O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti asatov Nurmuhammat Abdunazarovich



Yüklə 3,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/70
tarix09.05.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#109291
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

qirqimli
terish deyiladi.
Sun’iy tosh materiallariga yaxlit va ichi kavak keramik hamda silikatli 
g‘ishtlar, ichi kavak keramik va silikat toshlar hamda beton va gipsli devorbop toshlar 
kiradi. 
To‘liq loyli g‘ishtning o‘lchamlari 250 x 120 x 65 mm va modulli 
(qalinlashtirilgan) g‘ishtning o‘lchamlari 250 x 120 x 88 mm bo‘ladi, g‘ishtning 
massasi 3,6...5 kg ni tashkil etadi. Zichligi 1,6...1,8 t/ , g‘ishtning markalari 75, 100, 
150, 200, 250 va 300, suv shimuvchanligi 8% gacha. G‘isht plastik presslash va keyin 
pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Asosiy kamchiligi – yuqori issiqlik 
o‘tkazuvchanligi. 
Ichi bo‘sh-kavak, g‘ovak va teshikli g‘ishtlar o‘stki ko‘rinishi bo‘yicha 
yuqorida ta’kidlangan o‘lchamlarda bo‘ladi, balandligi 65, 88, 103 va 138 mm (to‘liq 
g‘ishtga nisbatan balandligi 1,25; 1,5 va 2 marta katta), zichligi kamroq − 1,35 ...1,45 
t/ . G‘ishtning markalari − 75, 100 va 150. Bunday har xil g‘ishtlarning qo‘llanilishi 
devor buyumlari massasini 30% gacha kamaytirishga imkon beradi. 
Silikatli g‘isht 75, 100 va 150 markalarda, nisbiy namligi 75% dan ortiq 
bo‘lmagan devorlar uchun qo‘llanadi. G‘isht avtoklav ishlov berish vositasida 
tayyorlanadi. 
Ichi bo‘sh kavak keramik va silikatli toshlar quyidagi o‘lchamlarga ega bo‘ladi: 
oddiylari 250 x 120 x 138 mm, yiriklashtirilganlari 250 x 250x 138 mm va modulli 
288 x 138x 138 mm. Toshning qalinligi choklarining qalinligini hisobga olgan holda 
ikki qator g‘ishtning balandligiga mos keladi. Toshlarning yuzasi tekis va taram-
taramli bo‘ladi 
Devorbop beton va gipsli toshlar to‘liq hamda ichi bo‘sh holatda ishlab 
chiqariladi. Ular og‘ir, engillashtirilgan va engil betonlar hamda gipsobetondan 
tayyorlanib o‘lchamlari 400 x 200 x 200 mm, 400 x 200 x 90 mm va massasi 35 kg 
gacha bo‘ladi.
Ichi bo‘sh va silikat g‘ishtlarni gidroizolyasiya qatlamidan pastda, sokol, nam 
xonalar devorlarini terish uchun uchun qo‘llash mumkin emas.


