O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

Birinchi qoida.
Terish ta’sir etuvchi kuchga perpendikulyar bo‘lgan tekis 
qatorlar tarzida amalga oshiriladi
, ya’ni qoida terishning gorizontal qatoriga ta’sir 
etuvchi kuchning yo‘l qo‘yiladigan og‘ishini belgilaydi. Yo‘l qo‘yiladigan og‘ish 
15...17˚ dan ortmasligi kerak, u toshning qorishma sirti bo‘ylab ishqalanish kuchiga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Ikkinchi qoida.
Yaxlit devor o‘zining tashqi sirtiga parallel (bo‘ylama chok) 
va perpendikulyar (ko‘ndalang chok) bo‘lgan vertikal tekisliklar (choklar) yordamida 
bo‘laklarga bo‘linadi. 
Qoida terishdagi vertikal tekisliklarning to‘shamaga nisbatan 
joylashishini tartibga soladi. CHoklar devorning yuz sirtiga nisbatan unga tik yoki 
parallel bo‘lishi kerak. Bu qoidaga amal qilmaslik terilgan qatorlardan toshlarning 
chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.
 
Uchinchi qoida.
Qo‘shni qatorlardagi vertikal terish tekisliklari surilgan 
bo‘lishi, ya’ni mazkur terilgan qatorning har bir vertikal chokining ostida chok emas, 
balki tosh bo‘lishi kerak.
Qoida terishning qo‘shni qatorlarida vertikal bo‘ylama va 


89 
ko‘ndalang choklarning o‘zaro joylashishini belgilab beradi. Yuqori qatordagi 
toshlarni pastki qatorga nisbatan shunday terish kerakki, bunda ular toshlar orasidagi 
vertikal choklarni bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda ham yopib tursin, terishni 
qo‘shni qatorlardagi choklarni bog‘lab borish bilan amalga oshirish lozim.
4.9 rasm. G‘isht-tosh terish qoidalari: 
a – qiya kuchning terimga ta’siri; b – tosh terimini uzaro perpendikulyar vertikal 
tekisliklarining to‘g‘ri joylashuvi; v – o‘shaning o‘zi, noto‘g‘ri joylashuvi. 
Choklarni bunday bog‘lash terishni alohida ustunlarga ajralib ketish xavfini 
bartaraf etadi, bunda alohida ustunlar monolit (yaxlit) terim qarshilik ko‘rsatishi 
mumkin bo‘lgan kuchlanishlarni qabul qilishga qodir emas. 
Terishda mustahkam qum-sement qorishmalaridan foydalanishda bu 
qoidalardan ayrim chetlanishlar bo‘lishi mumkin. Vertikal bo‘ylama choklarni beshta 
qo‘shni qatorlarda yoki vertikal ko‘ndalang choklarni uchta qo‘shni qatorlarda 
bog‘lamaslikka ruxsat etiladi. 
G‘isht va toshlarni qatlamlarda joylashtirish va qatlamlarni ma’lum ketma-
ketlikda takrorlab terish 
choklarini bog‘lash tizimi
deyiladi. To‘g‘ri shakldagi 
toshlardan teriladigan qatlamlar 
terish qatorlari 
deyiladi. 
Gorizontal choklar g‘isht uchun o‘rtacha 12 mm va tabiiy toshlar uchun 15 mm 
qalinlikka ega, vertikal choklar esa g‘isht uchun 10 mm va tabiiy toshlar uchun 15 
mm qalinlikka ega. Ayrim choklarning yo‘l qo‘yiladigan qalinligi 8 dan 15 mm gacha 
bo‘ladi. 
Devor va ustunlarning qalinligini yarimta yoki butun g‘ishtning yoki toshning 
qalinligiga karrali qilib qabul qilinadi, bundan ¼ g‘ishtli armaturalangan pardevorlar 
mustasno. Ko‘pchilik hollarda g‘isht yotqizib teriladi, ya’ni to‘shamaga teriladi, 
ayrim hollarda masalan, karnizlarni terishda g‘isht qirrasi bilan bo‘ylama yoni bilan 
teriladi. 


90 
Yaxlit g‘isht terish qalinligini 0,5 g‘ishtga karrali qilib belgilanadi, shuning 
uchun devorlarning qalinligi quyidagicha bo‘lishi mumkin: yarim g‘isht − 12sm; bir 
yarim g‘isht − 38sm; ikki g‘isht − 51sm; ikki yarim g‘isht − 64sm; uch g‘isht − 77sm. 
Terish qatorlarining balandligi g‘isht yoki toshlar balandligi hamda 
qorishmaning gorizontal choklari qalinligi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Qorishma 
qatlamining o‘rtacha 12 mm va g‘ishtning 65 mm qalinligida terma qatorining 
balandligi 77 mm ni, qalin g‘ishtning 88 mm qalinligida mos ravishda 100 mm ni 
tashkil etadi. SHunday qilib, g‘isht qalinligi 65 mm bo‘lganda 1 m balandlikdagi 
terishga balandlik bo‘yicha 13 qator, g‘isht qalinligi 88 mm da esa 10 qator 
joylashadi. 
Toshlar va g‘ishtlar shaklining to‘g‘ri to‘rtburchakli bo‘lishi va ularning 
standartlarga muvofiq tayyorlanishi terishning yaxlitligini va monolitligini 
ta’minlovchi konstruksiyalarda ularning joylanishining ma’lum tartibi va o‘zaro 
bog‘lanishini belgilashga imkon berdi. Bunga g‘isht terishdagi bog‘lanish tizimlari 
deb ataluvchi terish hisobiga erishiladi. 
Ishlab chiqilgan va amalda qo‘llaniladigan bog‘lanish tizimlari terishni amalga 
oshirish qoidalariga mos keladi. Tosh terish uchun vertikal, bo‘ylama va ko‘ndalang 
choklarni bog‘lashlar mavjuddir. Bo‘ylama choklarni bog‘lash terilgan joy devor 
bo‘ylab yanada yupqa tashkil etuvchilarga ajralmasligi va terilgan joyda qo‘yilgan 
yuklanishidan yuzaga keluvchi kuchlanishning devorning butun eni bo‘ylab bir tekis 
taqsimlanishi uchun zarur. Ko‘ndalang choklar bog‘lanishi terilgan joyning qo‘shni 
uchastkalariga yuklamani qayta taqsimlashni va bo‘lishi mumkin bo‘lgan notekis 
yog‘inlar, temperatura deformatsiyalari va h.k.lardan devorning monolitligini saqlab 
qolishni ta’minlovchi ayrim g‘ishtlar orasidagi bo‘ylama bog‘lanish uchun zarur. 
Ko‘ndalang choklarni bog‘lash bo‘ylama va ko‘ndalang qatorlar bilan, bo‘ylama 
choklarni bog‘lash esa faqat ko‘ndalang qatorlar bilan bajariladi. Asosiy 
qo‘llaniladigan bog‘lanish tizimlari: bir qatorli, ko‘p qatorli va to‘rtqatorli.

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə