Mavzu: Modulli o’qitish texnologiyasi «Modulli o‘qitish»



Yüklə 19,37 Kb.
tarix27.10.2023
ölçüsü19,37 Kb.
#132450
Modulli o’qitish texnologiyasi maruza matni


Mavzu: Modulli o’qitish texnologiyasi
«Modulli o‘qitish» termini - uning bitta ma’nosi faoliyat ko‘rsata oladigan o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan iborat bo‘lgan tugunni bildiradi. Bu ma’noda u modulli o‘qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.
Modul - bu fanning bir yoki bir necha tushunchalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, ishlab chiqilgan tamoyillar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o‘quv materialidir.
1. Faoliyatlilik tamoyili: Bu tamoyil mutaxassisning kasbiy faoliyati mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi. Bu tamoyilga ko‘ra modullar fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi yoki tizimli faoliyat yondashuv asosida tuzilishi mumkin. Modulli o‘qitish texnologiyasiga fan bo‘yicha faoliyat yondashuvida modullarni o‘quv rejasi va dasturlar tahlili natijasida tuzishni taqozo etadi. Tizimli faoliyat yondashuvida modullar bloki mutaxassisning kasbiy faoliyati tahlili asosida shakllantiriladi.
2. Tizimli kvantlash usuli - bu prinsip didaktik birliklar umumlashtirilgan nazariyalarining talablariga asoslanadi.
3. Qiziqtirish tamoyili - bu tamoyilning mohiyati ta’lim oluvchining bilim olish faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ladi. Modulning o‘quv materialiga qiziqishni uyg‘otish, bilim olishga rag‘batlantirish, mashg‘ulotlar paytida faol ishtirok etish, ijodiy fikrlashga da’vat etish modulning tarixiy va muammoli elementlarining vazifalari hisoblanadi.
4. Modullilik tamoyili - bu tamoyil o‘qitishni individuallashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.

  • Birinchidan modulning dinamik tuzilmasi fan mazmunini uch xil ya’ni to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan ko‘rinishda namoyon etish imkoniyatini beradi. O‘qitishning u yoki bu turini tanlash talabaning o‘ziga havola qilinadi.

  • Ikkinchidan modul mazmunini o‘zlashtirishda o‘qitish usuli va shakllarning turliligida ham modullilik namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘qitishning faollashtirishga shakl va usullar (dialog, mustaqil o‘qish,o‘quv, imitatsion o‘yinlar va hokazo) hamda muammoli ma’ruzalar seminarlar maslahatlar bo‘lishi mumkin.

  • Uchinchidan modullilik yangi materialni pog‘onasimon o‘zlashtirishda ta’minlanadi, ya’ni har bir fan va har bir modulda o‘qitish oddiydan murakkabga qarab yo‘nalgan bo‘ladi.

  • To‘rtinchidan modulga kiruvchi o‘quv elementlarining moslanuvchanligi tufayli o‘quv materialini muntazam ravishda yangilab turish imkoniyati tug‘iladi.

5. Muammolilik tamoyili- muammoli vaziyatlar va mashg‘ulotlarni amaliy yo‘naltirilganligi o‘quv materialining o‘zlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi.
Mashg‘ulotlar paytida gipoteza qo‘yiladi, uning asoslanganligi ko‘rsatiladi va muammoning echimi beriladi. Ko‘pchilik hollarda bizning o‘qituvchilar darslarda faqatgina dalillar keltiradilar. Masalan AQShda o‘qituvchi masalani o‘rganish uslubini, o‘zi qo‘ygan muammoning echim yo‘llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini ko‘rsatadi va tushuntiradi. Ya’ni u tadqiqotchi yoki maslahatchi sifatida namoyon bo‘ladi.
6. Kognitiv vizuallik (ko‘z bilan kuzatiladigan) tamoyili-bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi. O‘qitishdagi ko‘rgazmalar nafaqat so‘roq vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o‘zlashtirish unumdorligini oshiradi. Aynan shuning uchun kognitiv grafika-sun’iy intellekt nazariyasining yangi muammoli sohasi bo‘lib,murakkab ob’ektlar kompyuter sur’atchalari ko‘rinishida tasvirlanadi. Modulning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib rangli bajarilgan kognitiv-grafik o‘quv elementlari xizmat qiladi. Shuning uchun rasmlar modulning asosiy bosh elementi hisoblanadi.
7. Xatoliklarga tayanish tamoyili - bu tamoyil o‘qitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga talabalarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi talabada tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi.
8. O‘quv vaqtini tejash tamoyili - bu tamoyil talabalarda individual va mustaqil ishlash uchun o‘quv vaqtining zaxirasini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. To‘g‘ri tashkil qilingan modulli o‘qitish o‘qish vaqtini 30% va undan ortiq tejash imkoniyatini beradi. Bunga esa modulli o‘qitishning barcha tamoyillari to‘la amalga oshirilganda,o‘quvjarayoni kompyuterlashtirilganda yondosh fanlarning o‘quv dasturlari muvofiqlashtirilganda erishish mumkin.
Modulli-kredit tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi. Bugungi kunda taraqqiyparvar insoniyat davlatlar o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy sohalarda o‘zaro kelishuvga erishish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning yangidan yangi yo‘llarini izlashda davom etmoqda. Binobarin, yuqorida aytib o‘tilganidek, insoniyatning omon qolishi va rivojlanishda davom etishining yagona chorasi irqiy, etnik, diniy ziddiyatlarga barham berish va o‘zaro birlik, hamkorlik, hamjihatlikka erishishdir.
Yüklə 19,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə