanishlar soni 3 tani tashkil etadi. Poydevor krannig tayanchi bo‘lib xizmat
qiladi, kran poydevorga ankerli boltlar yordamida mahkamlanadi. Baland g‘ishtli va
monolit (quyma) binolar qurilishi uchun muljallangan KB-473 krani (5.7-rasm) keng
tarqalgan bo‘lib, uning maksimal yuk ko‘taruvchanligi 8t ni tashkil etadi, qulochning
chiqish uzunligi 35...50 m chegarada bo‘ladi, ilgakning maksimal ko‘tarilish
balanlligi 162,4 m ga etadi. Kranni montaj qilish gidroprivodli montajli oboylar bilan
uzaytirish metodi orqali amalga oshiriladi, bu esa Yuqori darajali xavfsizlikni
ta’minlaydi va ishlarning mehnat sig‘imi sezilarli darajada kamaytiradi. Kran
statsionar ijrochi sifatida va universal, ya’ni harakatlanuvchan va qo‘yilma holatda
ishlaydigan tuzilmada chiqarilishi mumkin.
134
5.7-rasm montaj mexanizmlarining asosiy turlari:
1-montaj qulochi; 2-montaj machtasi; 3- machtali qulochli vanitli kran; 4-
shver; 5- portalli gidravlik ko‘targich kranlar; 6- qo‘yilma kran; 7-quyilma uzi yurar
kran; 8- o‘zi ko‘tariladigan kran; 9-qulochli minorali kran; 10-balka qulochli minorali
kran; 11- sharnirli bo‘lak qulochli minoarli kran; 12-minorasi uzaytiriladigan kran;
13-gusensali qulochli kran; 14-minora qulochli gusensali o‘zi yurar kran; 15- qulochli
pnevmo g‘ildirakli kran; 16- teleskopik qulochli pnevmog‘ildirakli o‘zi yurar kran.
KB-504A krani baland turar-joy va ma’muriy qurilish binolarini tiklashga
xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Bu kranning yuk kutaruvchanligi 10 t ni,
qulochining maksimal chiqish uzunligi 40 m ni tashkil etadi. Qulochining maksimal
chiqqan holatda yukni ko‘tarish balandligi 75 m ni, qulochi gorizantal joylashgan
holatda yukni ko‘tarish balandligi 60 m ni tashkil etadi.
|