87 
Tosh konstruksiyalarini barpo etish uchun qo‘llaniladigan qorishmalar terish 
qorishmasi deyiladi. Qorishmalar alohida toshlarni yagona monolitga (yaxlitga) 
birlashtirib bog‘laydi, ular yordamida toshlarning to‘shamalari tekislanadi, buning 
natijasida ta’sir qiluvchi kuchlarning bir toshdan ikkinchisiga bir tekis uzatilishi 
ta’minlanadi; qorishma toshlar oralig‘ini to‘ldiradi hamda terilgan joyga havo va suv 
kirishiga to‘sqinlik qiladi. SHunday qilib, qorishmalar kuchlarning bir tekisda 
uzatilishini ta’minlaydi, terilgan joylarni shamol o‘tishidan, suv singishidan saqlaydi, 
binolarning sovuqqa bardoshligini oshiradi. 
To‘ldiruvchilarning turiga ko‘ra qorishmalarning tasnifi (klassifikatsiyasi): 
og‘ir yoki sovuq
– zichligi 1500 kg/ dan ortiq bo‘lgan zich tog‘ jinslaridan 
kvars yoki tabiiy qum bilan tayyorlanadigan qorishmalar; 
engil yoki iliq 
– zichligi 1500 kg/ dan kichik bo‘lgan shlakli, pemza yoki tufli 
qumdan, IEM kulidan, granulalangan yoki yonilg‘i shlaklaridan tayyorlangan 
qorishmalar. 
Barcha turdagi qorishmalar uchun qum donalarining o‘lchami 2,5 mm dan 
ortiq bo‘lmasligi, qorishmaning qo‘zg‘aluvchanligi tosh terish uchun 9...13 sm dan 
ortiq bo‘lmasligi kerak. Plastifik-yumshatuvchi qo‘shimchalar: organik − sulfat 
ishqor va sovunnaft, hamda noorganik qo‘shimchalar − oxak va loydan keng 
foydalaniladi. 
Bog‘lovchilarning turiga ko‘ra qorishmalarining tasnifi (klassifikatsiyasi): 
sementli qorishmalar 
− yer yuzasidan pastroqdagi konstruksiyalar, juda ko‘chli 
yuklangan ustunlar, deraza bo‘shliqlari orasidagi devorlar, armaturali terilgan g‘ishtli 
devorlarni tiklashda qo‘llaniladi. Tarkibi 1:2,5 dan to 1:6 gacha bo‘ladi, 
qorishmaning markasi 100 dan 300 gacha. 1 qumga eng kam sement sarfi – 
binolarning yer usti qismi uchun kamida 75kg, yer usti qismi uchun 125 kg ni tashkil 
etadi. Portlandsement va shlakoportlandsement mas’ul konstruksiyalar, armaturali 
terishda, yer osti konstruksiyalarini terishda, suvga to‘yingan gruntlarda yoki 
muzlatish metodi bilan bajariladigan qishda tiklanadigan devorlar uchun 
mo‘ljallangan yuqori markali qorishmalarda qo‘llaniladi; 
Ohakli qorishmalardan
quruq joylarda va yuklama uncha katta bo‘lmaganda 
foydalaniladi. Ular katta qo‘zg‘aluvchanlikka, plastiklikka ega bo‘lib, eng katta 
mehnat unumdorligini ta’minlaydi. Tarkibi 1:4 dan 1:8 gacha va 4, 10 hamda 25 
markalardan foydalaniladi; 
aralash yoki murakkab qorishmalar
- sementli-ohakli va sementli loyli bo‘lib, 
ular 1: 0, 1: 3 dan to 1: 2: 15 gacha tarkibda va 10, 25, 50, 75 va 100 markalarda. 
Bunday qorishmalar ko‘pchilik qurilish konstruksiyalarini tiklashda qo‘llaniladi. 
Ikkinchi bog‘lovchi qorishma qotishining boshlanishini orqaga suradi, qulay terishni 
va plastiklikning yaxshilaydi, lekin qorishmaning mustahkamligini sezilarli darajada 
pasaytiradi. Aralash qorishmalarning hajmiy ulushidagi (miqdoridagi) birinchi raqam 
sement sarfini, ikkinchi raqam – ohak yoki tuproq qorishmasi, uchinchi raqam qum 
sarfini anglatadi. 
Qorishma mustahkamligining ortib borish tezligi bog‘lovchilarning xossalariga 
va qotish sharoitlariga bog‘liq. 15˚S temperaturada oddiy qorishmaning 
mustahkamligigi quyidagi tarzda ortib boradi: 3 sutkadan so‘ng – marka 


88 
mustahkamligining 25%, 7 sutkadan keyin 50%, 14 sutkadan so‘ng 75% va 28 
sutkadan keyin-100%. Qotayotgan qorishmaning temperaturasi ortishi bilan uning 
mustahkamligi tezroq orta boradi, pasayganda esa sekinroq orta boradi. 
Tayyorlangan qorishmaning

Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə