O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich


 G‘isht-tosh terish ishlarining vazifasi. Umumiy qoidalar



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

4.4. G‘isht-tosh terish ishlarining vazifasi. Umumiy qoidalar 
 
Tabiiy tosh materiallarining tabiatda keng tarqalganligi va sun’iy materiallarni 
tayyorlash uchun xom ashyoning ko‘pligi, shuningdek mustahkamlik va chidamlilik, 
olovbardoshlilik 
kabi 
muhim 
xossallarining 
mavjudligi 
qurilishda 
tosh 
materiallarining keng tarqalishiga imkon beradi. 
G‘isht-tosh ishlarining vazifasi – poydevorlarni, binolarning ko‘taruvchi va 
to‘suvchi konstruksiyalarini barpo etish, dekorativ pardozlashdan iborat. 
Tosh konstruksiyalari qorishma bilan yagona bir butun qilib biriktirilgan 
alohida toshlardan tashkil topib, qorishma qotishi natijasida yaxlit (monolit) massiv 
xosil bo‘ladi.
G‘isht-tosh terishning kamchiliklari – konstruksiyalarning nisbatan katta 
massada bo‘lishi, mehnat unumdorligining kichikligi, moddiy xarajatlarning 
yuqoriligi, terish jarayonini mexanizatsiyalashning imkoni yo‘qligidan iboratdir. 
Qo‘llaniladigan materiallarning turiga bog‘liq holda tosh terish sun’iy va 
tabiiy toshlardan terishga ajratiladi. O‘z navbatida sun’iy toshlarni terish uchun yaxlit 
va ichi bo‘sh g‘ishtdan, yaxlit va ichi bo‘sh to‘g‘ri to‘rt burchakli toshlar (bloklar)dan 
foydalaniladi. 
Qo‘llaniladigan toshlarga bog‘liq holda terish turlari: 
g‘ishtli
– loyli va silikatli yaxlit va ichi bo‘sh g‘ishtdan; 
g‘isht qoplamali 
– tabiiy va sun’iy toshlar hamda bloklardan; 
mayda blokli 
– qo‘lda teriladigan tabiiy (chig‘anoqlar, g‘ovak tuf) yoki 
sun’iy, beton va keramik toshlardan; 
yo‘nilgan 
– qo‘lda yoki kran yordamida teriladigan to‘g‘ri shakldagi ishlov 
berilgan tabiiy toshlardan; 


85 
xarsangtoshli 
– noto‘g‘ri shakldagi tabiiy toshlardan; 
yirik tosh betonli 
– xarsang tosh va beton aralashmasidan, odatda qolipda 
tayyorlanadi. 
To‘g‘ri shakldagi g‘isht va toshlar oltita yoq (yon) bilan chegaralangan. Pastki 
va yuqori tomonlari to‘shama, katta o‘lchamli ikki yon tomonlari bo‘ylama, kichik 
o‘lchamli ikki yon tomonlari ko‘ndalang deb ataladi (4.7 rasm). 
To‘shamalar
– kuchlarni qabul qiluvchi va pastki tosh qatlamlariga uzatuvchi 
toshlarning yuzalari. 
Bo‘ylama (yoni)
– devor bo‘ylab uzun tomoni bilan yotqizilgan tosh. 
Ko‘ndalang (oldi)
– devor bo‘ylab qisqa tomoni bilan yotqizilgan (terilgan) 
tosh. 
Choklar
– toshlar orasining bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishida qorishma 
bilan to‘ldirilgan bo‘shlig‘i. 
Verstalar
(qatorlar) – terilgan g‘ishtlarning tashqi qatorlari. Tashqi va ichki 
versta bor, verstalar orasini to‘ldirish – to‘ldirma (zabutka). (o‘rta qator). 
Bo‘ylama qator
– tashqi versta bo‘ylama yonlardan tashkil topgan terish usuli 
Qo‘ndalang qator
– tashqi versta qatori ko‘ndalang yoni bilan teriladi. 
 
4.7 – rasm. Terilgan g‘isht elementlari: 
a- oddiy g’isht ; b – ikki g’ishtli devor terilishi ; 1 – ko‘ndalang; 2 – to‘shama; 
3 – bo‘ylama; 4 – tashqi versta qator; 5 – ichki versta qator; 6– chekka qator; 
7–bo‘ylama qator; 8–
vertikal bo‘ylama chok; 9 – gorizontal chok (qorishma 
to‘shamasi); 10 – 
gorizontal chok
Butun, yarimta, chorakkam bitta va choraklik g‘isht-tosh mavjud. Agar tashqi 
choklar 1...1.5 sm chuqurlikka qorishma bilan to‘ldirilmasa, bunday terish 
bo‘sh 
chokli terish
deyilib, bunday terish devor suvoq qilinganda g‘isht va qorishmaning 
yaxshi bog‘lanishiga olib keladi. 
Agar tashqi devor tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lsa va terish choklari to‘liq 
to‘ldirilib ularga turlicha shakllar – qavariq, botiq, uchburchakli, to‘g‘ri to‘rtburchakli 
va boshqa shakllar berilsa, u holda bunday terish 
chokli
terish deyiladi (4.8-rasm). 


86 
4.8-rasm. Terishda choklarini pardozlash turlari: 
a – to‘ldirilmagan chok; b – to‘ldirilgan chok; v – qavariq chok; g – botiq chok. 
Agar qorishma devorning tashqi sirti bir tekisda to‘ldirilsa, bunday terish 

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə